Pedagogik fan


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/228
Sana11.11.2021
Hajmi1.23 Mb.
#173563
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik 66142

5.  Asar  rejasini  tuzish.  Reja  matn  mazmunini  ongli  va  chuqur  tushunishda, 
asosiy  fikrni  ajratishda,  voqealarning  izchilligini  belgilashda,  matn  qismlarining 
o’zaro  bog’lanishini  tushunishda  o’quvchilarga  yordam  beradi.  Reja  ustida  ishlash 
o’quvchilar  nutqi  va  tafakkurini  o’stiradi.  Ular  matnni  mazmunan  tugallangan 
qismlarga  bo’lishga  va  har  bir  qismning  asosini  topishga,  ularga  qisqa  va  aniq 
sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o’rganadilar. 
Reja  tuzishga  tayyorgarlik  ishlari  savod  o’rgatish  davridayoq  boshlanadi. 
Tayyorgarlik  mashqining  eng  oddiy  turi  berilgan  sarlavhalardan  kichik  matn 
mazmuniga  mosini  topib  qo’yish  hisoblanadi.  Bunday  mashqqa  o’rgatishda 
o’qituvchi  sarlavha  asosiy  fikrni  ifodalashini  ta’kidlaydi,  bolalar  topgan  sarlavhani 
tahlil  qilib,  u  yoki  bu  sarlavha  nima  uchun  mos  yoki  mos  emasligini  tushuntiradi. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish 
hisoblanadi,  bolalar  matndan  o’qituvchi  bergan  savolga  javob  bo’ladigan  o’rinni 
topib o’qiydilar. 
Kartonga  ko’chma  ma’noli  so’zlar  yozib  qo’yiladi.  Ularning  ma’nosini 
izohlash bo’yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi: 
−  Birikmalarni  o’qing.  Tagiga  chizilgan  so’zlarning  ma’nosiga  diqqat  qiling. 
Ularning qaysi ma’noda qo’llanganini izohlashga harakat qiling. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling