Payvandlash transformatorlari


Payvandlash transformatorlarini tarmoqqa parallel ulash


Download 59.03 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi59.03 Kb.
#1835067
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi I

3. Payvandlash transformatorlarini tarmoqqa parallel ulash.
Katta payvandlash tokini hosil qilish zarur bo‘lsa, masalan, cho‘yanni qizdirib payvandlashda, elektrodlar bog‘lami bilan payvandlash va hokazo hollarda, shuningdek etarli quvvatga ega bo‘lgan transformator bo‘lmagan kezlarda parallel ulangan kichkina quvvatli transformatorlardan foydalanish mumkin.
Parallel ishlashga faqat bir turli transformatorlarni ulash mumkin. CHunki bunday hollarda parallel ishlashi uchun zarur asosiy shart, ya’ni salt yurish kuchlanishining teng bo‘lishi bajariladi. Bunga esa transformatsiyalash koeffitsientlari bir xil bo‘lgandagina erishish mumkin.
Transformatorlarini tarmoqqa parallel ulash sxemasi 4.6-rasmda ko‘rsatilgan. T transformatorlarning birlamchi chulg‘amlari ta’minlash tarmog‘ining bir xil fazalariga ulanishi shart. Ikkilamchi chulg‘amlar vaqtning har qaysi daqiqasida bir xil qutbda bo‘ladigan klemma aa va bb lar vositasida ulanadi. Klemmalarning bir jufti (b) biriktirgich-ajratgich Gr tutashtirilganidagina ulanadi. Biriktirgich-ajratgichga payvandlash, postidan tortilgan sim ulangan.

4.6- rasm. Payvandlash transformatorlarini parallel ulash:
A, V, S — o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining fazalari, T1, T2 payvandlash transformatorlari, Dr1, Dr2—drossellar, Gr — biriktirgich-ajratgich, IH1, IN2—har kaysi transformator uchun nominal toklar, INP parallel ulashda nominal tok. UH — parallel ulashda nominal kuchlanish.
Biriktirgich-ajratgich Gr ajratilganida T1 va T2 transformatorlarning birlamchi chulg‘amlari tarmoqqa alohida-alohida ulanadi va ularning rejimi oldindan sozlab olinadi. Sungra, biriktirgich-ajratgich Gr ni tutashtirib transformatorlar parallel ishlashga ulanadi. Transformatorlar bitta korpusli qilib tayyorlangan bo‘lsa, klemmalar (a) uzaro bevosita ulanadi.
Tarmoqqa parallel ulaganda payvandlash zanjiridagi kuchlanish bitta payvandlash transformatorining ikkilamchi kuchlanishga, tok esa har qaysi transformatordan o‘tadigan toklar yig‘indisiga teng bo‘ladi.

Download 59.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling