Pedagogik diagnostika


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni


Download 1.85 Mb.
bet37/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni.Umumiy o`rta ta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol toptirish hisoblanadi.
Pedagogik tashxislashda maktab o`quvchilarining o`ziga xos xususiyatlari мавжуд. Boshlang`ich ta’lim o`qishga va ijtimoiy–foydali mehnatga halol munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalasa, umumiy o`rta va keyingi bochqichda aynan shu munosabatlar bilan birga ta’limiy–tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini ajratish, bilimlarni o`zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish, takomillashtirish uchun yaxshi sharoitlar vujudga keladi. O`qish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni mazkur funksiyalarning birligi va o`zaro bog`liqligi kuzatiladi.
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxislash va korreksiyalashning mazmuni o`quvchilarda ақлий, интеллектуал қобилиятларни, ijobiy qarash va e’tiqodlarni, axloqiylik, irodalilik va hissiyotlarni shakllantirishdan iborat.
Diagnostika o`tkazadigan o`qituvchi o`quvchilarda маърифий ва ma'naviy сифатларни shakllantirishi, ma'naviy va moddiy hayotning uyg`unligini, ma'naviy yuksalishda milliy g`oyaning tushunishlari ни va ularni turmushda qo`llay bilishlari uchun zamin yaratishi lozim.
Shuningdеk, o`quvchilarning hozirgi globallashuv jarayonida ma'naviy ta`xdidlarni farqlay olishlari, fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya bilan kurash olib borish lozimligini, inson qalbiga yo`l topish ma'naviy kamolot ekanligini va mamlakat ravnaqi yo`lida fidoyilik, jasorat ekanligini anglab еtishlari uchun barcha pеdagogik mеtodlardan foydalanish lozim.
O`qituvchi har bir darsdagi o`quv materialini taqdim qilish jarayonida tarbiyaviy vazifaning muayyan bir tomonini amalga oshiradi. Masalan, boshlang`ich sinf o`quvchilarida do`stlik, mehribonlik, mehnatsevarlik to`yg`ulari shakllanadi. Yoki 5–6–sinflarda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Fuzuliy, Nodira kabi so`z gavharlarining ustalari, turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakillari; 7–10–sinflarda Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, G`afur G`ulom, Zulfiya, Rauf Parfi, Omon Matchon kabi o`zbek adabiyoti osmonida yarqiroq yulduzlar, ko`zni qamashtiruvchi chaqmoqdek paydo bo`lgan shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini o`rganishar ekan, o`quvchilarda milliy g`urur va iftixor hissi, vatanparvarlik va sadoqat, olijanoblik va insonparvarlik kabi hislatlar shakllantiriladi. Bunday darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda o`qituvchining darsda qo`yadigan tarbiyaviy vazifasi o`quvchida shaxsning muayyan sifatlarini takomillishtirishga qaratilishi lozim. Masalan, 8–9-sinfларdagi Tarix darslarida Temuriylar davlatining tashkil topishi, iqtisodiy–ijtimoiy taraqqiyoti o`rganilar ekan, o`qituvchi katta maktab yoshidagi o`quvchilarda o`zbek davlatchiligining rivojlanish tarixi, buyuk bobokalonlarimizning xalq va millat oldida qilgan ulug` ishlari, Temuriylar davridagi ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida tasavvur hosil qilish bilan bog`liq маънавий-маърифий vazifalarni amalga oshiradi.
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni oziga xos xususiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar(6–10 yosh), o`rta pog`ona o`quvchilari (11–14 yoshli o`smirlar) va katta maktab yoshidagi (15–16–17 yoshli o`spirinlar) o`quvchilarni tashxislashda ularning o`ziga xos individual–psixologik xususiyatlari inobatga olinadi.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni pedagogik diagnostika qilish va xulqini korreksiyalashda o`quvchilardagi sezgi, idrok, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarining o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak.
Mazkur yoshdagi bolalar o`z idroklarining aniqligi, ravonligi, sofligi, o`tkirligi bilan boshqa davrdagi insonlardan keskin farqlanadilar.
Umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilarini pedagogik tashxislashda, avvalambor, o`qituvchi yosh davrlarining o`ziga xos xususiyatlarining qaysi jihatlariga alohida e’tiborini qaratishi kerak, qanday pedagogik diagnostika metodlari va metodikalaridan foydalanilsa pedagogik tizimni boshqarish samarali kechishi to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lishi lozim. Shu sababli o`qituvchi maktabda pedagogik tashxis o`tkazganda o`quvchilarning tavsifiy belgilariga e’tibor berish kerak. (1–jadval)



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling