4.2. Mikroskopiya. Patmaterialdan tamg‘ali surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo‘yaladi. Saramas qo‘zg‘atuvchisi spora, kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, grammusbat, bitta, ikkita yoki to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan tayoqchasimon bakteriyalardir. O‘lchami 0,2-0,3 x 0,5-1,5 mkm. Ba’zi adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarda uzunligi 2-2,5 mkm gacha. Zararlangan yurak klapanlaridan tayyorlangan surtmada uzun iplar shaklida joylashadi (83,84-rasm). Fluoressentli zardoblar bilan ham bo‘yash mumkin. Lyuminissentli mikroskopiyada saramas qo‘zg‘a-tuvchisi intensivligi uch nishondan (+++) kam bo‘lmagan maxsus nur-lanish paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |