Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Ijroiya qo‘mitasi


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

54-modda
Ijroiya qo‘mitasi
(1) Assambleya Ijroiya qo‘mitani tuzganidan keyin u quyidagi qoidalarga amal qiladi.
(2) (a) 57(8)-modda qoidalarini inobatga olgan holda Ijroiya qo‘mita Assambleyaga a’zo
davlatlar sonidan Assambleya tomonidan saylangan davlatlardan tashkil topadi.
(b) Ijroiya qo‘mita a’zosi bo‘lgan har bir davlatning hukumati hukumatidan bitta delegat vakil
qilingan bo‘lib, u o‘rinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin.
(3) Ijroiya qo‘mita a’zosi bo‘lgan davlatlar soni Assambleya a’zosi bo‘lgan davlatlar sonining
to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. To‘ldirilishi lozim bo‘lgan joylar sonini aniqlash chog‘ida to‘rtga
bo‘lingandan keyin qoladigan qoldiq hisobga qabul qilinmaydi.
3


(4) Ijroiya qo‘mita a’zolarini saylashda Assambleya adolatli geografik taqsimlanishga lozim
darajada e’tibor qaratadi.
(5) (a) Ijroiya qo‘mita a’zolari o‘z funksiyalarini o‘zlari saylangan Assambleya sessiyasi
yopilishidan to Assambleyaning keyingi navbatdagi sessiyasi yopilishiga qadar amalga oshiradi.
(b) Ijroiya qo‘mita a’zolari qayta saylanishi mumkin, ammo ularning soni ular tarkibining
uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak.
(s) Assambleya Ijroiya qo‘mita a’zolarini saylash va ehtimol qilingan qayta saylanishi yuzasidan
to‘liq qoidalarni belgilaydi.
(6) (a) Ijroiya qo‘mita:
(i) Assambleya kun tartibi loyihasini tayyorlaydi;
(ii) Assambleyaga Ittifoqning Bosh direktor tomonidan tayyorlangan dasturlari va ikki yil
budjeti loyihalariga taalluqli takliflarni taqdim etadi;
(iii) [Olib qo‘yilgan]
(iv) Assambleyaga tegishli mulohazalar bilan birga Bosh direktorning davriy hisobotlarini va
moliyaviy taftishlar yillik dalolatnomalarini taqdim etadi;
(v) Assambleya qarorlariga muvofiq va Assambleyaning ikkita navbatdagi sessiyalari o‘rtasida
yuzaga keladigan holatlarni hisobga olgan holda Bosh direktor tomonidan Ittifoq dasturi
bajarilishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi;
(vi) ushbu Shartnomaga muvofiq unga yuklangan barcha boshqa funksiyalarni bajaradi.
(b) boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqish
uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha Ijroiya qo‘mita Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi fikrini
eshitgan holda qarorlar qabul qiladi.
(7) (a) Ijroiya qo‘mita navbatdagi sessiyasiga Bosh direktorning chaqiruviga ko‘ra bir yilda bir
marta,imkon qadar Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi yig‘iladigan ayni vaqtda va ayni
joyda yig‘iladi.
(b) Ijroiya qo‘mita Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga o‘z
tashabbusiga ko‘ra yoki Raisning iltimosiga ko‘ra yoxud Ijroiya qo‘mita a’zolarining to‘rtdan birining
talabiga ko‘ra yig‘iladi.
(8) (a) Ijroiya qo‘mita a’zosi bo‘lgan har bir davlat bitta ovozga ega.
(b) Ijroiya qo‘mita a’zolari bo‘lgan davlatlarning yarmi kvorumni tashkil etadi.
(c) Qarorlar berilgan ovozlarning oddiy ko‘pchiligi bilan qabul qilinadi.
(d) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi.
(e) Delegat faqat bitta davlatni vakili bo‘lishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(9) Ijroiya qo‘mita a’zolari bo‘lmagan Ahdlashuvchi davlatlar uning majlislariga Xalqaro izlash
organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlanadigan har qanday
hukumatlararo tashkilot kabi kuzatuvchilar sifatida qo‘yiladi.
(10) Ijroiya qo‘mita o‘z tartib-taomil qoidalarini qabul qiladi.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling