Pedagogik fan


Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/228
Sana11.11.2021
Hajmi1.23 Mb.
#173563
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik 66142

Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining  
xususiyatlari 
 
Oz  komplektli  maktablarda  savod  o’rgatishni  tashkil  etishda  o’qituvchi  bir 
vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha 
sinf  o’quvchilari  bilan  ish  olib  boradi.  Bunday  sinflarda  dars  jadvali 
integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi  mumkin. 
Savod  o’rgatish  davridagi  yozuv  darslarini  boshqa  sinflarda  olib  boriladigan 
matematika,  tabiatshunoslik  va  ba’zan  o’qish  darslari  bilan  birga  olib  borish 
maqsadga muvofiqdir.  
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat 
beriladi,  chunki  o’qituvchi  ikki  sinf  yoki  uch  sinf  bilan  ishlaganda,  bir  sinf  bilan 
alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish 
topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi 
ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil 
ishlarni  muvaffaqiyatli  uyushtirish  uchun  “Alifbe”ga  qo’shimcha,  ishni 
jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega. 
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab 
etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, 
o’quvchi  bajargan  ishni  sinfning  o’zida  tekshiradi.  Boshqa  sinflar  bilan  ishlash 
jarayonida  ham  u  1-sinf  o’quvchilarining  mustaqil  ishni  qanday  bajarayotganini 
kuzatib boradi. 
Savod  o’rgatish  jarayonida  bajariladigan  mustaqil  ishlarga  turli  predmetlar 
shaklini  chizish,  bir  xil  oraliqni  mo’ljallab  nuqtalar  qo’yish,  yotiq  to’g’ri  chiziqlar 
chizish,  ayrim  harflar  elementlarini  yozish,  rasmga  qarab  savollarga  javob  berishga 
tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin. 
Alifbo  davrida  esa  harf  terish  kartoni  va  abak  yordamida  turli  xil  analitik-
sintetik  ishlarni  uyushtirish,  rasm  asosida  suhbat,  ovoz  chiqarib  yoki  ichda  o’qish, 
qayta  hikoya  qilishga  tayyorlanish,  berilgan  bo’g’inlar  yordamida  so’zlar  tuzish, 
gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib 


 
35
qoldirilgan  harf  yoki  so’zni  o’rniga  qo’yib  yozish,  berilgan  predmetlarni  ma’lum 
belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda 
texnika  vositalaridan  unumli  foydalanish  zarur.  Mustaqil  ish  sifatida  tarqatma 
materialda  berilgan  so’zni  o’qish,  unli  va  undosh  harf  tagiga  chizish,  so’zni 
bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi. 
Oz  komplektli  maktablarda  texnika  vositalaridan  foydalanish  ham  katta 
ahamiyat kasb etadi.  
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni 
mohirlik  bilan  uyushtirish  va  rejalashtirish,  didaktik  materiallardan,  ko’rgazmali 
vositalardan  unumli  foydalanish  yo’li  bilan  oz  komplektli  sinf  o’quvchilarining 
bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling