Payvandlash transformatori reja


Elektr yoyli payvandlash turlari


Download 36.32 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1798815
1   2   3   4
Bog'liq
etq

Elektr yoyli payvandlash turlari.
Payvandlashning mexanizatsiyalanishiga ko‘ra qolda payvandlash, yarim avtomatik va avtomatik payvandlashga farqlanadi.
Qaysi turda payvandlanishiga va qanday usulda bajarilishiga qarab payvand sifati aniqlanadi: yoyning yonishi uzunligini ushlab turish va yondirish, chokka shakl berish uchun elektrodning turlicha harakatlantirilishini boshqarish, chokning bo‘ylamasiga elektrodni siljitish va payvandlash jarayon ini tugatish.
Dastakli payvandlashda havoda, metall bug‘larida va elektrod qoplamalar majmualarida yonadigan ochiq yoy ishlatiladi.
Avtomatik va \arim avtomatik flus ostida payvandlashda, flus ostida metall va flus bugMarida yonadigan yopiq yoy ishlatiladi. Avtomatik va dastakli eruvchan va erimaydigan elektrodli payvandlashda, himoyali gazlarda (argon, geliy, uglerod ikki oksidi va boshqa) yonadigan himoyalangan yoy ishlatiladi.
Elektr payvandiash qurilm alarni belgilash. Birinchi harf buyum turini belgilaydi. T - transformator, T(V) - tolg‘rilagich, G - generator, Q(U) - qurilma, P(S) - payvandiash. Ikkinchi harfi pay vand turini belgilaydi. Yo (D) - yoyli, P - plazmali, Sh - shlakli. Uchinchi harf payvandiash usulini belgilaydi (F - flus ostida, G - himoyali gazlarda, U - universal manbalari bir necha payvandiash usullar uchun). Harf boMmagani dastakli payvandlashni belgilaydi. To‘rtinchi harf - manbaning vazifasi (K(M) - ko‘p postli, 1 - impulsli payvandiash uchun). Ikkita yoki bitta son - yuzlab amperda me’yorli payvandiash toki, keyingi ikkita son - buyumning ro'yxat tartib raqami; harflar va sonlar - iqlimga muvofiq qilib yasalishi (U - universal, T - tropik) va o‘rnatilish kategoriyasi (2, 3 yoki 4).
Masalan: STE - 34 - «Elektrik» zavodida chiqqan, buyum tartib raqami 34, payvandiash transformatori; STN - 500 A li Nikitin tuzilishli payvandiash transformatori konstruksiyasini; PSO - 500 - 500 A li bir postli o‘zgartgichli; PSO - 300 - 3 - 300 A selenli payvandiash to‘g‘rilagichli, 3 - o‘rnatilish kategoriyasi; ADS - 1000 - 4 - 1000 A li yoyli payvandiash avtomat o‘rnatilish kategoriyasi - 4.
Dastakli payvandiash - (DP) uchun uzunligi 450 mm boMgan elektrodlar maxsus moddalar bilan qoplangan (Si02, TiO.,, P2Os, CaO, MnO, FeO, BaO, MgO va boshqa oksidlar shlaklaridan va CaS, MnS, CaF., turli moddalarning tuzlaridan). Bular payvand vannada shlakda qoplama ko'rinishida erib birikkan metall xususiyatlarini yaxshilaydi. Shlakdagi oson ionizatsiyalanadigan elementlar yoy yonish turg‘unligini oshiradi, bu esa o‘zgaruvchan tokda payvandiash juda muhim, gazsimon moddalar esa payvandiash vannani havo ta’siridan saqlaydi.
Eriyotgan elektrod metallning 80-95% gacha payvandiash vannaga tomchilab olib borishni ta’minlaydi. Qolgan 5-20% tomchi va bug‘ shlakda yo‘qoladi.



Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling