keyin yoki 63(3)-modda qoidalariga ko‘ra II bob qo‘llanishi boshlanishidan
keyin olti oydan kech
bo‘lmasligi kerak.
66-modda
Denonsatsiya
(1) Har qanday Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnomani Bosh direktorga yo‘naltirilgan
bildirishnoma yo‘li bilan denonsatsiya qilishi mumkin.
(2) Denonsatsiya Bosh direktor tomonidan bildirishnoma olingan kundan e’tiboran olti oy
o‘tgach kuchga kiradi. Denonsatsiya, agar ushbu olti oylik muddat
tugashiga qadar xalqaro
talabnoma berilgan bo‘lsa va denonsatsiya qiluvchi davlat tanlanganda ushbu tanlash amalga
oshirilgan bo‘lsa, denonsatsiya qilinayotgan davlatda xalqaro
talabnomaning amal qilishini
tugatmaydi.
67-modda
Imzolash va tillar
(1) (a) Ushbu Shartnoma ingliz va fransuz tillarida bittadan nusxada imzolanadi,
bunda har
ikkala matn to‘laligicha bir-biriga to‘g‘ri.
(b) Rasmiy matnlar manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashuvlardan keyin Bosh direktor
tomonidan ispan, nemis, portugal,
rus va yapon tillarida, shuningdek Assambleya aniqlaydigan
boshqa tillarda ishlab chiqiladi.
(2) Ushbu Shartnoma Vashingtonda imzolash uchun 1970-yilning 31-dekabrigacha ochiq.
Do'stlaringiz bilan baham: