Pedagog shaxsiga psixologik talablar Reja
Download 29.46 Kb.
|
29-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixogramma
Psixogramma professiogrammaning asosiy qismi hisoblanadi, chunki u kasb eki mutaxassislik bo'yicha xodimga qo'yiladigan psixologik talablar sifatini belgilaydi. Uning xajmi va mazmuni kasbiy o'qitish, kasbiy tanlash, kasbiy yo'naltirish, shuningdek korxona kadr siesatiga binoan bir joydan ikkinchi joyga o'tkazish maqsadlariga muvofiq belgilanadi.
Psixogramma quyidagi xaqqoniy ma'lumotni taqdim etuvchi manbaalar erdamida tuziladi: xronometraj jadvallari, yo'riqnomalar, instruksiyalar, izoxlar muhim o'rin egallagn hujjatlar; xodimlarni shaxsiy kuzatishlari, anketalar, tabiiy va laboratoriya eksperimentlarini o'z ichiga oluvchi yozma va og'zaki so'rovlari; maqsadli tadqiqotlar ma'lumotlari; xodimlar ish joylarida o'tkaziladigan ergonomik tadqiqotlar - elektrookulografiya, elektroensefalografiya, kinosiklografiya, fiziologik parametrlar telemetriyasi, telexronorefleksometriya va boshqalar. Kasb eki ish joyi va mutaxassislik psixologik xarakteristikasi strukturasi quyidagi ko'rsatgich va talablar bilan belgilanadi: tashkilot, jihoz va mehnat sharoitiga talablar; mehnat psixologo- pedogogik jihatlarini boshqarish va tashkil etilishiga talablar; ishchi guruh rahbariga talablar: pedagogga, tashkilotchiga, mutaxassisga, shaxsga; ijtimoiy-psixologik ko'rsatgichlari va mehnat kollektivi parametrlari; shaxs psixikasiga qo'yiladigan kompleks talablar- psixofiziologik, intellektual, neyropsixik va shaxs xususiyatlari; shaxs psixik holatiga qo'yiladigan kompleks talablar — ish qobiliyati, emosional-iroda ustanovkasi, o'zgaritirilgan holatlar talablari adaptasiya, qabul qilish, o'qitish, ritm jaraenlariga kompleks talablar. Download 29.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling