Pedagogical education cluster: necessity, need, result
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik-ta-lim-innovatsion-klasterida-pedagogik-sinflarning-mazmun-va-mohiyati
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 13 International Conference “Pedagogik sinflar” taʼkidlangan Qarorda belgilanganidek, quyidagi tizimlarning mantiqiy davomidir: - “O„qish va matematik savodxonlik bo„yicha sinflar” (3-4-sinf o„quvchilari uchun); - “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo„yicha sinflar” (8-9-sinf o„quvchilari uchun). Bunday innovatsion pedagogik yondoshuv o„quvchilarning bilim darajasini chuqurlashtirishda muhim o„rin tutadi. “Pedagogik sinflar” mashgʼulotlari Dasturini mazmunli ishlab chiqish bugungi kun talablaridan biridir. Bizningcha mashgʼulotlar mavzularini tanlashda quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim deb o„ylaymiz: - “Pedagogika” atamasining mazmun-mohiyati va “pedagogika” fanining tarkibi haqida; - “Pedagogika tarixi” to„gʼrisida tushuncha va allomalarning taʼlim-tarbiyaga oid fikrlari haqida; - “Pedagogika nazariyasi” haqida tushuncha va uni o„rganishning ahamiyati to„gʼrisida; - pedagog kasbining ahamiyati va unga qo„yiladigan talablar haqida; - “Pedagogik mahorat” haqida tushuncha va pedagogik mahoratga ega bo„lish asoslari to„gʼrisida; - “Pedagogik uslublar” to„gʼrisida tushuncha berish; - “O„qitishning kredit – modul tizimi” haqida; - “Pedagogik tadqiqotchilik“ asoslari haqida. Ushbu tushunchalar o„quvchilarga interfaol metodlardan foydalangan holda amaliy mashgʼulotlar orqali, suhbat, trening, test, so„rovnomalar, rolli o„yinlar ko„rinishida, innovatsion yondoshuv asosida mashgʼulotlar olib boriladi. Mashgʼulotlar mazmuni amaliy ko„nikmani shakllantirishga yo„naltirilgan bo„lishi taʼlim sifatining samaradorligiga erishishiga zamin yaratadi. Shu jihatdan mashgʼulotlarda o„quvchilarga tanqidiy fikrlashga, ilmiy dunyoqarashini namoyon qilishiga, ijodkorlik ko„nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordab berib, pedagoglik kasbiga yo„naltiriladi. Shunday qilib, “pedagogik sinflar” o„quvchilarni pedagog kasbiga qiziqtirish, yo„naltirish va bu kasbni targʼibot qilishning nayob tizimidir. REFERENCES 1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori. 2020-yil, 27- fevral. 2. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to„g„risida”gi 213- sonli Qarori. 2021-yil, 14-aprel. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling