Pedagogik fan


ONA TILIDAN BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI NAZORAT


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/228
Sana11.11.2021
Hajmi1.23 Mb.
#173563
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik 66142

 
ONA TILIDAN BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI NAZORAT 
QILISH 
 
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar qanday 
o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. 


 
164
Tekshirish  o’quvchilarning  bilim  sifatlarini,  shakllantirilgan  malakalardan 
qanchalik  foydalanishini  aniqlashni  ta’minlaydi.  Bu,  o’z  navbatida,  o’quvchilarning 
yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo’llanilgan metod va 
usullarning  samaradorligini  baholashga,  ish  metodlariga  ayrim  o’zgartirishlar 
kiritishga  imkon  beradi.  Tekshirish  o’quvchilar  uchun,  birinchidan,  to’g’ri 
shakllantirilgan  bilimlarni  mustahkamlashga  xizmat  qiladi,  ikkinchidan,  ish  sifatini 
yaxshilaydi, o’z-o’zini tekshirishni o’stiradi. 
Maktab  tajribasida  tekshirish  og’zaki  va  yozma  shaklda  amalga  oshiriladi; 
bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. 
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan bilim, ko’nikma, malakalar og’zaki va yozma 
shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning grammatik 
aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so’zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma 
nutqqa  (diktant,  bayon,  inshoga)  tatbiq  eta  olishlari  hisobga  olinadi.  O’quvchilar 
yozma  ishlarni  qanday  bajarganliklari  muntazam  tekshirib  boriladi.  O’qituvchi  1-
sinfda o’quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa 
sinflarda yangi mavzu o’rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda 
tanlab tekshiradi. 
Ona  tilidan  yozma  tekshirish  uchun  asosan  diktant,  bayon,  insho,  shuningdek, 
grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv 
ko’chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir 
marta  tekshiruv  ishi  o’tkaziladi.  Bulardan  tashqari,  o’quv    yili  davomida  bir  necha 
martadan  diktant,  grammatik  topshiriqli  yozma  ishlar,  test,  bayon  va  insho 
o’tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo’lishi mumkin: 
 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
4-sinf 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling