Pedagog xodimlar maktabga qanday formada kelishlari kerak?


Download 18.06 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi18.06 Kb.
#1434874
Bog'liq
Maktab ustavi


Pedagog xodimlar maktabga qanday formada kelishlari kerak?

#Savol
Maktabda ishlaydigan xodimlar, asosan o‘qituvchilar uchun majburiy forma joriy qilinganmi? Ya’ni, pedagog xodimlar maktabga qanday formada kelishlari kerak? Bu haqda biron-bir normativ hujjatda belgilab berilgan alohida qoidalar bormi?

#Javob
Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28 maydagi 131-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”da pedagog va texnik xodimlar ish vaqtida qanday kiyimda yurishlari kerakligi haqida normativlar beliglab qo‘yilgan.

🔰Pedagog va texnik xodimlar ish vaqtida kiyinish uslubiga ko‘ra quyidagi normativlarga amal qilishlari kerak:

✅pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida korporativ kiyinish uslubiga ko‘ra, erkin harakatlanish uchun qulay va kasbga mos holda kiyinishlari;
✅kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
✅kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi;
✅xodimlarning turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi;
✅umume’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport kiyimlarida bo‘lmasligi (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno)

👨🏼⚖️Erkaklar mavsumga qarab - klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;

👩🏻⚖️Ayollar mavsumga qarab - klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani shaffof ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi lozim.

❗️Shuningdek, xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

✅tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi;
✅erkaklaming soqoli olingan bo‘lishi;
✅quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi;
✅ayollar yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi, ko‘rinishi oddiy bo‘lgan sirg‘a taqishi lozim.

❕Maktab ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

O‘qituvchilar maktabga qanday kiyimda kelishlari kerak?

Yangi o‘quv yili ham yaqinlashmoqda. Shu sababli juda ko‘p o‘qituvchilar, asosan yosh pedagoglar «o‘qituvchilar uchun ham majburiy forma joriy qilinganmi? Ya’ni, o‘qituvchilar maktabga qanday kiymda kelishlari kerak?» degan savol bilan murojaat qilmoqdalar.

Umuman olganda o‘qituvchilarga ham maktabda o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida aniq belgilab berilgan normalar bor. Ya’ni, ular ham maktabga ma’naviy-axloqiy tarbiyaga to‘g‘ri kelmaydigan, o‘ta ochiq ko‘rinishdagi kiymlarda kelmasliklari kerak. Hatto o‘qituvchilarning kiygan kiymlari o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda ham bo‘lmasligi kerak.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28 maydagi 131-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”da aniq normativlar beliglab qo‘yilgan.

🔰Pedagog va texnik xodimlar ish vaqtida kiyinish uslubiga ko‘ra quyidagi normativlarga amal qilishlari kerak:

✅pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida korporativ kiyinish uslubiga ko‘ra, erkin harakatlanish uchun qulay va kasbga mos holda kiyinishlari;


✅kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
✅kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi;
✅xodimlarning turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi;
✅umume’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport kiyimlarida bo‘lmasligi (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno)

👨🏼⚖️Erkaklar mavsumga qarab - klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;

👩🏻⚖️Ayollar mavsumga qarab - klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani shaffof ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi lozim.

❗️Shuningdek, xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:



✅tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi;
✅erkaklaming soqoli olingan bo‘lishi;
✅quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi;
✅ayollar yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi, ko‘rinishi oddiy bo‘lgan sirg‘a taqishi lozim.

❕Maktab ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling