Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro talabnomaning oshkor qilinmaslik tabiati


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

30-modda
Xalqaro talabnomaning oshkor qilinmaslik tabiati
(1) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Xalqaro byuro va Xalqaro izlash
organlari bunday talabnoma xalqaro e’lon qilinishiga qadar har qanday shaxsga yoki organga
xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermaydi, bundan talabnoma beruvchining
iltimosi yoki ruxsati mavjud bo‘lgan hollar mustasno.
(b) (a) kichik bandining qoidalari vakolatli Xalqaro izlash organiga har qanday materiallarni 13-
moddada nazarda tutilgan jo‘natishga nisbatan, shuningdek 20-moddada nazarda tutilgan
yuborishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2) (a) Milliy idoralar quyidagi sanalardan eng erta sana yuz berishiga qadar uchinchi
shaxslarga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermasligi kerak, bundan talabnoma
beruvchining iltimosi yoki ruxsati bo‘lgan hollar mustasno:
(i) xalqaro talabnomaning xalqaro e’lon qilinishi sanasi;
(ii) 20-moddaga muvofiq xalqaro talabnoma materiallari olinishi sanasi;
(iii) 22-moddaga muvofiq xalqaro talabnoma nusxasi olinishi sanasi.
(b) (a) kichik bandining qoidalari milliy idoraga uchinchi shaxslarni ushbu idora ko‘rsatilgan
idora ekanligi haqida axborot berishga yoki ushbu faktni e’lon qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq
bunday axborot yoki e’lon qilish faqat quyidagi: qabul qiluvchi idora haqidagi ma’lumotlar,
talabnoma beruvchining nomi, xalqaro berish sanasi, xalqaro talabnoma raqami va ixtiro nomi kabi
ma’lumotlarni ichiga olishi mumkin.
(c) (a) kichik bandining qoidalari ko‘rsatilgan idoraga sud hokimiyatiga xalqaro
talabnomadan foydalana olishga ruxsat berish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
(3) (2)(a)-bandining qoidalari, agar gap faqat 12(1)-moddada nazarda tutilgan materiallarni
jo‘natish haqida ketmayotgan bo‘lsa, har qanday qabul qiluvchi idoraga nisbatan qo‘llanilishi
mumkin.
(4) Ushbu modda maqsadlari uchun “foydalana olish” tushunchasi uchinchi shaxslar ular
yordamida ma’lumotlarni, jumladan shaxsiy xabarni va oddiy e’lon qilingan nashrni olish mumkin
bo‘lgan har qanday vositalarni anglatadi; bunda milliy idora, qoida tariqasida, xalqaro talabnomani
yoki uning tarjimasini xalqaro e’lon qilishga qadar yoki agar xalqaro e’lon qilish ustuvorlik sanasidan
e’tiboran 20 oy ichida amalga oshirilmagan bo‘lsa, mazkur ustuvorlik sanasidan e’tiboran 20 oy
tugashigaga qadar e’lon qilmasligi kerak

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling