Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Ko‘rsatilgan idoralarda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarni o‘zgartirish
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-modda Xalqaro e’lon qilish oqibatlari
28-modda
Ko‘rsatilgan idoralarda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarni o‘zgartirish (1) Talabnoma beruvchiga har bir ko‘rsatilgan idorada belgilangan muddatda ixtiro formulasiga, ixtiro tavsifiga va chizmalarga o‘zgartishlar kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Ko‘rsatilgan idoralar bunday muddat tugashiga qadar patent bermasligi yoki uni berishni rad etmasligi kerak, talabnoma beruvchining maxsus roziligi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno. (2) O‘zgartishlar, agar bu ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi bilan yo‘l qo‘yilmasa, dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak. (3) O‘zgartishlar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi talablariga ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan barcha hollarda mos kelishi kerak. (4) Agar ko‘rsatilgan idora xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etilishini talab qilsa, o‘zgartishlar tarjima tilida taqdim etilishi kerak. 29-modda Xalqaro e’lon qilish oqibatlari (1) Ko‘rsatilgan davlatda talabnoma beruvchining har qanday huquqlariga nisbatan ushbu davlatda xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilinishining oqibatlari (2) — (4)-bandlar qoidalarini inobatga olgan holda,ekspertiza o‘tkazilmagan milliy talabnomalarni majburiy milliy e’lon qilingan hollarda ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan oqibatlardagi kabi bo‘ladi. (2) Agar xalqaro e’lon qilish amalga oshirilgan til ko‘rsatilgan davlatda uning milliy qonunchiligiga muvofiq e’lon qilinadigan tildan farqlansa, milliy qonunchilik (1)-bandda qayd etib o‘tilgan oqibatlar faqat: (i) milliy qonunchilikka muvofiq milliy e’lon qilish tiliga tarjima e’lon qilinganidan, yoki (ii) milliy e’lon qilish tiliga tarjima milliy qonunchilikka muvofiq ommaviy tanishish uchun joylashtirish yo‘li bilan hamma foydalanishi mumkin bo‘lganidan, yoki (iii) milliy e’lon qilish tiliga tarjima talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomada bayon qilingan ixtirodan haqiqatda yoki taxmin qilingan holda noqonuniy foydalanayotgan shaxsga berilganidan, yoki (iv) (i) va (iii) kichik bandlarida qayd etib o‘tilgan har ikkala harakat yoki (ii) va (iii) kichik bandlarida qayd etib o‘tilgan har ikkala harakat mavjud bo‘lganidan keyin yuz berishi mumkinligini nazarda tutishi mumkin. (3) Har qanday ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi xalqaro e’lon qilish talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ustuvorlik sanasidan e’tiboran 18 oy o‘tishiga qadar amalga oshirilgan hollarda, (1)-bandda qayd etib o‘tilgan oqibatlar faqat ustuvorlik sanasidan e’tiboran 18 oy o‘tganidan keyin yuz berishini nazarda tutishi mumkin. (4) Har qanday ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi (1)-bandda qayd etib o‘tilgan oqibatlar 21-moddaga muvofiq e’lon qilingan xalqaro talabnomaning nusxasi faqat bunday davlatning milliy idorasi yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan milliy idora tomonidan qabul qilgan sanadan e’tiboran yuz berishini nazarda tutishi mumkin. Qayd etib o‘tilgan idora o‘z axborotnomasida qabul qilgan sanani darhol e’lon qiladi. Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling