Pedagogical education cluster: necessity, need, result
THE CONTENT AND ESSENCE OF PEDAGOGICAL CLASSES IN THE
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik-ta-lim-innovatsion-klasterida-pedagogik-sinflarning-mazmun-va-mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
THE CONTENT AND ESSENCE OF PEDAGOGICAL CLASSES IN THE
INNOVATION CLUSTER OF PEDAGOGICAL EDUCATION Abstract: Usbu articles pedagogic teaching innovation clusterida pedoglik klasslarning content and essence, pedagogic klasslarni organization of ethishning nazarling Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 12 International Conference basis gamda shtsizasnyay mausularning as an important haipatlari course thought yuril iganailgan. Keywords: educator, profession, class, School, pupil, teacher, system, occupation, subject, knowledge, skills, orientation, interest, formation. O„zbekistonda taʼlim tizimini strategik rivojlantirish jarayoni kechmoqda. Shu jihatdan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chor-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori va O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 213-sonli “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to„g„risida”gi Qarorlarida “pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo„lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish”[1] hamda “umumiy o„rta taʼlim maktablarining 10-11-sinf o„quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etish” vazifasi qo„yilgan [2]. Bu o„rinda ushbu tizimda quyidagi mexanizmlarni ishlab chiqish taqazo etadi: - Pedagogik sinflarni tashkil etishning nazariy asoslari; - “Pedagogik sinflar” tushunchasining mazmuni; - Pedagogik sinflarni tashkil qilishning amaliy xususiyatlari; - Pedagogik sinflarni tashkil qilishning metodologik omillari; -umumiy o„rta taʼlim o„quvchilarini pedagogik kasbiga yo„naltirish metodlari; - Pedagogik sinflarda mashgʼulotlarni o„tkazish mexanizmlari. Pedagogik sinflar – bu innovatsion pedagogik tizim bo„lib, ular umumiy o„rta taʼlim maktablari 10-11-sinf o„quvchilarini “pedagog kasbiga yo„naltirish” maqsadida quyidagicha tashkil etiladi: - viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari bilan kelishilgan holda umumiy o„rta taʼlim maktablari tanlanadi; - “Pedagogik sinflar” mashgʼulotlar mavzulari tuziladi; - mashgʼulotlar o„quvchilarning bo„sh vaqti va ular uchun qulay vaqtlarda o„tkaziladi; - mashgʼulotlarni oliy taʼlim muassasalari professor – o„qituvchilari olib boradi. Tashkil etiladigan “Pedagogik sinflar”ning asosiy vazifalari: - o„quvchilarni pedagog kasbiga qiziqtirish va yo„naltirish; - o„quvchilarga pedagogik maʼrifat berish; - pedagogik kasbining mazmun-mohiyati va uning jamiyatdagi o„rni to„gʼrisida tushuncha berish; - “Pedagogika” fanining asoslari bo„yicha boshlangʼich bilim berish; - pedagogik tushunchalar, bilimlar va uslublar bo„yicha suhbatlar, treninglar, so„rovnomalar hamda testlar o„tkazish; - professor-o„qituvchilarga o„quvchilarni “Ustoz-shogird” tizimi asosida shakllantirish. Eʼtibor berilsa, “Pedagogik sinflar” o„quvchilarga qo„shimcha bilim berish, ularni kasbga yo„naltiruvchi aniq tizim va vositadir. Shu sababli mazkur innovatsion pedagogik tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kerak bo„ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling