Birinchi guruh mashqlarga har xil so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan
hosil bo’lgan bir xil o’zakli so’zlarning ma’no jihatdan farqini qiyoslashga oid
vazifalar kiradi. Masalan, gul so’zidan -chi, -zor so’z yasovchi qo’shimchalari bilan
yangi so’z yasang. Hosil bo’lgan so’zlarni ma’nosi va tarkibiga ko’ra qiyoslang.
Ularda nima o’xshash? So’zning qaysi qismi ularni ma’nosiga ko’ra farqlayapti?
Yangi so’zlarni qatnashtirib gap tuzing.
Ikkinchi guruh mashqlarga bir so’z yasovchi qo’shimchani har xil so’zlarga
qo’shishdan hosil bo’lgan so’zlarda so’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini
qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Bunday mashqlarning maqsadi so’z yasovchi
qo’shimchaning
ma’nosi haqidagi bilimni elementar tarzda umumlashtirish
hisoblanadi. Masalan, ishchi, suvchi, gulchi so’zlarini taqqoslash, ma’nosiga ko’ra
o’xshash tomonini belgilash (biror ishni, vazifani bajaradigan kishini – shaxsni
bildiradi), so’zning qaysi qismi bajaruvchi shaxs ma’nosini bildirayotganligini
aniqlash (so’z yasovchi qo’shimcha -chi).
Do'stlaringiz bilan baham: |