Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

IV BOB
TEXNIK XIZMATLAR
50-modda
Patent axboroti sohasida xizmatlar
(1) Xalqaro byuro e’lon qilingan hujjatlar, birinchi navbatda patentlar va e’lon qilingan
talabnomalar asosida o‘zida mavjud bo‘lgan texnik va har qanday tegishli axborotni taqdim etish
yo‘li bilan ushbu moddada “axborot xizmatlari” deb atalgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.
(2) Xalqaro byuro ushbu axborot xizmatlarini bevosita yoki bitta yoki bir nechta xalqaro izlash
organi orqali yoxud Xalqaro byuro bitimlar tuzishi mumkin bo‘lgan boshqa milliy yoki xalqaro
ixtisoslashgan tashkilotlar orqali ko‘rsatishi mumkin.
(3) Axborot xizmatlari texnik bilimlar va texnologiyalarni, jumladan mavjud e’lon qilingan
“nou-xau”larni, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatlar tomonidan
xarid qilishga yordam berish uchun amalga oshiriladi.
(4) Axborot xizmatlari Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga, ularning fuqarolari va
ushbu davlatlarda yashaydigan shaxslarga ko‘rsatiladi. Assambleya bunday xizmatlarni boshqa
shaxslarga ham ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
(5) (a) Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga har qanday xizmat tannarxi bo‘yicha haq
evaziga ko‘rsatiladi; biroq, agar rivojlanayotgan mamlakat bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatning
hukumatiga taalluqli bo‘lsa, xizmat pastroq haq evaziga ko‘rsatiladi, shu shart bilanki, bunda farq
Ahdlashuvchi davlatlarning hukumatlariga emas, balki boshqa shaxslarga ko‘rsatiladigan
xizmatlardan olinadigan foyda hisobiga yoki 51(4)-moddada qayd etib o‘tilgan manbalar hisobiga
qoplanadi.
(b) (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan haq milliy idora tomonidan xizmatlar bajarilganligi
uchun yoki Xalqaro izlash organi o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun odatdagi to‘lovlardan
tashqari va undan ortiq haq bo‘lib hisoblanadi, deb tushuniladi.
(6) Ushbu modda qoidalarini qo‘llashga doir tafsilotlar Assambleya qarorlari bilan va
Assambleya tomonidan, Assambleya ushbu maqsadda tuzishi mumkin bo‘lgan ishchi guruhlari
tomonidan o‘rnatiladigan chegarada belgilanadi.
(7) Assambleya, u buni zarur deb hisoblaganda, (5)-bandda nazarda tutilgan tartibga
qo‘shimcha ravishda moliyalashtirish tartibini tavsiya qiladi.



Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling