Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

64-modda
Izohlar[ ]
(1) (a) Har qanday davlat u o‘zini II bob qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamasligi haqida
ma’lum qilishi mumkin.
[ ]Muharrir izohi: 64(1)-(5)-moddaga muvofiq bayon qilingan, Xalqaro byuro tomonidan olingan izohlar
to‘g‘risidagi 
axborot 
JIMT 
ning 
Axborotnomasida 
va 
Internetdagi
www.wipo.int/pct/ru/texts/reservations/res_incomp.html manzili bo‘yicha saytida e’lon qilinadi.
(b) (a) kichik bandiga ko‘ra izohni bayon qilgan davlatlar II bob qoidalari bilan bog‘liq
bo‘lmaydi va ularga Yo‘riqnoma qoidalari bilan taalluqli bo‘lmaydi.
(2) (a) (1)(a)-bandiga ko‘ra izohni bayon qilmagan har qanday davlat quyidagilarni ma’lum
qilishi mumkin:
(i) u o‘zini xalqaro talabnoma nusxasi va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etishga
nisbatan39(1)-modda qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamaydi;
(ii) xalqaro talabnomani milliy bosqichda ko‘rib chiqishni kechiktirishga nisbatan 40-modda
qoidalari bilan nazarda tutilgan majburiyat xalqaro talabnomani yoki uning tarjimasini mazkur
davlatning milliy idorasi tomonidan yoki ushbu idora vositasida e’lon qilinishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Biroq bunda mazkur davlat 30 va 38-moddalarda nazarda tutilgan cheklovlardan ozod qilinmasligi
tushuniladi.
(b) Bunday izohni bayon qiluvchi davlatlar ularning bayonotlariga tegishli tarzda mazkur
qoidalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
(3) (a) Har qanday davlat mazkur davlatga taalluqli bo‘lgan hollarda xalqaro talabnomaning
xalqaro e’lon qilinishi talab qilinmasligini ma’lum qilishi mumkin.
4
4


(b) Agar ustuvorlik sanasidan 18 oy tugashiga xalqaro talabnoma (a) kichik bandiga muvofiq
izohni bayon qilgan faqat bunday davlatlar ko‘rsatilishini ichiga olsa, xalqaro talabnoma 21(2)-
moddada nazarda tutilgani kabi e’lon qilinmaydi.
(c) Biroq (b) kichik bandi qoidalari qo‘llanilgan taqdirda ham xalqaro talabnoma Xalqaro
byuro tomonidan quyidagi hollarda e’lon qilinadi:
(i) Yo‘riqnomada nazarda tutilganidek talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra;
(ii) xalqaro talabnomaga asoslangan milliy talabnoma yoki patent ko‘rsatilgan davlatning
milliy idorasi tomonidan yoki ushbu davlat (a) kichik bandiga muvofiq ma’lum qilganda uning
nomidan e’lon qilinganidan keyin darhol, ammo ustuvorlik sanasidan 18 oydan erta bo‘lmagan
holda.
(4) (a) Milliy qonunchiligi o‘z patentlarini e’lon qilish sanasidan ilgarigi sanadan e’tiboran
texnika darajasiga ta’sirini nazarda tutadigan, ammo texnika darajasini aniqlash maqsadlari uchun
Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga ko‘ra bayon qilingan ustuvorlik sanasini
ushbu davlatga talabnoma amalda berilgan sanasiga tenglashtirmaydigan har qanday davlat
uning ko‘rsatilganligini ichiga olgan xalqaro talabnomani ushbu davlatdan tashqarida berilishi
texnika darajasini aniqlash maqsadlari uchun xalqaro talabnomani ushbu davlatga haqiqatda
berishga tenglashtirilmaydi.
(b) (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qiluvchi har qanday davlat ushbu qismda 11(3)-
modda qoidalari bilan bog‘lanmagan.
(c) (a) kichik bandiga muvofiq izohni bayon qiluvchi har qanday davlat bir vaqtda mazkur
davlatda uning ko‘rsatilganligini ichiga olgan har qanday xalqaro talabnomaning texnika
darajasiga ta’siri qaysi sanadan e’tiboran va qanday shartlarda haqiqiy bo‘lishini yozma ravishda
xabar qilishi kerak. Ushbu xabar Bosh direktorga yo‘llanadigan bildirishnoma berish yo‘li bilan har
qanday vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
(5) Har qanday davlat u o‘zini 59-modda qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamasligini ma’lum
qilishi mumkin. Izohni bayon qilgan biror-bir Ahdlashuvchi davlat va boshqa har qanday
Ahdlashuvchi davlat o‘rtasida har qanday nizo bo‘lgan taqdirda, 59-modda qoidalari qo‘llanilmaydi.
(6) (a) Ushbu moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izoh yozma ravishda bo‘lishi
kerak. U ushbu Shartnomani imzolash vaqtida, ratifikatsiya yorlig‘ini yoki Shartnomaga qo‘shilish
to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirish vaqtida, bundan (5)-bandda nazarda tutilgan holat
mustasno, har qanday kechroq vaqtda Bosh direktorga yo‘llangan bildirishnoma yo‘li bilan bayon
qilinishi mumkin. Bunday bildirishnoma bo‘lgan taqdirda, izoh Bosh direktor bildirishnomani olgan
sanadan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi va ushbu olti oylik muddat tugashiga qadar
berilgan xalqaro talabnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(b) Ushbu moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izoh Bosh direktorga yo‘llangan
bildirishnoma berish yo‘li bilan har qanday vaqtda olib qo‘yilishi mumkin. Bunday olib qo‘yish Bosh
direktor bildirishnomani olgan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi va (3)-bandga ko‘ra
bayon qilingan izoh olib qo‘yilgan taqdirda, ushbu uch oylik muddat tugashiga qadar berilgan
xalqaro talabnomalarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(7) Ushbu Shartnoma (1) dan (5) gacha bandlarda nazarda tutilgan izohlardan tashqari
boshqa izohlarga yo‘l qo‘ymaydi.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling