Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
V. Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish
Download 49.64 Kb.
|
186 10.07.2014
Izohlar: 1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olinmaydi. 2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi: a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda: ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda; ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga; rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda; kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan); b) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda: fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda; tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda. 3. Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi. 4. Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi. 5. I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi. (ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 28-son, 344-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/663/1765-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son; 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son) Download 49.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling