Педагогик амалиётининг мақсад ва вазифалари


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/121
Sana05.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1749116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
ОРГИНАЛ ХАММА УЧУН

davlat 
pedagogika 
instituti____________________________________________
fakultetining________________________________________
_________________________________________bakalavr 
yo‘nalishi ___kurs talabasi ________________________ 
__________________________________________ning 
malakaviy amaliyot ishlari bo‘yicha hisoboti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Malakaviy amaliyot davridagi talabalarning 
majburiyatlari va vazifalari 
Talaba malakaviy pedagogik amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: 

oliy o‘quv yurtida malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishiga bag‘ishlangan anjumanlarda 
qatnashish; 

malakaviy pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan o‘quv yurti va pedagogik jamoa bilan umumiy 
tanishish, o‘quv yurti ma’muriyati, yoshlar yetakchilari bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda qatnashish; 

o‘quv yurtining o‘quv binosi, moddiy-texnik bazasi, fan kabinetlari, kutubxona fondi bilan 
tanishish; 

o‘quv yurtining ichki tartib-intizomlari bilan tanishish, unga b
o‘
ysinish va o‘quvchilar tomomidan 
bajarilishida pedagogik jamoaga yaqindan yordam ko‘rsatish; 

o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni bilan 
tanishish, fan o‘qituvchilarining olib borayotgan ishlarini kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr-mulohazalarini 
kundalik daftarga qayd etish; 

sinf rahbarlarining ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining rejalarini o‘rganish, ushbu 
reja asosida amaliyot davomida o‘tkaziladigan tadbirlarni shaxsiy ish rejasiga kiritishi; 

o‘quvchilar jamoasi bilan olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etish, ilg‘or va tajribali 
o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va fikr-takliflarini kundalik daftariga qayd qilib 
borish; 

o‘quv fanlari bo‘yicha dars jadvali, o‘quv yili uchun tuzilgan mavzuviy reja, DTS, dasturlarni 
o‘rganish va o‘tkaziladigan darslar mavzusini aniqlash, o‘zaro darslarni taqsimlash va ushbu darslarni 
kuzatish va tahlil qilishda qatnashish; 

malakaviy pedagogik amaliyot davomida ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan 
ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ekskursiyalar asosida shaxsiy ish rejasini tuzish va 
amaliyot rahbariga tasdiqlatish; 

o‘quv fanlari bo‘yicha darslar va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiya va boshqa ishlarning 
mavzusini, maqsadini, vazifalarini aniqlash va talab darajasida o‘tkazish yo‘llarini belgilash; 

o‘quv fanlari bo‘ycha o‘tkaziladigan darslarda zamonaviy pedagogik va 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanib, namunaviy dars ishlanmasini tayyorlash va uni tasdiqlatish, maktab 
o‘qituvchisi va metodistlardan tegishli maslahatlar olish va tasdiqlatish, ushbu darslarni zamon talabiga 
mos tashkillashtirish malakasini egallash; 

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning 
o‘
ziga xos xususiyatlarini, ta’lim-tarbiya jarayonini 
insoniylashtirish va demokratlashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular bilan olib boriladigan mashqlar 
mazmuni va o‘tkazilish tartibi, shaxsga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yo‘llarini o‘rganish; 

malakaviy pedagogik amaliyot davomida talabalar tomonidan o‘tkaziladigan darslar, sinf rahbari 
sifatida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish, ularning tahlilida qatnashish, fikr-
mulohazalarini kundalik daftarlariga yozib borish; 

bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish, tajriba-sinov materiallarini 
tayyorlash va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish; 

ta’lim muassaslari tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari, «Mahalla», «Sog‘lom ona va sog‘lom 
bola» «Oila», ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar mazmuni bilan 
tanishish, ota-onalar majlislarida faol ishtirok etish; 

pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va talab 
darajasida bajarish; 

malakaviy pedagogik amaliyot hujjatlari (kundalik daftar, darslar tahlili, darslar rejasi, shaxsiy ish 
rejasi v.h.larning bajarilishi)ni o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish; 

o‘quv fanlari metodbirlashmalari majlislarida va o‘quv o‘rinlarining pedagogik kengashlarida 
ishtirok etish. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarning mazmuni bilan tanishish; 

malakaviy pedagogik amaliyot yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanda ishtirok etish va 
bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirish. 




Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling