Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha


  Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar


Download 294.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana27.01.2023
Hajmi294.01 Kb.
#1131192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliy

2. 
Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar 
(SCORM, TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish 
SCORM standart paketlari: SCORM (angl. Sharable Content Object Reference 
Model -birgalikda foydalanish uchun ob`yekt tarkibidagi namunali model.
Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan o`quv 
kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o`qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, 
bizning misolimizda Moodle)ga hisobot ko`rinishda yuborib turadi. Masalan bilim 
oluvchi kontentda mavjud bo`lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki 
tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni o`quvchi qancha vaqt davomida 
o`rganganligini, bu standartda (ya`niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o`quv 
kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi 
vaqtda mavjud bo`lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) 


ko`pchiligi yaratiladigan o`quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti 
ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta`lim 
resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida 
yaratish tavsiya etiladi 
Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish. 
 
Moodle – Web muhitida o`qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil 
qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish 
modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student 
tracking va ancha ko`p bo`lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari 
IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni 
ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va 
modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi 
hisoblanadi. 
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o`qituvchi hamda ta`lim oluvchi 
o`rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni 
joylashtirish orqali ta`lim berish samarasini oshirish hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p davlatlarining o`quv muassasalarida 
masofaviy ta`lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan 
holda tashkillashtirilmoqda. 
O`zbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim muhiti 
sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi 
Web ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet tarmog`ida foydalanishga 
mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan 
foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi 
(MySQL yoki PostgreSQL), 
PHP prosessori
, Web xizmati dastur (Apache yoki 
IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan 
tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll 
Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 
2.5.Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org 
LMS/LCMS tizimlari 
elektron 
ta`limni 
(masofaviy 
ta`lim 
jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday 
funksiyalarga o`quvchilarning(o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va 
boshqa roldagilarni) ro`yihatga olishi, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan 
chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va 
o`qituvchilarning o`zaro individual yoki/va guruh bo`lib hamkorlikda ishlashini 
(Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni 
boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron 
nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq 
turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh 
qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy 
so`rovlar tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, 
sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron 


kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish 
imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar(tyutorlar), 
kurs yaratuvchi pedagoglarning) 
tizimga qachon
, qancha vaqt davomida o`quv 
kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi 
davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi 
operasion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini 
maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o`qituvchi(tyutor) (yoki 
elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o`quv resurslarni 
yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar 
asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa 
o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (CHat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron 
doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqatini 
tashkillashtirish, 
o`quv 
jarayonida 
bo`ladigan 
yangiliklarni 
barcha 
foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, 
iqtisodiy va marketingga oid operasiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni 
sanab o`tish mumkin.

Download 294.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling