Pedagogik akmelogiya fanining metodologiyasi va metodlari akme tushunchasining mohiyati
Download 42.53 Kb.
|
PEDAGOGIK AKMELOGIYA FANINING METODOLOGIYASI VA METODLARI AKME TUSHUNCHASINING MOHIYATI
Shaxsning ijtimoiy bog‘liqligi prinsipi uzoq vaqt davomida mamlakatimiz psixologiyasida determinizmning ichki roli sifatidagi imkoniyat tarzida tushunish sifatida namoyon bo‘ldi. Ma’lumki, psixologiyada uning absolyutlashtirilishi L.S.Vigotskiy, A.N.Leontevlar maktabi bilan bog‘liq, chunki ular dastavval bolaning rivojlanish muammosini ishlab chiqqanlar va uning ijtimoiylashtirilishiga, ya’ni ijtimoiy umumtarixiy tajriba, madaniyatning o‘rniga urg‘u berganlar. Madaniy-tarixiy nazariyaning mashhur nazariyotchisi, uning ta’limdagi o‘rnini faollashtirish uchun ko‘p ish qilgan P.Ya.Galperin, psixika biz undan nima qilgan bo‘lsak, shu narsa ekanligi haqidagi tezisni ilgari surdi. Biroq, ijtimoiy tashqi determinatsiyaning hal etuvchi roli haqidagi holatlar boladan katta yoshli insonga, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘chirildi va h.k. Ularga universal tabiat taqdim qilindi.
Katta yoshli shaxs uchun ijtimoiy sharoitlar endilikda madaniyat roliga, harakat usullariga, o‘zini tutish ko‘rinishlariga, o‘zlashtiriladigan bilimlarga borib taqalmayapti. Ular ko‘pincha qat’iy talablar, cheklovlar sifatida namoyon bo‘ladi, shaxs ularga moslashishga majbur. Ushbu sharoitlarning o‘rni, ularga moslashishni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur, ularni ijtimoiylashtirish, individuallashtirish va muxtoriyatga qarshi qo‘ymaslik zarur. Muammo nisbatan murakkabroq: shaxs sotsium qo‘g‘irchog‘iga aylanganda yoki ortda qolganda shaxs bo‘la olmaydi va shaxs bo‘lib qola olmaydi. U tashqi ijtimoiy determinatsiya va ichki talablar, istaklar, qobiliyatlar, o‘ziga xos xususiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal etishga majbur. Ushbu ziddiyatlarni hal etgan holda shaxs aynan shaxsga aylanuvchi mohiyat K.A. Abulxanova-Slavskaya asarlarida, jumladan individual va ijtimoiy qiyoslash prinsipini tahlil qilishda batafsil ochib berilgan. Bugun ijtimoiy determinatsiya muammosi akmeologiya uchun umuman boshqa jihatdan namoyon bo‘lmoqda. B.G.Ananev ham yaqin kelajakni ko‘ra bilgan holda, nafaqat zarur bilimlarni еtkazish, balki insonni hayotga tayyorlash zarurligi haqidagi g‘oyani shakllantirdi. Ijtimoiy determinatsiya zamonaviy, ayniqsa, Rossiya jamiyati uchun uning aniqligida emas, aksincha noaniqligida, o‘zgaruvchanligida, ziddiyatliligida, avvaldan aytib berish imkoni mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ijtimoiy determinatsiya – bu oddiy va toifaga oid ko‘rsatma emas, balki shaxs oldida turgan ijtimoiy muammolardir. Avvaldan aytib berish sohasidagi mashhur amerikalik mutaxassis Djon Neysbit, insoniyat texnologiyaning yuqori murakkabligi va tarixdagi inson uchun eng yuqori darajadagi sinovlarga tomoni ikki yo‘nalishda harakatlanayotganligini ko‘rsatib o‘tgan holda jamiyat va uning rivojlanishini qayta tizimlashtirishning o‘n nafar asosiy tamoyillarini aniqladi: texnika qanchalik murakkab bo‘lsa, sinov ham shu darajada jiddiy bo‘ladi. Ushbu formula jismoniy va ma’naviy voqelik o‘rtasidagi muvozanatni topish zaruratini aks ettiradi. U asosiy tamoyil barcha ijtimoiy jarayonlarni, ziddiyatlarni, qarorlarni individual darajaga o‘tkazishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bundan shaxsning nafaqat mavhum-insonparvarlik talabi, balki uning ortib boruvchi va ijtimoiy roli kelib chiqadi. Neysbitning ta’kidlashicha, jamiyatning markazlashtirishdan chetlashishi, jamiyatning hududlashtirilishi, ieraraxiyalashtirilgan va markazlashtirilgan institutlarning parchalanishi bilan bir qatorda u o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish tamoyili deb atagan o‘ziga xos yo‘nalish rivojlanib bormoqda. Ushbu taxminda, shaxslar ijtimoiy hayotning har qanday usullar yordamida bo‘lsa ham boyitish yoki yashab qolishga urinish usulini tanlashda o‘z holiga tashlab qo‘yilgan zamonaviy Rossiya jamiyatining holatini ko‘rish qiyin emas. Nafaqat totalitarizm prinsipidan voz kechish, balki jamiyatning o‘zgarishi holati, uning qator sohalaridagi inqiroz holati, shaxsni o‘zining avvalgi kasbiy, hayotiy vaziyatlarini, odatlarini (vasiylik, kafolatlangan oylik maoshi, odatiy ish va h.k. odatlarini) yo‘qotib qo‘ygan, murakkab, ziddiyatlarga to‘la sotsiumda yana qaytadan o‘z yo‘lini topishga majbur bo‘lgan real birlikka aylantirib qo‘yganligini ko‘rish qiyin emas. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy hayotiy o‘zgarishlarning insonning shaxsiy xususiyatlariga mutanosibligini izlash kabi global muammo vujudga keldi. Modernizatsiyalash mafkurasi fundamental ilmiy bilim, fanning amaliyot bilan aloqasi, kasbiy mahorat o‘rnining oshirilishi shartlariga asoslanadi. Akmeologiya shaxs haqidagi yangi fan sifatida bugungi kundagi murakkab, o‘zgaruvchan sharoitlarda ushbu vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan. Insonni takomillashtirish doimo hattoki eng murakkab ijtimoiy davrlarda ham uning dunyoqarashida mavjud bo‘lib kelgan. Biroq, akmeologiyada ushbu insonparvarlik g‘oyasi o‘z ijtimoiy talabiga ega bo‘ldi, u insonni takomillashtirish vazifasini san’at uchun san’at prinsipiga ko‘ra emas, balki B.G.Ananev bashorat qilganidek, uning hayotiy kuchlarini mustahkamlash maqsadida hal etadi. Cho‘qqiga, malakaga, kasbiy mahoratga erishish ijtimoiy zaruratga aylandi. Rossiyada yuz bergan o‘zgarishlardan ancha avval eng ziyrak mehnat nazariyachilar, sotsiologlar va boshqa mutaxassislar insonning, zamonaviy mehnat, texnika, ishlab chiqarish tabiatiga mos kelishi lozim bo‘lgan intellektual sohasini takomillashtirish muammosini ilgari surganlar. Intellektual sohani takomillashtirish xodimlarning fan yutuqlarini, taraqqiy etuvchi texnologiyalarni ijodiy ravishda qo‘llashlarini, shuningdek, ularning tajriba o‘tkazish, tadqiqot olib borish, hamkorlik aloqalarini o‘rnata olish imkoniyatlarini ratsionallashtirishni talab etadi. O‘tmishning asosiy ijtimoiy muammosi shundan iboratki, jamiyat alohida yirik olimlar, kashfiyotchilarning intellektual manbalaridan foydalangan holda, intellektual imkoniyatlarni oqilona rivojlantirish va ongli ravishda qo‘llashga qodir bo‘lmagan. Akmeologiya esa o‘z navbatida shaxsning zamonaviy sotsiumdagi o‘rnini anglashda uning faoliyatining mustaqilligiga, uning mas’uliyatiga, tanlangan kasbga o‘zining mos ekanligiga shaxsiy kafolatiga, ijtimoiy roliga yo‘naltirilgan. Agar ijtimoiy determinatsiyaning avvalgi tushunilishi tashqi ta’sirlarning insonga nisbatan hal etuvchi rolini tan olishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda akmeologiya uchun ahamiyat kasb etuvchi hodisa tamomila o‘zgartirilgan. Determinatsion bog‘liqliklarning o‘ziga xos “inversiya (o‘rin almashish)”si sodir bo‘lgan. Talablarga, imkoniyatlarga, psixika va hattoki shaxsning o‘ziga sotsium ta’sir ko‘rsatmaydi, balki shaxsning o‘zi o‘z imkoniyatlari, sabablari, psixik, energetik manbalarini, o‘zining sotsium bilan munosabatini, unga nisbatan nomuvofiqligini minimallashtirish maqsadida maqbullashtirish uchun qo‘llaydi. Biz tomonimizdan u yoki bu faoliyatni yoki umuman hayot faoliyatining psixik ta’minoti haqidagi formula ilgari surildi. Bir qarashda ushbu formula psixikaning “mustaqilligi”, ichki yaxlitligi bilan ziddiyat hosil qiladigandek ko‘rinadi. Oxirgisi xuddi mehnatga oid, kasbiy, hayotiy “aslaha” sifatida namoyon bo‘ladi. Aslida esa bu ijtimoiy determinatsiyani akmeologik tushunishdan kelib chiqadigan markaziy metodologik muammodir. Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling