Pedagogik fan
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
K Qosimova darslik 66142
Insho rejasini tuzish Reja har qanday og’zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog’onasi, uning «loyihasi»dir. Qishi o’z nutqi haqida o’ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1-sinfda reja rolini o’qituvchi savollari, 207 ya’ni so’roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2-sinfda reja o’qituvchi rahbarligida jamoaviy tarzda tuziladi; 3-4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. Boshlang’ich sinflarda 3 - 5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. Bolalar avval o’qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so’ng bir mavzuga oid bir necha rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. SHundan so’ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja tuzishga qulay bo’lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini tuzishga o’tiladi. Reja tuzishga o’rgatishda oldin nima haqida to’xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so’ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o’quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja avval so’roq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida tuziladi. Reja ko’pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba’zan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin yoki ular yuzasidan material to’plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko’rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling