Pedagogic texnologiya konsepsiya rivojlanish tarixi
Download 14.83 Kb.
|
Pedagogic texnologiya konsepsiya rivojlanish tarixi.
Pedagogic texnologiya konsepsiya rivojlanish tarixi. Kompyuter texnikasinig ta’lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson kompyuter” muammosi markaziy masalalardan biri bo`lib qolmoqda. Bu muammo global va serqirra yo`nalishlarda bo`lib, kompyuter bilan turli xil ko`rinishdagi aloqa va munosabatlar asosida insonning bilim olish va dunyoqarashlari shakllanishining ilmiy – metodologik qarashlari konsepsiyasini yaratish zaruriyatini tug`dirmoqda. Bu jarayonning to`g`ri, maqsadli tomonga qaratilgan yo`nalish, imkoniyatlarini topishga to`g`ri keladi. Kompyuterli darslarni tashkil etuvchi, uni amalga oshiruvchi shaxslar: kompyuterning tuzilishi, imkoniyati, boshqarish malakasini egallashi kerak. Kompyuter savodxonligini egallashi kerak. Ta’lim mazmunini dasturlash, loyihalash, modullash, algoritmlash, dasturlay olishi kerak. Kompyuterda o`quvchilarni individual ishlay olish, boshqarish malaksini shakllantirishi talab etiladi. O`quv jarayonida o`qituvchi dastur - kompyuter - o`quvchi munosabatlari o`rnatilishi taqozo etiladi. Bunday darslar o`quv materiallarini o`quvchi tomonidan shaxsiy xatti - harakatlari orqali tez, soz o`zlashtirishlarga kafolat hisoblanadi. Agar axborot texnologiyasi kompyuter asosidagi darslar maxsus ilgaritdan tayyorlangan dastur, loyihalar, modullar bilan ta’min etilsa, o`quv - biluv jarayoni samarali kechadi. Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida ta’lim mazmunini algoritmlash uni modullarga ajratish, ketma - ketligini ishlab chiqish, dasturlab olish pirovard o`quv maqsadiga erishish yo`llarini ilgaritdan rejalashtirish imkonini beradi. Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamidagi darslarning sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi: O`quv dasturining sifatli shakllantirilganligi Kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari Shaxsning kompyuter imkoniyatlarini o`zlashtirib olish malakalarining shakllanishi shuning uchun ham axborot texnologiyasi kompyuter yordamidagi darslar dasturlangan loyihalangan hollarda amalga oshirish uchun qulay vaziyat yaratadi. Loyihalashtirilgan, dasturlashtirilgan axborot texnologiyalari kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda o`quvchining o`quv materiallarini o`zlashtirib olayotganligini doimiy ketma - ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak hollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Ta’lim jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishdagi quyidagi bosqichlarga e’tiborni qaratish kerak: Ta’lim oluvchilarga o`quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi; Kompyuter bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quv materiallarini o`zlashtirish bosqichi; O`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi; Erishilgan yutuq va natijalarni o`zini o`zi tekshirish orqali, nazorat qilish bosqichi; Oraliq va yakuniy nazorat bosqichi; O`zini - o`zi, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlari natija va xulosalarga ko`ra o`quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishi, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot texnologiyalarni qo`llash bo`yicha yaratilayotgan o`quv reja va dasturlarni yaratish, tuzish yuqorida keltirilgan bosqich - yo`nalishlarni alohida - alohida modullashtirish, loyiha sifatida kiritish yaxshi natijalarga olib keladi. EO`UM – bu barcha tarkibiy qismlari elektron hujjat shaklida tayyorlanadigan fanning o`quv-uslubiy majmuasidir. EO`UM o`z ichiga majburiy va qo`shimcha qismlarni qamrab oladi. Majburiy qism qo`yidagi 4 ta komponentdan iborat: 1. Dasturiy komponent: Fan dasturi – uslubiy me’yoriy hujjat bo`lib, davlat ta’lim standartining muayyan fan bo`yicha bakalavr (magistr)darajasi va mutaxassisligi bilim, ko`nikma, va malakalariga qo`yilgan talablarga muvoffiq ishlab chiqiladi; Fanning ishchi dasturi – uslubiy me’yoriy hujjat bo`lib, fan dasturi bo`yicha bakalavr (magistr) bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan talablarga muvoffiq ishlab chiqiladi. 2. Fanning mazmunini belgilovchi komponentlar: Elektron o`quv qo`llanma (yoki ma’ruzalar matni) – davlat ta’lim standarti va o`quv dasturlariga muvoffiq ravishda o`quv fanining to`liq yoki alohida bo`limlarining tizimli bayoniga ega bo`lgan yagona kompyuter dasturi muhitida gipermatnli texnologiya asosida multimedia komponentlaridan foydalangan holda interaktiv muloqot imkoniyatini yaratuvchi, zarur hollarda qo`shimcha dasturiy modullarga ega bo`lgan elektron o`quv nashri. Virtual amaliy-laboratoriya – o`tilgan nazariy materiallarni o`zlashtirishga, amaliy bilim va ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladigan, tadqiqot obyektiga bevosita muloqotga chiqmagan holda turli hil hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali tajriba-sinov o`tkazish imkonini beruvchi maxsus dasturiy vositalar majmuasi. Elektron lug`at – kompyuter yoki boshqa elektron tashuvchida o`rnatilgan lug`at bo`lib, zarur so`zlarni uning morfologiyasi yoki u bilan bog`liq so`z jumlasi orqali tezlik bilan topish imkonini beradi. Uning ichki tuzilishi lug`at maqolalari jamlamasidan iborat ma’lumotlar bazasi shaklida qurilgan bo`lib, tarjima qilish yo`nalishini o`zgartirish funksiyasiga (misol uchun: ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-ruscha) ega bo`ladi. An’anaviy lug`atlardan farqli ravishda elektron lug`at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-obektlarning butun spektrlarini o`z ichiga olishi mumkin. 3. Metodik komponentlar: O`qituvchiga mo`ljallangan metodik komponent: elektron metodik qo`llanma (yoki ma’ruzalar matni) – pedagogik tajribani umumlashtirish va o`zatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qo`llanmada pedagogik tajriba mashg`ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga ugirilgan shaklda yaratilgan talabalar ishlarini darslar bo`yicha rejalashtirilgan shaklida ko`rsatiladi. Unda mashg`ulotlar uchun texnologik xarita va didaktik materiallar beriladi. Didaktik materiallarga o`qitilishi va o`rganilishi lozim bo`lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar tushuniladi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlarda o`quv-didaktik materiallar sifatida qo`llaniladigan matnli - vizual vositalar, amaliy mashg`ulotlarda ko`rs materiallari, uslubiy qo`llanmalar, jadvallar, jihoz yoki asbobni ishlatish bo`yicha ko`rsatmalar hamda elektron ta’lim resurslari ro`yxati beriladi. Talabaga mo`ljallangan metodik komponent: seminar, amaliy va laboratoriya ishlar va ularni bajarishga mo`ljallangan metodik tavsiyalar; mustaqil ishlar va ularni bajarishga mo`ljallangan metodik tavsiyalar; 4. Baholash komponentlari: Joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo`yicha elektron test savollar, elektron topshiriqlar, nazorat ish variantlari, muammoli vaziyatli topshiriqlar, boshqotirmalar, taqdimotlar, kurs ishi mavzulari va h.k. Elektron testlar – saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikasion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog`oz» blankalarni to`ldirib, so`ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo`lib hisoblanmaydi. Elektron topshiriqlar-o`qituvchiga ta’lim oluvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini o`zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim ko`rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog`oz» li va elektron variantlarida taqdim etiladi. EO`UMning qo`shimcha qismlari elektron xrestomatiya, elektron jurnallar, Internet saytlar kabi manbalardan iborat bo`ladi. Download 14.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling