Pdf-faylidagi rasmiy manba


Download 178.12 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi178.12 Kb.
#1053241
  1   2   3   4   5
Bog'liq
252 08.09.2011




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.13.00 Pensiyalarni hisoblab chiqarish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2011-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
chet elda ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun qo‘llanadigan mehnat stajini va amaldagi ish haqi miqdorini hisobga olish tartibini nazarda tutadigan qaror loyihasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llashga doir yo‘riqnomani ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-sentabr,
252-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini qayta hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti — tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining aynan shu oy uchun pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori nisbati sifatida aniqlanadigan miqdor.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti (IKZ)dan pensionerning (yoki pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning) pensiyasini hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini qayta hisoblab chiqish uchun foydalaniladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Shaxsning IKZ, ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat’i nazar (pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning tanlashiga ko‘ra), mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket oltmish oyidan har bir oyi uchun aniqlanadi, bunda shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi tegishli oydagi pensiyani hisblashning bazaviy miqdoriga bo‘linadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IKZi = FZi / BVIPi, bunda:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Download 178.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling