Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Ko‘rsatilgan idoralarda xalqaro talabnomaga tuzatishlar kiritish imkoniyati


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

26-modda
Ko‘rsatilgan idoralarda xalqaro talabnomaga tuzatishlar kiritish imkoniyati
Mazkur idoralar xalqaro talabnomani u ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma talablariga mos
kelmasligi asosida,talabnoma beruvchiga nomi tilga olingan talabnomani milliy talabnomalarga
nisbatan xuddi shunday yoki o‘xshash vaziyatlar uchun milliy qonunchilikda nazarda tutilgan
tartib-taomilga muvofiq darajada tuzatish imkonini taqdim etmasdan rad etolmaydi.
27-modda
Milliy qonunchilik talablari
(1) Milliy qonunchilik xalqaro talabnoma shakli yoki mazmuniga ushbu Shartnoma va
Yo‘riqnomada nazarda tutilganidan tashqari boshqa yoki qo‘shimcha talablarni qo‘ya olmaydi.
(2) (1)-band qoidalari 7(2)-modda qoidalarini qo‘llashga ta’sir qilmaydi va milliy qonunchilikka
xalqaro talabnoma ko‘rsatilgan idorada ko‘rib chiqilishi boshlanishi bilanoq quyidagilarni talab
qilishga to‘sqinlik qilmaydi:
(i) yuridik shaxs bo‘lgan talabnoma beruvchi manfaatini ifodalashga vakil qilingan
mansabdor shaxs nomini ko‘rsatish;
(ii) xalqaro talabnomaning qismi bo‘lmagan holda ushbu talabnomada keltirilgan
tasdiqlashlar yoki bayonotlarning isboti bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlarni taqdim etish, jumladan
ushbu talabnoma uni berish chog‘ida uning vakili yoki agenti tomonidan imzolangan hollarda
talabnoma beruvchining imzosi bilan xalqaro talabnomani tasdiqlash.
(3) Agar talabnoma beruvchi ixtirochi bo‘lmaganligi tufayli, biror-bir ko‘rsatilgan davlatda
ushbu davlatning milliy qonunchiligiga ko‘ra milliy talabnomani berish huquqiga ega bo‘lmasa,
mazkur idora xalqaro talabnomani rad etishi mumkin.
(4) Agar milliy qonunchilik milliy talabnomalarning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan,
talabnoma beruvchilar nuqtai nazarida ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan
xalqaro talabnomalarga qo‘yiladigan talablarga nisbatan maqbul bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olsa,
bunday ko‘rsatilgan davlatning milliy idorasi, sudlari va har qanday boshqa vakolatli organlari yoki
uning nomidan harakat qiluvchi organlar xalqaro talabnomalarga oxirgi talablar o‘rniga birinchi
talablarni qo‘llashi mumkin, bundan talabnoma beruvchi o‘zining xalqaro talabnomasiga ushbu
Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan talablar qo‘llanilishini talab qilayotgan hollar
mustasno.


(5) Ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada hech bir narsa har bir Ahdlashuvchi davlatning
patentga layoqatlilikning moddiy-huquqiy shartlarini o‘z xohishiga qarab belgilash huquqini
cheklash sifatida tushunilmasligi kerak. Xususan, ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaning texnikaning
avvalgi darajasi tushunchasiga taalluqli har qanday qoidasi faqat xalqaro tartib-taomil
maqsadlariga xizmat qiladi va dyemak, har qanday Ahdlashuvchi davlat xalqaro talabnomada
bayon qilingan ixtironing patentga layoqatligini aniqlashda texnikaning avvalgi darajasi
tushunchasiga hamda talabnomalarning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablarga taalluqli
bo‘lmagan patentga layoqatlilikning boshqa shartlariga nisbatan o‘z milliy qonunchiligi
mezonlarini qo‘llash huquqiga ega.
(6) Milliy qonunchilik patentga layoqatlilikning ushbu qonunchilik tomondan belgilangan har
qanday moddiy-huquqiy shartiga nisbatan dalillarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim
etilishi to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olishi mumkin.
(7) Har qanday qabul qiluvchi idora yoki xalqaro talabnomani ko‘rib chiqish boshlangan
ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma beruvchilar manfaatlarini ushbu
idora oldida ifodalash huquqiga ega agentni tayinlash haqidagi va/yoki talabnoma beruvchida
ko‘rsatilgan davlatda bildirishnomalarni olish maqsadlari uchun manzili mavjudligi haqidagi
talabga nisbatan o‘z milliy qonunchiligini qo‘llashi mumkin.
(8) Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi davlat milliy xavfsizlikni
ta’minlash uchun zarur deb hisoblaydigan choralarni qo‘llash yoki davlatning asosiy iqtisodiy
manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘z fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslarning
xalqaro talabnomalarni berish huquqini cheklash borasida har qanday Ahdlashuvchi davlatning
huquqi cheklanishi sifatida tushunilmasligi kerak.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling