Педагогик амалиётининг мақсад ва вазифалари
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
ОРГИНАЛ ХАММА УЧУН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy amaliyot davridagi talabalarning majburiyatlari va vazifalari
davlat
pedagogika instituti____________________________________________ fakultetining________________________________________ _________________________________________bakalavr yo‘nalishi ___kurs talabasi ________________________ __________________________________________ning malakaviy amaliyot ishlari bo‘yicha hisoboti 5 Malakaviy amaliyot davridagi talabalarning majburiyatlari va vazifalari Talaba malakaviy pedagogik amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: oliy o‘quv yurtida malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishiga bag‘ishlangan anjumanlarda qatnashish; malakaviy pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan o‘quv yurti va pedagogik jamoa bilan umumiy tanishish, o‘quv yurti ma’muriyati, yoshlar yetakchilari bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda qatnashish; o‘quv yurtining o‘quv binosi, moddiy-texnik bazasi, fan kabinetlari, kutubxona fondi bilan tanishish; o‘quv yurtining ichki tartib-intizomlari bilan tanishish, unga b o‘ ysinish va o‘quvchilar tomomidan bajarilishida pedagogik jamoaga yaqindan yordam ko‘rsatish; o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni bilan tanishish, fan o‘qituvchilarining olib borayotgan ishlarini kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr-mulohazalarini kundalik daftarga qayd etish; sinf rahbarlarining ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining rejalarini o‘rganish, ushbu reja asosida amaliyot davomida o‘tkaziladigan tadbirlarni shaxsiy ish rejasiga kiritishi; o‘quvchilar jamoasi bilan olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etish, ilg‘or va tajribali o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va fikr-takliflarini kundalik daftariga qayd qilib borish; o‘quv fanlari bo‘yicha dars jadvali, o‘quv yili uchun tuzilgan mavzuviy reja, DTS, dasturlarni o‘rganish va o‘tkaziladigan darslar mavzusini aniqlash, o‘zaro darslarni taqsimlash va ushbu darslarni kuzatish va tahlil qilishda qatnashish; malakaviy pedagogik amaliyot davomida ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ekskursiyalar asosida shaxsiy ish rejasini tuzish va amaliyot rahbariga tasdiqlatish; o‘quv fanlari bo‘yicha darslar va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiya va boshqa ishlarning mavzusini, maqsadini, vazifalarini aniqlash va talab darajasida o‘tkazish yo‘llarini belgilash; o‘quv fanlari bo‘ycha o‘tkaziladigan darslarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, namunaviy dars ishlanmasini tayyorlash va uni tasdiqlatish, maktab o‘qituvchisi va metodistlardan tegishli maslahatlar olish va tasdiqlatish, ushbu darslarni zamon talabiga mos tashkillashtirish malakasini egallash; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o‘ ziga xos xususiyatlarini, ta’lim-tarbiya jarayonini insoniylashtirish va demokratlashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular bilan olib boriladigan mashqlar mazmuni va o‘tkazilish tartibi, shaxsga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yo‘llarini o‘rganish; malakaviy pedagogik amaliyot davomida talabalar tomonidan o‘tkaziladigan darslar, sinf rahbari sifatida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish, ularning tahlilida qatnashish, fikr- mulohazalarini kundalik daftarlariga yozib borish; bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish, tajriba-sinov materiallarini tayyorlash va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish; ta’lim muassaslari tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari, «Mahalla», «Sog‘lom ona va sog‘lom bola» «Oila», ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishish, ota-onalar majlislarida faol ishtirok etish; pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish; malakaviy pedagogik amaliyot hujjatlari (kundalik daftar, darslar tahlili, darslar rejasi, shaxsiy ish rejasi v.h.larning bajarilishi)ni o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish; o‘quv fanlari metodbirlashmalari majlislarida va o‘quv o‘rinlarining pedagogik kengashlarida ishtirok etish. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarning mazmuni bilan tanishish; malakaviy pedagogik amaliyot yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanda ishtirok etish va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling