(b) Bunday qarorlar yoki Assambleyada yoki yozishmalar vositasida
ovoz berish bilan qabul
qilinadi va bir ovozdan qabul qilingan bo‘lishi kerak.
(c) Mazkur tartib-taomilning tafsilotlari Yo‘riqnomada belgilanadi.
48-modda
Ayrim hollarda muddatlarga rioya qilmaslik
(1) Agar ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnoma bilan belgilangan biror-bir muddatga pochta
xizmatlari ko‘rsatilishidagi uzilishlar yoki muqarrar yo‘qotishlar yoki xat-xabarlar
ushlanib qolishi
sababiga ko‘ra rioya qilinmagan bo‘lsa, dalillar taqdim etilgan va Yo‘riqnomada belgilangan boshqa
shartlarga rioya qilingan taqdirda, Yo‘riqnomada nazarda tutilgan
hollarda muddatga rioya
qilingan deb hisoblanadi.
(2) (a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘ziga taalluqli bo‘lganda, ushbu davlatning milliy
qonunchiligida nazarda tutilgan sabablarga ko‘ra muddatlarga
rioya qilishda har qanday
kechikishlarga yo‘l qo‘yadi.
(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘ziga taalluqli bo‘lganda, (a) kichik bandida qayd etib
o‘tilganlardan farqlanadigan boshqa sabablarga ko‘ra muddatlarga rioya qilishda har qanday
kechikishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
49-modda
Xalqaro organlarda ishlarni yuritish huquqi
Har
qanday ishonchli vakil, patent agenti yoki xalqaro talabnoma berilgan milliy idorada
ishlarni yuritish huquqiga ega bo‘lgan
boshqa shaxs Xalqaro byuroda, vakolatli Xalqaro izlash
organida va vakolatli Xalqaro dastlabki ekspertiza organida mazkur talabnoma bo‘yicha
ishlarni
yuritish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: