Pattayeva Nigoraxondan
Download 4.53 Kb.
|
Tavsifnomamoydinova
Farg’ona davlat universiteti matematika informatika fakulteti matematika yo’nalishi 19.04C guruh talabasi Mo‘ydinova Maftunaxonning amaliyot davri bo’yicha O‘zbekiston tumani 1-sonli kasb-kunar maktab direktori Pattayeva Nigoraxondan TAVSIFNOMA Talaba Mo‘ydinova Maftunaxon pedagogik amaliyot o’tash davrida o’zining namunali xulqi va odobi bilan boshqalardan ajralib turdi. Dars jarayonlarini tashkillashda matematika fani o’qituvchisi Ismoilov G'ayratjon astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashda tirishqoqligi bilan amaliyotda o’rnak bo’ldi. O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini o’zlashtirib o’zi ham mustaqil darslarni tashkil qildi va o’z ustida muntazam ish olib bordi. Darsdan bo’sh vaqtlarida o’zlashtirishi passiv bo’lgan o’quvchilar bilan alohida shug’ullandi. Sinf bilan birgalikda ishlashda va jamoat ishlarida faol qatnashdi, O’zining sohasida intiluvchanligi bilan amaliyot davrini namunali o’tkazdi. Kelajakda Mo‘ydinova Maftunaxon malakali yetuk kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz Maktab direktori: N. Pattayeva. Download 4.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling