Payg'ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning qabrlari


Download 63.5 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1354006
Bog'liq
Payg\'ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning muborak qabrlari


Payg'ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning qabrlari

Payg'ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning muborak qabrlari bilan bog'liq internet tarmoqlarida turli xil rasmlar va videolar tarqalganiga guvoh bo'lamiz.


Xo'sh, ularnng qay biri haqiqiy? O'zi ularning orasida haqiqiysi bormi?
Bugungi kunda u zoti barokotning qabrlarini ko'rish imkoni bormi?
Bugun shu haqida ba'zi tarqalgan noto'g'ri tushunchalarni ochiqlashga harakat qilamiz, inshaAlloh!
Madinayi munavvara yer yuzidagi eng fazilatli shahar bo'lib, payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam hijrat qilgan joylaridir. Ibrohim alayhissalom Makkani haram qilganlaridek , Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Madinani haram qilganlar. Unda qon to'kilmas, siloh ko'tarilmas, daraxt kesilmas, o't-o'lani yulinmas, xovi cho'chitilmas. Uning yo'llarida farishtalar bor, ular Madinaga dajjolni kiritmaslar. Kimki Madinaga hiyla qilishni istasa yoki yomonlikni iroda qilsa, tuz suvda erigandek erib ketar. U yomon odamlarni bosqondek ketkazur, yaxshilarni musaffo qilur. Madinaga iymon xuddi ilon iniga kirgandek kirur. Bu yerda payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam masjidlari - "Masjidu nabaviy sharif" bor. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam "Mening bu masjidimda o'qilgan bitta namoz boshqa masjidlarda o'qilgan mingta namozdan afzaldir",- deganlar. Robbim bizlarga ham Madinaga borib, payg'ambarimiz masjidlarida namoz o'qish baxtini nasib etsin.
Bu borada "Osiyo Travel" sizga Umra ziyoratini ado etish bilan birga, Madinayi munavvara ziyoratini ham oson va go'zal sur'atda amalga oshirishingizga yordam beradi.
Ushbu raqamlar orqali ularga aloqaga chiqib, qulay narx va yuqori sifatli xizmatdan bahramand bo'ling.
Bu masjidning tarixini eslar ekanmiz, Rosullulloh sollollohu alayhi vasallamning manzil tanlagan tuyalarini yodga olmay bo'lmas. Asli bu joy Asad ibn Suroraning tarbiyasidagi Suhayl va Sahl ismli ikki yetimning xurmo bog'i edi.
Rosullolloh sollollohu alayhi vasallam ikki g'ulomni chaqirdilar va bog' o'rnini masjid qilib olish niyatida savdolashdilar. Ular: "Yog'e, biz sizga uni hadya qilamiz",- deyishdi. Rosullulloh sollollohu alayhi vasallam ulardan uni hadiya sifatida qabul qilishdan bosh tortdilar. Oxiri ulardan sotib oldilar. Keyin u yerga masjid bino qildilar. Uning bino bo'lishida nabiy sollollohu alayhi vasallamni yeng shimarib ishga tushganlari, g'isht tashiganlari rivoyatlarda kelgan. Avvalida masjid ko'rinishi juda oddiy bo'lib, maydoni 1050 m² bo'lgan. Unda 1700 kishi namoz o'qiy olgan. Tosh, lot, g'isht, xurmo shoxlari va tanalari kabi juda oddiy xomashyolardan qurilgan. Masjid avvaliga 3 qismdan tashkil topgan. Birinchi safdagi namozxonlar uchun tom-yopiq qism, keyin o'rtada ochiq maydon, masjid orqa qismida esa faqir, muhojirlar yashagan "Suf'a" ahli uchun joy bo'lgan.
Masjidning ilk kengaytirish ishlari Rosululloh sollollohu alayhi vasallam davrlarida, hijratning VIII asrlarida amalga oshirilgan. Shundan so'ng, masjid maydoni 2500 kV.m ga yetib 4000 namozxonni sig'diradigan holga kelgan. Masjidning sharqiy qismida Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning muborak uylari - Oisha roziyollohu anhoning hujralari joylashgan. Onalarimiz uchun qurilgan birinchi uy- Oisha roziollohu anhoning uylari edi. U kichik bo'lishiga qaramay, Alloh taoloning qiyomatgacha mo'jizasi bo'lib qoladigan samoviy kitobi - Qur'oni Karimning ko'p oyatlari tushadigan muqaddas makonga aylandi. Shu kichik uyda Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallamning son- sanoqsiz hadisi shariflari vorid bo'ldi. Shu kichik uy ko'plab sahobalarni islom ta'limotidan bahramand etdi. Bu uy masjidning sharqiy tomonida bo'lib, eshigi ravza tomonga qarab ochilar edi. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam masjidi etikof turganlarida Oisha roziyollohu anho turgan uylariga boshlarini uzatib yuvdirar edilar. Hatto Rosullulloh sollollohu alayhi vasallam bemor bo'lganlarida ham shu uyni tanladilar. Oisha roziyollohu anho "Rosululloh sollollohu alayhi vasallam mening uyimda va bag'rimda olamdan o'tganlar" deb aytar edilar.
Rosululloh sollollohu alayhi vasallam olamdan o'tganlarida hayratga tushib qoldilar. Umar roziyollohu anho eshik oldida turib, "Kim Rosululloh sollollohu alayhi vasallamni olamdan o'tdi desa, uni jazolayman"-deb turganlarida Abu Bakr roziyollohu anho uyga kirib, o'z kiyimlarida yotgan Rosululloh sollollohu alayhi vasallamni ko'rib, yuzlarini ochib, peshonalaridan o'pib: "Ota-onam sizga fido bo'lsin, ey Allohning Rosuli, o'lim sizga ham yozilgan ekan",- deb chiqdilar va eshik oldida turib: "Kim Muhammadga ibodat qilib kelayotgan bo'lsa, Muhammad olamdan o'tdilar, Kim Allohga ibodat qilib kelayotgan bo'lsa, Alloh tirik, o'lmaydi",- dedilar. So'ng ushbu oyatni tilovat qildilar:" Muhammad payg'ambardir xolos, undan oldin payg'ambarlar o'tgan, mabodo u bo'lsa yoki o'ldirilsa, ortingizga qaytib ketasizmi? Ortga qaytgani bilan hech kim Allohga sira zarar keltirolmas. Alloh shukr qiluvchilarni, albatta, mukofotlaydi" Ol-Imron surasi 144-oyat. Umar roziyollohu anho oyatni eshitgach: "Bu Allohning kalomimi?"- dedilar. Odamlar: "Ha",- deyishdi. Shunda Umar roziyollohu anhoning oyoqlari bo'shashib ketib, yerga cho'kib qoldilar.
Rosuli Akram sollollohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini yuvish ishini hazrati Ali roziyollohu anho bajardilar. Hazrati Abbos bilan o'g'illari Rosuli Akram jasadlarini bir tomondan ikkinchi tomonga o'girib turishdi. Usoma suv quyib turdi. Havlo Ulaysa suv tashidi. G'usl ishi tamomlangach, avvaliga hazrati Abu Bakrning o'g'illari Abdulloh tayyorlagan yaman matolari bilan kafanlandilar. Hujraning eshigi hammaga ochildi. So'ng Rosululloh sollollohu alayhi vasallamni dafn etish masalasi bo'ldi. Abu Bakr roziyollohu anho Rosululloh sollollohu alayhi vasallamdan har bir payg'ambar o'zi vafot etgan joyida dafn etilishi haqida hadisni eshitganlarini aytdilar va uylarida dafn etishga kelishdilar. Qabr lahad uslubida kavlanib, u zot sollollohualayhi vasallam dafn etildilar. hazrati Ali Rodiollohu anhu u zotning ustida heech kim imomlik qilmasin, u zot siz uchun hayotlarida ham, vafotlarida ham imomingizdir" dedilar. Shundan keyin sahobalar kirib, yaka-yakka janoza oqishdi. ular masjid tarafdagi mana shu eshikdan kirib, janoza oqib bolganlaridansong narigi eshikdan chiqdilar. Ba'zi rivoyatlarda janoza birkun kechgacha oqilgan deyilsa, bashqa rivoyatlarda toliqikki kun oqilgan deyiladi. Minglab sahobalar kelib u zotga alohida janoza oqishdi.,song dafn etildilar. Oisha Rodiollohu anho osha uyda yashay boshladilar va orada biror tosiq yoq edi. Abu Bakr Rodiollohu anho olamdan o`tganlarida istaklariga muvofiq, boshdan Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning yelkalari barobriga qoyildi. Oralariga biror tosiq oyilmay,Oisha Rodiollohu anho "Bu kishi mening erim va bulari mening otam" der edilar. Umar Rodiollou anho olim yoqasida yotganlarida ikki sohiblari oldida dafn etilishlarini ogillari Abdulloh orqali izn soradilar. Oisha Rodiollohu anhoning iznlari bilan Uma Rodiollohu anhu olamdan otgalarida Abu Bakr Rodiollohu anhuning yelkalari barobarida dafn etildilar. Shundan song Oisha Rodiollohu anho qabr orasiga tosiqqoydilar. Keyinchalik bu joy "Hujrai nabaviiya" deb ataldi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Rosulolloh sollollohu alayhhi vasallamning qabrlari ekanligiaytiladiganbirnecha xil suratlar va videolarni korib qolishimiz mumkin.
Quyida ustoz Dokor Fayz bularning haqiqatinin batafsil tushuntirib beradilar:
(Dokor Fayz gaplari)
Misol uchun mana bu rasmni olaylik:
Bu rasmning ostida “Buni dunyodagi musulmonlardan faqat 0,1 % oizigina ko`rgan, bu payg`ambar Muhammad sollollohu alayhi vasalamning qabrlari” deb yozib qo`yilgan. Rasmga qaragan kishida “Abu Bakr va Umar Rodiollohu anhumolarning qabrlari qayerda?” degan savol tug`iladi. Bu yolg`ondir, bum o`minlar ustidan mazah qilishdir. Aslida esa bu yerda Turkiyada joylashgan Jaloliddin Rumiyning qabri tasvirlangan.
Bu rasm esa undan ham xatarli. Ravzaga kirganingizda minbar oldida shunday qabr bormi? Bu rasmni 30-40 $ ga sotishlarini eshitib, yoqa ushlaydi kishi. Aslida bu Faysqda joylashgan maqbara.
Bu Turkiyadagi Sulton Ahmadning qabri. Ammo qarasng nima deb yozib qo`yishibti? “ Madinai munavvaradagi nabiy alayhisolatu vasallamning qabrlari” deb yozib qo`yilgan. Bu hammasi yolg`on suratlardir.
Oisha Rodiollohu anho vafot etganlaridan so`ng parda bilan qilingan to`siq orasida biroz joy qoldirilib, g`isht bilan o`raglan va u honaga boshqa hech kim kirmagan. Hijratning 88 yili ko`p ini muhojirlari vafot etgandan so`ng, ularning masjid atrofidagi uylari bo`shab qoldi. Odamlar masjidda joy yetmay qolganidan juma kunlari u yerlarga kirib namoz o`qiy boshladilar. Valid ibn Abdulmalik Umar ibn Abdulazizga masjidni kengaytirishni maslahat berdi. Muhokama va odamlarning roziligi bilan masjid yaqinidagi bo`sh uylarni ham masjidga qo`shishga qaror qilindi. Illo Oisha onamizning uylariga tegilmadi. O`sha paytlarda u zotning uylari devoir eskirib qolganliklari bois, Umar ibn Abdulaziz Rohimahulloh uni mana bunday uzunchoq g`ishtlar bilan o`rab qo`ydi. Hujra tomini taxtalar bilan yopib qo`ydi. So`ng u devor ustidan yana bir devor qilindi. Sababi to`rtburchak shakli Kabaga o`xshab qolmasligi bois mana shu shaklga kirgizildi. Shundan so`ng hech kim bu yerga kirmadi. Hujraning hech qanday eshigi, derazasi yo`q edi. Hijriy 247 yili Xalifa Mutavakir devorning atrofini 1metr balandlikdagi marmar bilan o`rab chiqdi. So`ng hijriy 548 yili Xalifa Mutafiy marmarni yana 1 metr balandlikka ko`tardi. Keyinchalik yog`och tomni o`rniga mana bunday shaklda gumbaz qo`yildi. Bugungi kunda esa bu joy shundoqqina yashil Qubbaning ostida joylashgan. Devor atrofini 3 metrlik marmar bilan o`rab qo`yildi. O`shandan to hozirgacha hech kim Oisha Rodiollohu anhoning hujralariga kirmadi. Prezidentlar , qirollar va boshqa martabali kishilar, shuningdek ishchilar to`siq bilan o`raglan xonaga kirishi mumkin xolos. Ziyolashuv o`laroq, siz salom eshigidan kirib, bahiy eshigidan chiqasiz. Bu eshik Fotima Rodiollohu anhoning eshiklari deyiladi. Boisi uning ichida Fotima Rodiollohu anhoning hujralariga kirish mumkin. Qibla tarafdagi boshqa eshik Tabba eshigi deyiladi. G`arbiy tarafdagi eshik esa ziyoratchilar eshigi deyiladi. Shimoliy tarafdagi eshik esa hijriy 724 yilda qo`yilgan bo`lib, tahajjud eshigi deyiladi. Bu eshikdan kirganda mana bunday holatni ko`rish mumkin. Bu yerga hamma yuqori martabali mehmonlar, qirollar, prezidentlar kirishadi. Bu yerdagi pol marmardan qilingan. Chap tarafda Mamlukiylar davridagi mehrob qo`yilgan. Naqshlari va hattotlik ishlari Namlukiylar davriga taaluqlidir. Bu mehrob Fotima Rodiollohu anho onamizning hujralarida joylashgani uchun ham Fotima mehrobi deyiladi. Shu eshikdan kirilganda ravza to`g`ri mana bu to`siq ortida bo`ladi. Mehrob ortida Usmoniy hukmdorlar hujrai saodat uchun hadya qilgan kata sandiq bor. Uning ichida ularning qimmatbaho buyumlari joylashgan. Bu sandiqni Fotima Rodiollohu anhu sandiqlari deb ham ataladi. Ko`pchilik buni Fotima Rodiollohu anho qabrlari deb o`ylaydi. Lekin bu unday emas. U zoti Rodiollohu anhuning qabrlari Dahiy qabristonida joylashgan. Oxirgi Usmoniy xalifalardan bo`lgan Umar Fhriy poshho hijriy 1363 yilda sandiqdagi barcha buyumlarni Turkiyaga olib ketgan.
Endi booshqa eshikni ko`ramiz:
Shimoliy tomondan kirib, g`arbiy tomonga o`tsak, ravza u tomonda qoladi. Bu Umar ibn Abdulaziz qurdirgan devor. Bu yerda yog`och sandiq bo`lib, unga mushkanmarlar joylangan. Tozalash ishlari vaqtida sandiq tashqariga olib chiqiladi. Shundan so`ng yana joyiga qaytarib, yopinchiq ichiga berkitib qo`yishadi. Bu sandiqni bo`rtib turganini ko`rganlar “Mana payg`ambarimiz qabrlari” deyishadi. Bu kata adashuv. Uni rasmga olib uylariga ilib qo`yadilar. Xuddi Nasroniylar qilgan xatoni takrorlashadi. Nasroniylar xissiyotlariga berilib, Allohga ko`pgina narsalarni shirk keltirib qo`yishdi. Quluvga ketish qay bir jihatdan bo`lmasin bu kata xato va adashuvdir. Bu yopinchiq hijriy 1405 yilda qirol Fah davrida tayyorlangan. Masjidga kirilganda bu yerdan payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallamga salom beriladi. Yuqori martabali ziyoratchilar esa bu yerdan salom beradilar. Biz to`siqning tashqi tomonidan salom bersak, ular ichkari tomondan salom beradilar. Biz ham ular ham qabrni ko`ra olmaymiz. Ammo hayratlanarlisi shundaki, ko`pchilik kishilar, hatto ahli ilmlar ham mana bub o`rtib turganlarni qabrlar deb o`ylashar ekan. Menga kelib aytishadi “Men qaysidir qirol bilan, qaysidir Prezident bilan kirib qabrni ko`rdim” deyishadi. Nima ko`rganingni tasvirlab berchi desam, “Burchakda bo`rtib turgan qabrlarni ko`rdim” deyishadi. Birodar ular shunchaki hali ziyoratchilar kam bo`lgan paytdagi belgilar. Birinchi bo`rtib turgan joy Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salom beriladigan joyga ishora qilingan belgi, ikkinchisi Abu Bakr Rodiollohu anhuga salom beriladigan joyga ishora, uchinchisi esa Umar Rodiollohu anhuga salom beriladigan joyga ishora. Ziyoratchilar soni ortganidan so`ng bu belgilarni yopinchiq ortiga berkitdilar. Bu Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salom beriladigan joy, bunisi Abu Bakr Rodiollohu anhuga, bu esa Umar Rodiollohu anhuga. Ziyoratchilar yanayam ko`payganida esa yana bir to`siq qilib uni ortiga o`tkazishdi. Bu to`siqdan payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallam qabrlarigacha bo`lgan masofa taqriban 7 metr 25 sm dir. Mana bu kumush lavhaga e’tibor bering. Uni hijriy 1226 yilda Sulton Ahmad tuhfa qilgan. U boshiga “Bismillaahir Rohmonur Rohim” deb yozib, keyin shu oyatni “Bandalarimga xabar bergilki, albatta, mening o`zim o`ta mahfiratlidirman, o`ta rahmlidirman” , so`ng bu oyatni “Ey, Nabiy, albatta, biz seni guvohlik beruvchi xushxabarchi va ogohlantiruvchi deb yubordik”, keyin duo oxirida esa Sultonning ismi yozilgan. Bu hujrai saodat haqida ma’lumot edi. Ko`pchilik birodarlar “Nega qiyinlashtirib yuborgansiz, devorlarni olib tashlangg, odamlar Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning qabrlarini ko`rsinlar” deyishadi. Qabrlari bundan muhofaza qilinganining hikmati nimada? Sababi Alloh taolo Nabiy sollollohu alayhi vasallamning duolarini ijobat qildi. U zot “Ya Alloh mening qabrimni odamlar ibodat qiladigan but qilib qo`yma” deb duo qilgan edilar. Agar odamlar payg`ambarimiz qabrlarini oldiga borolganida nima bo`lar edi? Bir ikki kun ichida qabr tekislanib qolar edi. Hamma tuproqni kavlab olib ketar edi. Erkak, ayollar aralash, odamlar hatto bir birini o`ldirishgacha borishlari mumkin edi. Faqat Alloh biladi nima bo`lishini. Shu sabab Alloh Nabiyni tiriklik chog`ida ham o`limini ham saqladi. Agar Nabiy sollollohu alayhi vasallam bugun bizning oramizda bo`lganlarida, Allohga qasamki, Allohdan boshqa hech kimga duo qilmaslikni aytgan bo`lar edilar. Agar oramizda bo`lganlarida Allohdan boshqa hech kimga ibodat qilmaslikka, uning o`zidangina yordam so`rashga chaqirgan bo`lar edilar. Payg`ambari alayhissalom “Agar so`rasangiz, Allohdan so`rangiz” deye duo qilish odobida ta’lim bergan edilar. Barcha payg`ambarlar yakka Allohga ibodat qilish uchun yuborilganlar. Payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallam minbarlari bilan uylari oorasida ravza degan joy bor. Minbardan sharafli uygacha bo`lgan masofa taxminan 26 yarim metrni tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu joy yashil gilam bilan belgilab qo`yilgan. Ushbu ravzaning fazli haqida Nabiy sollollohu alayhi vasallamdan hadislari vorid bo`lgan.
Abdulloh ibn Azaid Rodiollohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollollohu alayhi vasallam “uyim bilan minbar orasida Jannat ravzalaridan bir ravza bor dedilar”. Ravza so`zi bog` degan ma’noni anglatadi. Albatta, ushbu joyda namoz o`qish, Qur’on tilovat qilish, Alloh taoloni zikr qilish, payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallamga salovot va salom aytish , solih amallarni ko`plab qilishning ajri mukofoti ko`proqdir. Ba’zi ulamolar “Ravza haqiqiy ma’noda jannatdan bir parchadir” deganlar.
Ha, jumlaga borganda payg`ambarimiz sollollohuh alayhi vasallamning qabrlarini ziyorat qilib, masjidlarida, xususan ravzai sharifda namoz o`qish baxtiga muyassar bo`lishni istasangiz, bu borada Osiyo Travel xizmatga tayyor. Allohnin izni ila Osiyo Travel orqali Umra ziyoratini chiroyli hamda qulay ado etibgina qolmay, balki Madinai munavvarada ham Masjidu nabaviy ziyoratiga kirib, ravzai sharifda namoz o`qish, nabiy sollollohu alayhi vasallamga salom berish baxtiga muyassar bo`lishingiz mumkin inshaAllah. Zero paayg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallam “Kim o`limimdan keyin ziyorat qilsa, tirikligimda ziyorat qilgandek bo`ladi”. Alloh taolo barchamizni o`zining baytini tavof qilishimizni, payg`ambvarimiz sollollohu alayhhi vasallamning qabrlarini ziyorat qilib, ravzada namoz o`qishimizni nasib etsin.
Osiyo Travel – halollik har javhada.
Ushbu raqamlar orqali ularga aloqaga chiqishingiz mumkin:
Xizmatlar litsenziyalangan.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling