Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
57-modda
Moliyalashtirish (1) (a) Ittifoq budjetga ega. (b) Ittifoq budjeti Ittifoqning o‘z tushumlari va xarajatlarini hamda boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar budjetiga uning badalini ichiga oladi. (c) Mutlaq ushbu Ittifoqqa taalluqli bo‘lmagan, balki boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan bitta yoki bir nechta boshqa Ittifoqqa taalluqli bo‘lgan xarajatlar Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar deb hisoblanadi. Ushbu umumiy xarajatlarda Ittifoqning ulushi uning mazkur xarajatlarga bo‘lgan manfaatdorligiga mos keladi. (2) Ittifoq budjeti boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlar budjetlari bilan muvofiqlashtirish talablarini lozim darajada hisobga olgan holda qabul qilinadi. (3) (5)-band qoidalarini inobatga olgan holda Ittifoq budjeti quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi: (i) Xalqaro byuro tomonidan Ittifoqqa taalluqli xizmatlar taqdim qilinganligi uchun bojlar va to‘lovlar; (ii) Xalqaro byuroning Ittifoqqa taalluqli nashrlarini sotishdan yoki bunday nashrlarga bo‘lgan huquqlarni berishdan keladigan tushumlar; (iii) hadyalar, vasiyat qilingan mablag‘lar va subsidiyalar; (iv) rentalar, foizlar va turli boshqa daromadlar. (4) Xalqaro byuro xizmatlari uchun bojlar va to‘lovlarning miqdorlari, shuningdek uning nashrlari narxlari normal holatlarda ular Xalqaro byuroning ushbu Shartnomaga taalluqli ma’muriy funksiyalarini amalga oshirishga doir barcha xarajatlari qoplanishini hisobga olgan holda belgilanadi. (5) (a) Agar biror-bir moliya yili taqchillik bilan tugagan taqdirda, Ahdlashuvchi davlatlar (b) va (c) kichik bandlarining qoidalarini inobatga olgan holda ushbu taqchillikni qoplash uchun badallar to‘lashi shart. (b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning badal miqdori ulardan har biri tomonidan tegishli yil davomida berilgan xalqaro talabnomalar sonini lozim darajada hisobga olgan holda Assambleya tomonidan belgilanadi. (c) Agar taqchillikni yoki uning har qanday qismini vaqtincha qoplashning boshqa manbalari mavjud bo‘lsa, Assambleya ushbu taqchillikni keyingi yilga o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi va Ahdlashuvchi davlatlardan badallarni to‘lashni talab qilmasligi mumkin. (d) Agar Ittifoqning moliyaviy holati imkon bersa, Assambleya (a) kichik bandiga muvofiq to‘langan har qanday badallar ushbu badallarni to‘lagan Ahdlashuvchi davlatlarga qoplab berilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. (e) Assambleya tomonidan belgilangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida (b) kichik bandiga muvofiq o‘z badalini to‘lamagan Ahdlashuvchi davlat Ittifoqning har qanday organida ovoz berish huquqini yo‘qotadi. Biroq ushbu organlardan istalgani bunday davlatga,to‘lov muddatini o‘tkazib yuborish favqulodda va muqarrar holatlar natijasida yuz bergan deb qat’iy ishonishiga qadar, ushbu organda ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin. (6) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishiga qadar qabul qilinmasa, u holda moliyaviy reglamentda nazarda tutilgan tartibga muvofiq avvalgi yil darajasidagi budjet amal qiladi. (7) (a) Ittifoq aylanma mablag‘lar jamg‘armasiga ega bo‘lib, u har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan kiritiladigan bir martalik to‘lovdan tashkil topadi. Agar aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmasa, Assambleya uni oshirish uchun choralar ko‘radi. Agar ushbu jamg‘arma mablag‘larining qismi kerak bo‘lmasa, u Ahdlashuvchi davlatlarga qoplab beriladi. (b) Har bir Ahdlashuvchi davlatning mazkur jamg‘armaga dastlabki to‘lovining miqdori yoki uning ushbu jamg‘armani oshirishdagi ulushi (5)(b)-bandida nazarda tutilgan aynan o‘sha prinsiplar asosida Assambleya tomonidan belgilanadi. (c) To‘lov shartlari Bosh direktorning taklifiga ko‘ra va Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining fikri eshitilganidan keyin Assambleya tomonidan belgilanadi. (d) Badallarning har qanday qoplanishi har bir Ahdlashuvchi davlat tomonidan to‘langan summalarga ular to‘langan sanalarini hisobga olgan holda mutanosib bo‘lishi kerak. (8) (a) Hududida Tashkilot o‘z qarorgohiga ega bo‘lgan davlat bilan tuziladigan Qarorgoh haqidagi bitimda aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmagan hollarda ushbu davlat bo‘naklar taqdim etishi nazarda tutiladi. Ushbu bo‘naklar summasi va ular taqdim etiladigan shartlar har bir holatda ushbu davlat va Tashkilot o‘rtasida alohida kelishuv predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bunday davlat bo‘naklarni taqdim etish majburiyati bilan bog‘liq bo‘lishiga qadar u Assambleya va Ijroiya qo‘mitada ex officio tarzda bir o‘ringa ega bo‘ladi. (b) (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan davlat ham, Tashkilot ham yozma ravishda xabardor qilgan holda bo‘naklarni taqdim etish to‘g‘risidagi majburiyatni denonsatsiya qilish huquqiga ega. Denonsatsiya bildirishnoma berilgan yil yakunlanganidan keyin uch yil o‘tgach kuchga kiradi. (9) Moliyaviy taftish moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq bitta yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlat yoki ularning roziligiga ko‘ra Assambleya tomonidan tayinlanadigan tashqi revizorlar tomonidan amalga oshiriladi. Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling