Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-modda Texnik hamkorlik qo‘mitasi
55-modda
Xalqaro byuro (1) Ittifoqning ma’muriy vazifalari Xalqaro byuro tomonidan amalga oshiriladi. (2) Xalqaro byuro Ittifoqning turli organlari kotibiyati funksiyalarini bajaradi. (3) Bosh direktor Ittifoqning bosh mansabdor shaxsi bo‘lib hisoblanadi va Ittifoqni ifodalaydi. (4) Xalqaro byuro Axborotnomani nashr qiladi va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan yoki Assambleya tomonidan belgilangan boshqa nashrlarni amalga oshiradi. (5) Yo‘riqnomada Xalqaro byuro, xalqaro izlash organlari va xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga ular tomonidan ushbu Shartnomada nazarda tutilgan vazifalar bajarilishiga yordam berish maqsadida milliy idoralar ko‘rsatadigan xizmatlar belgilanadi. (6) Bosh direktor va u tomonidan tayinlangan xodim Assambleya va Ijroiya qo‘mitaning hamda ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnomaga muvofiq ta’sis qilingan har qanday boshqa qo‘mita yoki ishchi guruhining barcha majlislarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Bosh direktor yoki u tomonidan tayinlangan xodim ushbu organlarning ex officio kotibi bo‘lib hisoblanadi. (7) (a) Xalqaro byuro Assambleya ko‘rsatmalariga muvofiq va Ijroiya qo‘mita bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlaydi. (b) Xalqaro byuro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlari bilan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari bo‘yicha maslahatlashishi mumkin. (c) Bosh direktor va u tomonidan tayinlangan shaxslar qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya ishida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. (8) Xalqaro byuro unga yuklangan boshqa har qanday vazifalarni bajaradi. 56-modda Texnik hamkorlik qo‘mitasi (1) Assambleya Texnik hamkorlik qo‘mitasini (ushbu moddada “Qo‘mita” deb nomlanadi) tuzadi. (2) (a) Assambleya Qo‘mita tarkibini belgilaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarning adolatli vakilligini inobatga olgan holda uning a’zolarini tayinlaydi. (b) Xalqaro izlash organlari va Xalqaro dastlabki ekspertiza organlari Qo‘mitaning ex offisio a’zolari bo‘lib hisoblanadi. Bunday Organ sifatida Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasi bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat Qo‘mitada qo‘shimcha ravishda vakil bo‘lishi mumkin emas. (c) Agar Ahdlashuvchi davlatlar soni bunga imkon bersa, Qo‘mita a’zolarining umumiy soni ex officio a’zolarining sonidan ikki martadan ortiq bo‘lishi kerak. (d) Bosh direktor o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Qo‘mitaning iltimosiga ko‘ra manfaatdor tashkilotlarning vakillarini ular uchun qiziqish uyg‘otadigan masalalarning muhokamasida ishtirok etishga taklif qiladi. (3) Qo‘mitaning vazifasi quyidagilar bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tayyorlash yo‘li bilan yordam berishdir: (i) ushbu Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni doimiy tarzda takomillashtirish; (ii) bir nechta xalqaro izlash organi va xalqaro dastlabki ekspertiza organi mavjud bo‘lishiga qadar hujjatlarda, ish uslublarida maksimal tarzda birxillikni hamda hisobotlar va xulosalarning maksimal darajada bir xil yuqori sifatini ta’minlash; (iii) Assambleya yoki Ijroiya qo‘mita tashabbusiga ko‘ra texnik muammolarni, ayniqsa yagona Xalqaro izlash organini tashkil qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish. (4) Har qanday Ahdlashuvchi davlat va har qanday xalqaro tashkilot Qo‘mitaga uning vakolatiga kiradigan har qanday masalalar bo‘yicha yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. (5) Qo‘mita Bosh direktorga yoki u orqali Assambleyaga, Ijroiya qo‘mitaga, barcha yoki alohida xalqaro izlash organlariga yoki xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga, shuningdek barcha yoki alohida qabul qiluvchi idoralarga o‘z takliflari va tavsiyalarini berishi mumkin. (6) (a) Har qanday holatda ham Bosh direktor Qo‘mitaning barcha takliflari va tavsiyalari matnlarini Ijroiya qo‘mitaga yuboradi. Bosh direktorga ushbu matnlarni sharhlash huquqi taqdim etiladi. (b) Ijroiya qo‘mita Qo‘mitaning har qanday taklifi, har qanday tavsiyasi yoki boshqa harakatlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi, shuningdek Qo‘mitaga uning vakolatiga kiradigan har qanday masalani o‘rganishni topshirish va bu haqda axborot berishi mumkin. Ijroiya qo‘mita tegishli sharhlar bilan Qo‘mitaning takliflari, tavsiyalari va dokladlarini Assambleya ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin. (7) Ijroiya qo‘mita tuzilishiga qadar (6)-banddagi Ijroiya qo‘mitaga havola Assambleyaga havola deb hisoblanadi. (8) Qo‘mita tartib-taomillarining tafsilotlari Assambleya qarorlari bilan belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling