Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
V BOB
MA’MURIY QOIDALAR 53-modda Assambleya (1) (a) 57(8)-modda qoidalarini inobatga olgan holda Assambleya Ahdlashuvchi davlatlardan tashkil topgan. (b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning hukumatidan bitta delegat vakil qilingan bo‘lib, u o‘rinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin. (2) (a) Assambleya: (i) Ittifoqning saqlanishi va rivojlanishiga hamda ushbu Shartnoma qo‘llanishiga taalluqli barcha masalalarni ko‘rib chiqadi; (ii) o‘ziga ushbu Shartnomaning boshqa qoidalari bilan maxsus yuklangan vazifalarni bajaradi; (iii) Xalqaro byuroga qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlashga doir ko‘rsatmalarni beradi; (iv) Bosh direktorning Ittifoqqa taalluqli hisobotlarini va faoliyatini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha unga barcha zarur yo‘riqnomalarni beradi; (v) (9)-bandga muvofiq tashkil qilingan Ijroiya qo‘mitasi faoliyatiga doir hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda faoliyatini ma’qullaydi, shuningdek unga yo‘riqnomalar beradi; (vi) Ittifoq dasturini belgilaydi, uning uch yillik budjetini [ 2 ]qabul qiladi va moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi; [ ]Muharrir izohi: 1980-yildan e’tiboran Ittifoq dasturlari va budjeti ikki yillikdir. (vii) Ittifoqning moliyaviy reglamentini tasdiqlaydi; 2 (viii) Ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydigan qo‘mitalar va ishchi guruhlarini tuzadi; (ix) Ahdlashuvchi davlatlar bo‘lmagan qanday davlatlar va (8)-band qoidalarini inobatga olgan holda qanday hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qo‘yilishi mumkinligini belgilaydi; (x) Ittifoq maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan har qanday lozim darajadagi harakatlarni amalga oshiradi va ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan barcha boshqa funksiyalarni bajaradi. (b) boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha Assambleya Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi fikrini eshitgan holda qarorlar qabul qiladi. (3) Delegat faqat bitta davlatni vakili bo‘lishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin. (4) Har bir Ahdlashuvchi davlat bitta ovozga ega. (5) (a) Ahdlashuvchi davlatlarning yarmi kvorumni tashkil etadi. (b) Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda, Assambleya qarorlar qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning barcha qarorlari, bundan uning o‘z tartib-taomili qoidalariga taalluqli qarorlar mustasno, Yo‘riqnomada nazarda tutilganidek, yozishmalar vositasida ovoz berish bilan faqat kvorumga va zarur ko‘pchilik ovozga erishilganda kuchga kiradi. (6) (a) 47(2)(b), 58(2)(b), 58(3) va 61(2)(b)-moddalarning qoidalarini inobatga olgan holda Assambleya o‘z qarorlarini berilgan ovozlarning uchdan ikki qismini tashkil qilgan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi. (b) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi. (7) faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan davlatlar uchun qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha(4), (5) va (6)-bandlarda Ahdlashuvchi davlatga har qanday havola faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq davlatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin deb hisoblanadi. (8) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlanadigan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya majlisiga kuzatuvchi sifatida qo‘yiladi. (9) Ahdlashuvchi davlatlar soni 40 ta davlatdan ortiq bo‘lganida Assambleya Ijroiya qo‘mitani tuzadi. Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada Ijroiya qo‘mitaga har qanday havola u tuzilganidan keyin ushbu Qo‘mitaga havola sifatida ko‘rib chiqiladi. (10) Ijroiya qo‘mita tuzilishiga qadar Assambleya dastur va uch yillik [ 3 ] budjet doirasida Bosh direktor tomonidan tayyorlangan yillik dasturlar va budjetlarni qabul qiladi. [ ]Muharrir izohi:1980-yildan e’tiboran Ittifoq dasturlari va budjeti ikki yillikdir. (11) (a) Assambleya navbatdagi sessiyasiga Bosh direktorning chaqiruviga binoan ikki yilda bir marta va, istisno holatlaridan tashqari, Tashkilotning Bosh assambleyasi yig‘iladigan ayni vaqtda va ayni joyda yig‘iladi. (b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga Ijroiya qo‘mitaning talabiga ko‘ra yoki Ahdlashuvchi davlatlarning to‘rtdan birining talabiga ko‘ra yig‘iladi. (12) Assambleya o‘z tartib-taomil qoidalarini qabul qiladi. Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling