Paxtachi yog'-moy


Download 24.5 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi24.5 Kb.
#161641
Bog'liq
Abduvaliyev G`olibjon Mehnat huquqi FHF II guruh.


Keys

“Paxtachi yog'-moy” aktsiyadorlik jamiyati ijrochi direktori ikki kun oldin o'zi tomonidan e'lon qilingan shanbalik ishlarida ishtirok etmagan 4 nafar korxona xodimini ogohlantirmasdan va bu to'g'risida hech kimning roziligini olmasdan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidan buyruq chiqardi. To'rt nafar xodimlar orasida maktab o'quvchisi Mastonjonov 17 yoshda va oilada yagona boquvchi, Karimjonova bir yil oldin vakillik organlari tarkibiga saylangan xodim sifatida korxonada faoliyat olib borgan, qolgan ikki nafar xodim Rametov va Kamolov korxonada o'rindoshlik asosida mehnat faoliyatini olib boradi. Korxona rahbarining buyrug'idan norozi bo'lgan xodimlar shanbalik COVID 19 pandemiyasi paytida, shuningdek dam olish kuni o'tkazilganligini, buning ustiga umumxalq hashari emasligini, shu bilan bir qatorda korxonadan tashqari hududda bo'lganligini aytib kasaba uyushmasiga murojaat qildi va ularni himoya qilishni so'rashdi. Kasaba uyushmasi raisi murojaat foydasiz ekanligini, agar xodimlarni himoya qilib chiqsa ham baribir rahbar buyruqni bekor qilmasligini, buyruq qonuniy chiqqanligini, shu bilan bir qatorda rahbarning “aytgani aytgan ekanligini” uqtirib ularga rad javobini berdi.



Taraflarning harakatlarini tahlil qilgan holda vaziyatga amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida yechim bering.

Yuqorida bizga berilgan kazusga mehnat qonunchiligi asosida huquqiy baho berish uchun quyidagi muammoli savollarni belgilab olamiz:



  1. Bizga berilgan kazusda“Paxtachi yog`-moy” AJ ning ijrochi direktori mehnat shartnomasini bekor qilishi huquqiy asosga egami?

  2. Korxona, tashkilot, muassasalarda hasharlar o`tkazish tartibi qanday?

  3. Korxona, tashkilot, muaasaslarda kasaba uyushmalari tuzilishining maqsadi qanday?

Ushbu muammoli savollarni muhokama qilish uchun quyidagi normative-huquqiy hujjatlarga murojaat qilamiz.

  1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;

  2. O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonuni;

  3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “O`zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`rida”gi 349-sonli qarori;

  4. “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi(kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunarni qo`llanilishi haqida”gi 12-sonli qarori;

Shu o`rinda bevosita kazusning muhokamasiga o`tsak, muhokamani yuqoridagi muammoli savollar orqali amalga oshiramiz.

“Paxtachi yog`-moy” ijrochi direktori tashkilotning 4 nafar hodimini tashkilotning ichki tartib qoidalarini buzgan deb hisoblab, ishdan, asossiz ravishda ishdan bo`shatish to`g`risida buyruq chiqargan. Natijada hodimlar bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor bo`lgan. Lekin, ijrochi direktor hodimlar bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilishda qonunda belgilangan normalarga rioya qilmagan. Mehnat kodeksi 102-moddasi Mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari), ish beruvchi xodimni mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinishi to'g'risida kamida uch kun oldin xabardor qiladi yoki unga shunga mutanosib kompensatsiya to'laydi. Ushbu normadan kelib chiqsak, Ijrochi direktor hodimlar bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilishda ularni kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak. Lekin, direktor bu normaga rioya qilmagan. Bundan tashqari, yuqoridagi holatda ishdan bo`shatilgan hodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda alohida holatlarni inobatga olish kerak. Chunki, mehnat shartnomasi bekor qilingan hodimlardan biri maktab o`quvchisi 17 yoshli Mastonjonov, ikkinchisi oilada yagona boquvchi, vakillik organiga saylangan hodim sifatida ishlab kelgan Karimjonova, qolgan ikki hodim esa o`rindoshlik asosida ishlab kelgan Rametov va Kamolov edi. Mehnat kodeksining 246-moddasiga ko`ra, O`n sakkiz yoshga to`lmagan hodimlar bilan tuzilgan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor ilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo`l qo`yiladi.1 Ushbu normadan kelib chiqsak, direktor o`z hodimi Mastonjonov bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilishda nafaqat umumiy tartib qoidalariga rioya qilishi, balki mahalliy organning roziligini ham olishi kerak. Ammo, direktor mehnat shartnomasini bekor qilishda hech qanday tartibga rioya qilmagan.

Ikkinchi hodim bilan bekor qilingan mehnat shartnomasiga e`tibor qaratsak, Mehnat kodeksining 25-moddasiga ko`ra, Vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga intizomiy jazo berishga, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qo'yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin ikki yil davomida ish beruvchining tashabbusi bilan mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmay turib bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi.2 Shuningdek, Kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonunning 15-moddasiga ko`ra, Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, ular a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan holda yo‘l qo‘yiladi.3 Ushbu normalardan kelib chiqsak, ijrochi direktor Karimjonova bilan mehnat shartnonomasini bir tomonlama bekor qilish uchun kasaba uyushmasining oldindan olingan roziligi talab etiladi. Lekin, direktor bu normaga rioya qilmasdan, kasaba uyushmasining roziligisiz Karimjonova bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan.

Rametov va Kamolovlar bilan bekor qilingan mehnat shartnomasiga e`tibor qaratsak, mehnat qonunchiligidan kelib chiqsak, bu holatda ular o`rindoshlik asosida “Paxtachi yog`-moy” AJ da mehnt faoliyatini olib borayotganini hisobga olsak, ular tashkilotda hashar qonuniy tartibda o`tkazilgan taqdirda ham unda qatnashishlari mejburiy bo`lmaydi. Chunki, ular asosiy ish joylaridan bo`sh bo`lgan holatdagina aksiyadorlik jamiyatida o`rindoshlik asosida faoliyat yuritishadi.

Ikkinchi savolga e`tibor qaratsak, bunda korxona, tashkilot, muassasalarda hasharlar o`tkazish tartibini ko`rib chiqamiz. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo`shmcha chora-tadbirlari to`grisida”gi qarorining ikkinchi bandning “a” kichik bandiga ko`ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar quyidagi shartlarga qat’iy rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:


  • Umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bo‘lganda;

  • Hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi;

Ushbu normadan kelib chiqadigan bo`lsak, “Paxtachi yog`-moy “ AJ tomonidan o`tkazilgan hashar qonun hujjatlariga zid. Birinchidan, hashar faqat hodimlarning ixtiyoriy roziligi asosida o`tkazilmagan. Ikkinchidan, hashar “Paxtachi yog`-moy” AJ hududida emas, balki undan tashqari hududda o`tkazilgan. Bu esa hodimlarni mehnat muhofazasi ta`minlanmaganligini anglatadi hamda ushbu holatga hashar emas, balki majburiy mehnat deb qarash mumkin. Hodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish esa tegishli qonun hujjatlariga ko`ra javobgarlikka sabab bo`ladi. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 51-moddasiga ko`ra, Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shu o`rinda hodimlarning kasaba uyushmasiga qilgan murojaatlaridagi holatlarni ko`rib o`tsak, hodimlarning murojaatiga ko`ra, hashar pandemiya sharoitida, dam olish kuni o`tkazilganligini, shuningdek, hashar umum xalq hashari emasligini ta`kidlashgan. Ularning murojaatini qanchalik asosli ekanligini tahlil qilsak, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 176-sonli qarorining birinchi bandiga ko`ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, shuningdek, teatr, kino va konsert dasturlari hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi (dafn marosimlari 10 — 15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) to‘xtatilganlishu begilangan.4 Demak, pandemiya sharoitida “Paxtachi yog`-moy” AJ hashar o`tkazishi mumkin emas edi. Chunki, ommaviy tadbirlar davomida infeksiya tarqalishi xavfi jiddiy ravishda oshadi. Shuning uchun aksiyadorlik jamiyati hodimlarni iloji boricha o`zini-o`zi yakkalash tartibiga rioya qilishlarini ta`minlashi kerak edi.

Mehnat kodeksining 126-moddasiga ko`ra, dam olish vaqti – xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo`lgan va bundan o`z ixtiyoriga ko`ra foydalanishi mumkin bo`lgan vaqtdir.5 Yuqoridagi kazusda ham hodimlar dam olish kunidan o`z ixtiyorlariga ko`ra foydalanishgan va bu huquqiy jihatdan to`g`ri. Mehnat kodeksining 130-moddasiga ko`ra, Dam olish kunlarida ishlarish taqiqlanadi. Ish beruvchining farmoyishi bo`yicha ayrim hodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki hodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, belgilangan asoslar bo`yicha va tartibda yo`l qo`yiladi. Ushbu normadan kelib chiqsak, dam olish kunida ijrochi direktor tomonidan hodimlarni majburlab hashar o`tkazilishi noto`g`ri. Chunki, dam olish kunida ishlatish ta`qiqlanadi. Direktor dam olish kunida o`zining farmoyishi bilan ayrim hodimlarni alohida hollardagina, jamoa shartnomasidan kelib chiqib, u tuzilmagan bo`lsa, kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan kelishgan holda ishga jalb qilish mumkin. Bu esa uning dam olish kunida barcha hodimlarni hasharga jalb etishga huquqi yo`qligini ko`rsatadi. Umum xalq hashariga e`tibor qaratsak, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo`shmcha chora-tadbirlari to`grisida”gi qarorining ikkinchi bandning 2 bandining “a” kichik bandiga ko`ra, umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bo‘lganda o`tkaziladi.6 Lekin, Ushbu normaning ikkinchi bandining “a” kichik bandiga ko`ra, tashkilot, muassasa. Korxonalarda ham hasharlar o`tkazilishi mumkinligi belgilangan. Shuning uchun yuqoridagi holatda hodimlarning direktor tomonidan o`tkazilgan hashariga nisbatan umumxalq hashari emasligi haqidagi talabi huquqiy jihatdan asossiz. Agar direktor tomonidan hashar qonun hujjatlariga muvofiq, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda tashkilot hududida o‘tkazilsa, hodimlar unda qatnashishlari kerak bo`ladi.

Uchinchi savolga to`xtalsak, Korxona, tashkilot, muaasaslarda kasaba uyushmalari tuzilishining maqsadi qanday? Mehnat kodeksningМеҳнатга оид муносабатларда ходимларнинг манфаатларини ифода этишда вакил бўлиш ва бу манфаатларни ҳимоя қилишни корхонадаги касаба уюшмалари ва уларнинг сайлаб қўйиладиган органлари ѐки ходимлар томонидан сайланадиган бошқа органлар амалга ошириши мумкин

Kasaba uyushmalari to`g`ridagi qonun 27-moddasiga, Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini hal qilishda ishtirok etishga bo‘lgan huquq Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari aholi bandligini ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega.

Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga da’vo arizasi, shuningdek sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonun 35-modda. Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishda ishtirok etish huquqiga ega. Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik hamda boshqa xizmatlarni tashkil etishi, shuningdek shartnoma asosida tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tashkilotlarning rahbarlariga hamda boshqa mansabdor shaxslariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritishga, shuningdek tashkilotlarning rahbarlariga mazkur qoidabuzarliklarda aybdor bo‘lgan shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritishga haqli.

“O`zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo`shmcha chora-tadbirlari to`grisida”gi qarorining beshinchi bandning “b” kichik bandiga ko`ra O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi jamoa shartnomasi va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari boshlang‘ich bo‘g‘inlarining javobgarlik choralarini kuchaytirish, majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular to‘g‘risida prokuratura organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga zudlik bilan ma’lum qilish;

ўн саккизга тўлмаган шахслар билан фақат маҳаллий меҳнат органлари розилиги бўлганда меҳнат шартномасини бекор қилиш мумкинлиги (МК 246-моддаси);



касаба уюшмасига ёки бошқа вакиллик органига сайланган ва ишлаб чиқариш ишидан озод этилмаган ҳамда шу органларга сайланган ходимлар сайлангандаги ваколатлари тугагач, икки йил давомида маҳаллий меҳнат органининг олдиндан розилигини олмай туриб улар билан меҳнат шартномасини бекор қилишга йўл қўймаслиги ва бошқалар ҳисобга олинганми

1 O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi., 21.12.1995; 247-moddasi;

2 O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi., 21.12.1995; 25-moddasi;

3 O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari to`grisidagi qonuni, Toshkent sh., 2019-yil 6-dekabr, O‘RQ-588-son

4 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 176-sonli qarori birinchi bandi;

5 O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.,1995-yil 21-dekabr; 126-modda;

6 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo`shmcha chora-tadbirlari to`grisida”gi qarori, Toshkent sh., 2018-yil 10-may, 349-son. Ikkinchi bandi.

Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling