Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar Mavzu rejasi


-rasm. Ananev bo‘yicha “faoliyat sub’ekti” tushunchasining strukturasi


Download 58.16 Kb.
bet5/5
Sana08.11.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1756938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar

3-rasm. Ananev bo‘yicha “faoliyat sub’ekti” tushunchasining strukturasi

Ong – bu insongagina xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning yuqori shaklidir. U ob’ektiv reallikni anglashga, maqsadga muvofiq xulq-atvorni shakllanishiga, atrof-muhit haqidagi bilimlarning hosil bo‘lishiga imkon beradi. O‘z navbatida atrof-muhitni bilishga qaratilgan ongli faoliyat sub’ektning muhim jihati hisoblanadi. Shunday qilib, sub’ekt – bu ong sohibi, faoliyatga qobiliyati bo‘lgan individdir.


Demak, inson birinchidan, tirik mavjudot vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida tadqiq qilinadi. Ya’ni inson – bu biosotsial mavjudot bo‘lib, u ong egasi va faoliyatga moyildir. Bu uch darajaning birlashuvi insonning individual xarakterlarini ko‘rsatib beradi.
Individuallik – bu muayyan bir shaxsning betakrorligi, o‘zgalarga o‘xshamasligini ifodalovchi psixik, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar majmuidir. Shaxs individualligining dastlabki negizlari anotoma-fiziologik layoqatlarga borib taqalib, u ta’lim-tarbiya natijasida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib boradi. Turli ta’lim sharoitlari va tug‘ma layoqatlar shaxs individualligining variantivligini oshiradi.
Demak, shaxs real dunyoning eng murakkab mavjudotlaridan biri deb xulosa chiqarsak bo‘ladi. Shaxs tuzilishi serqirra bo‘lib, u o‘zida tabiiy va ijtimoiy jihatlarni aks ettiradi. Shu boisdan ham shaxs va uning faoliyatini o‘rganuvchi fan sohalari juda ko‘pdir.
Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling