Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Tanlangan idoralar uchun nusxasi, tarjimasi va patent boji


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

39-modda
Tanlangan idoralar uchun nusxasi, tarjimasi va patent boji
(1) (a) Agar biror-bir Ahdlashuvchi davlatni tanlash ustuvorlik sanasidan e’tiboran 19 oy
tugashiga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, 22-modda qoidalari bunday davlatga nisbatan
qo‘llanilmaydi va talabnoma beruvchi xalqaro talabnoma nusxasini (bundan 20-moddaga muvofiq
yuborish amalga oshirib bo‘lingan hollar mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim
etadi, shuningdek har bir tanlangan idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 oydan kechikmay
boj (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) to‘laydi.
(b) (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday milliy
qonunchilikda ushbu bandda nazarda tutilganiga nisbatan kechroq tugaydigan muddatlar
belgilanishi mumkin.
(2) Agar talabnoma beruvchi (1)(a)-bandida bayon qilingan harakatlarni (1)(a) yoki (b)-bandida
qayd etib o‘tilgan tegishli muddatda bajarmasa, xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda
tutilgan amal qilishi, tanlangan davlatda har qanday milliy talabnoma ushbu davlatda olib
qo‘yilganidagi kabi oqibatlar bilan tugatiladi.
(3) Har qanday tanlangan davlat, agar talabnoma beruvchi (1)(a) yoki (b)-bandida bayon
qilingan talablarni hatto bajarmasa ham, xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan
amal qilishini saqlab qolishi mumkin.
40-modda
Milliy ekspertiza va boshqa tartib-taomilni kechiktirish
(1) Agar biror-bir Ahdlashuvchi davlatni tanlash ustuvorlik sanasidan e’tiboran 19-oy tugashiga
qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, 23-moddaning qoidalari bunday davlatga nisbatan qo‘llanilmaydi
va ushbu davlatning milliy idorasi yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idora (2)-band
qoidalarini inobatga olgan holda 39-moddada qayd etib o‘tilgan tegishli muddat tugashiga qadar
xalqaro talabnoma bo‘yicha ekspertiza va boshqa tartib-taomilni o‘tkazmaydi.
(2) (1)-band qoidalariga qaramay, har qanday tanlangan idora talabnoma beruvchining
maxsus iltimosiga ko‘ra xalqaro talabnoma bo‘yicha ekspertiza va boshqa tartib-taomilni istalgan
vaqtda o‘tkazishi mumkin.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling