Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
58-modda
Yo‘riqnoma (1) Ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan Yo‘riqnoma quyidagi: (i) ushbu Shartnoma Yo‘riqnomaga maxsus havola qiladigan talablarga yoki ular belgilanganligini yoki belgilanishi mumkinligini maxsus nazarda tutadigan talablarga doir; (ii) har qanday ma’muriy talablar, masalalar yoki tartib-taomillarga doir; (iii) ushbu Shartnoma qoidalarini qo‘llash uchun foydali bo‘lgan har qanday tafsilotlarga doir qoidalarni ichiga oladi. (2) (a) Assambleya Yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. (b) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda o‘zgartishlar berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismiga ega bo‘lgan ko‘pchilik bilan qabul qilinadi. (3) (a) Yo‘riqnoma qoidalarni belgilaydi, ular quyidagicha: (i) faqat bir ovozda qabul qilingan qaror bilan yoki (ii) faqat milliy idorasi Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi sifatida amal qiladigan Ahdlashuvchi davlatning hech biri qarshi bo‘lmasligi sharti bilan, bunday Organ vazifalarini hukumatlararo tashkilot bajargan taqdirda esa, mazkur hukumatlararo tashkilotning tegishli instansiyasi doirasida boshqa a’zo davlatlar tomonidan bunga vakil qilingan ushbu tashkilotning a’zosi bo‘lgan davlat qarshi bo‘lmasligi sharti bilan o‘zgartirilishi mumkin. (b) Qo‘llaniladigan talablarning bunday qoidalardan biror-biriga kelajakda tatbiq etilmasligi tegishincha (a)(i) yoki (a)(ii) kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini talab qiladi. (c) (a) kichik bandida nazarda tutilgan talablarning kelajakda biror-bir qoidaga nisbatan tatbiq qilinishi bir ovozdan qaror qabul qilinishini talab qiladi. (4) Yo‘riqnoma Bosh direktor tomonidan Assambleya nazorati ostida Ma’muriy yo‘riqnoma ishlab chiqilishini nazarda tutadi. (5) Ushbu Shartnoma qoidalari va Yo‘riqnoma o‘rtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, Shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. VI BOB Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling