Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


VIII BOB YAKUNIY QOIDALAR


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

VIII BOB
YAKUNIY QOIDALAR
62-modda
Shartnomada ishtirok etish
(1) Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoqqa a’zo bo‘lgan har qanday davlat:
(i) ratifikatsiya yorlig‘i saqlash uchun keyingi topshirilishi bilan Shartnoma imzolanishi yoki
(ii) Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilishi yo‘li bilan ushbu
Shartnoma ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
(2) Ratifikatsiya yorliqlari yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar Bosh direktorga
saqlash uchun topshiriladi.
(3) Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokxolm Hujjati 24-moddasi
qoidalari ushbu Shartnomaga nisbatan qo‘llanadi.


(4) (3)-band mazkur bandga binoan ushbu Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi davlat
tomonidan qo‘llaniladigan hududga nisbatan amaldagi holatning har qanday Ahdlashuvchi davlat
tomonidan e’tirozsiz tan olinishini yoki qabul qilinishini bildiradigan tarzda hech qaysi holda ham
talqin qilinishi kerak emas.
63-modda
Shartnomani kuchga kirishi
(1) (a) Ushbu Shartnoma (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda sakkizta davlat o‘z
ratifikatsiya yorliqlarini yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarni saqlash uchun
topshirganidan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi, shu shart bilanki, bunda sakkizta davlatdan
eng kamida to‘rtta davlat quyidagi har qanday talablarni qanoatlantiradi:
(i) bunday davlatda berilgan talabnomalar soni Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan
so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra 40 000 dan oshgan;
(ii) bunday davlat fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslar Xalqaro byuro
tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra biror-bir xorijiy
mamlakatga eng kamida 1000 ta talabnoma bergan;
(iii) bunday davlatning milliy idorasi Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik
statistika ma’lumotlariga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning fuqarolaridan yoki ushbu mamlakatlarda
yashaydigan shaxslardan eng kamida 1000 ta talabnoma qabul qilgan.
(b) Ushbu band maqsadlari uchun “talabnomalar” tushunchasi foydali modellarga
talabnomalarni ichiga olmaydi.
(2) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda ushbu Shartnoma (1)-bandga muvofiq kuchga
kirgan sanada uning ishtirokchisi bo‘lmagan har qanday davlat u ratifikatsiya yorlig‘i yoki
Shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirgan sanadan keyin uch oy
o‘tgach mazkur Shartnoma qoidalari bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.
(3) II bob qoidalari va ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan, ularga taalluqli bo‘lgan
Yo‘riqnoma qoidalari faqat har biri (1)-bandda sanab o‘tilgan uchta talabdan eng kamida bittasini
qanoatlantiradigan,II bob qoidalari bilan o‘zlarini bog‘liq deb hisoblamasligi haqida 64(1)-moddada
nazarda tutilgan izohlar bermagan uchta davlat ushbu Shartnoma ishtirokchilariga aylangan
sanadan e’tiboran qo‘llaniladi. Biroq ushbu sana (1)-bandga muvofiq Shartnoma kuchga kirgan
sanaga nisbatan erta bo‘lmasligi kerak.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling