44-modda
Ikki turdagi muhofazani so‘rab olish
Qonunchiligi patent yoki 43-moddada sanab o‘tilgan muhofaza turlaridan biror-birini so‘rash
bilan bir qatorda yana qayd etib o‘tilgan muhofaza turlaridan boshqasini ham so‘rash
mumkinligiga yo‘l qo‘yadigan har qanday ko‘rsatilgan yoki tanlangan davlatga nisbatan
talabnoma beruvchi Yo‘riqnomada belgilanganidek o‘zi so‘raydigan har ikkala muhofaza turini
ko‘rsatishi mumkin; buning oqibatlari talabnoma beruvchining ushbu ko‘rsatmasi bilan belgilanadi.
Ushbu modda maqsadlari uchun 2(ii)-modda qoidalari qo‘llanilmaydi.
45-modda
Mintaqaviy patentlar to‘g‘risida shartnomalar
(1) Mintaqaviy patentlar berilishini nazarda tutadigan va 9-moddaga ko‘ra xalqaro
talabnomalar berish huquqidan foydalanuvchi barcha shaxslarga bunday patentlarga
talabnomalar berish huquqini taqdim etadigan har qanday shartnoma (mintaqaviy patent
to‘g‘risida shartnoma) har ikkala shartnoma — mintaqaviy patent to‘g‘risidagi shartnoma va ushbu
Shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlatni ko‘rsatish yoki tanlashni ichiga olgan xalqaro
talabnomalar mintaqaviy patentlar uchun talabnomalar kabi berilishi mumkinligini nazarda tutishi
mumkin.
(2) Bunday ko‘rsatilgan yoki tanlangan davlatning milliy qonunchiligi ushbu davlatni xalqaro
talabnomada har qanday ko‘rsatilganligini yoki tanlanganligini talabnoma beruvchining
mintaqaviy patent to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra mintaqaviy patent olish istagi sifatida ko‘rilishini
nazarda tutishi mumkin.
46-modda
Xalqaro talabnomani noto‘g‘ri tarjimasi
Agar xalqaro talabnoma bo‘yicha berilgan biror-bir patentdan kelib chiqadigan muhofaza
hajmi mazkur talabnomaning noto‘g‘ri tarjimasi tufayli ushbu xalqaro talabnomaning original tilida
so‘ralayotgan muhofaza hajmidan ortiq bo‘lsa, manfaatdor Ahdlashuvchi davlatning vakolatli
organlari tegishincha va qaytish kuchi bilan patentdan kelib chiqadigan muhofaza hajmini
cheklash va uni xalqaro talabnomaning original tilida so‘ralayotgan muhofaza hajmidan ortiq
bo‘lgan darajasida haqiqiy emas va bekor qilingan deb e’lon qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |