38-modda
Xalqaro dastlabki ekspertizaning oshkor qilinmaslik tabiati
(1) Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki
roziligisiz istalgan vaqtda har qanday shaxsga yoki organga
xalqaro dastlabki ekspertiza
materiallaridan foydalana olishga (30(4)-modda mazmunida va undagi shartlarni inobatga olgan
holda)
ruxsat bermaydi; ushbu qoida tanlangan idoralarga nisbatan xalqaro dastlabki ekspertiza
xulosasi tuzilganidan keyin qo‘llanilmaydi.
(2) (1)-band, shuningdek 36(1) va (3) hamda 37(3)(b)-moddalari
qoidalarini inobatga olgan
holda Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki
roziligisiz xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilganligi
yoki tuzish rad etilganligi, shuningdek
talab yoki biror-bir tanlash olib qo‘yilganligi yoki saqlanishi haqidagi axborotni bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: