Pedagog imidjini tashkil etuvchi omillar. Imidjni tashkil etuvchi funksiyalari


Download 1.43 Mb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1213309
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik imidj

Uchinchi bosqich – o‘qituvchining imidjiga ta’sir qiluvchi uning hayot tarzi. Uning hayot tarzi imidjiga odamlar tomonidan uning shaxsiy hayoti qay darajada qabul qilinishi, yon-atrofdagilar hamda oila a’zolari bilan munosabatlari, uning ma’naviy tamoyillari, fazilatlari, xulqi va harakteri kiradi.

Ichki obraz

  • Ichki obraz – bu eng avvalo o‘qituvchining madaniyati, bevositaligi va erkinligi, jozibasi, emotsionalligi, tasavvurlari, tarovati, muammolarni hal qilish qobiliyatlari, assotsiativ tasavvurlari, dars jarayonida kutilmagan yorqin yechimlar, ijod qilishga tayyorligi, ko‘p sonli odamlar orasida o‘zini tuta olishi va boshqa tamoyillaridir.

Tashqi obraz

  • Tashqi obraz - o‘yin texnikasi va o‘yinning ruhiy holatini namoyon qilishi, darslarni interfaol darajaga chiqarish, butun darsni mohirona o‘tkazish rejasini tuzishdan iborat. Zamonaviy o‘qituvchining obrazi o‘quvchi ongida nafaqat yaxshi sifatlarga ega, balki o‘qituvchi muloqotning barcha verbal va noverbal xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi kommunikativ imidj bilan ham aniqlanadi. O‘qituvchi tashqi ko‘rinishining alohida komponenti o‘quvchilar ongida o‘z ahamiyatli yuklamasiga ega, biroq darsda har bir aniq vaziyatda u muhim yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Bir vaziyatda bola uchun o‘qituvchining imo-ishorasi muhim bo‘ladi, ikkinchisida uning qarashlari, uchinchisida o‘qituvchining kostyumi, ya’ni kiyinish madaniyati ta’sir qiladi.

O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi.

Psiхоlоgik lug‘аtlаrdа MULОQОT tushunchаsigа ikki хil tа’rif bеrilаdi: MULОQОT– hаmkоrlikdаgi fаоliyat ehtiyoji bilаn tаqоzоlаngаn аlоqа o‘rnаtish vа uni

rivоjlаntirish jаrаyoni bеlgilаr tizimi оrqаli sub’еktlаrning o‘zаrо tа’sirlаshuvi.

Pedagogik muloqot deganda pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro

birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling