Pedagogik faoliyatda o’zaro munosabatlar Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyati ii-bob Pedagogik faoliyatdagi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat
Download 166.49 Kb.
|
Pedagogik faoliyatda o’zaro munosabatlar Pedagogik faoliyatning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Pedagogik ta’sir uzaro ta’sir sifatida XULOSA….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI….. KIRISH
Mundareja. KIRISH…… ASOSIY QISM: I-bob Hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat. 1.1 Pedagogik faoliyatda o’zaro munosabatlar 1.2 Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyati II-bob Pedagogik faoliyatdagi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat 2.1 Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyati 2.2 Pedagogik ta’sir uzaro ta’sir sifatida XULOSA….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI….. KIRISH Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy, va ruhiy islohatlar, puxta tayyorgarlik shaxsiy tayyorgarlik ayrim shaxsiy sifatlar bo’lish kerak. Pedagogik maqsadga yo’naltirishda qanday munosabatlarga ye’tiborimizni qaratishimiz kerak. Pedagogik kasbini tanlangan kishi avvolo sog’lom bo’lishi so’zlarni to’g’ri va yaxshi talafuz qila olishi bosiq asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomolada o’zini tuta olishi zarur. Shuningdek bolalalrni yoqtirishi ular bilan ishonch bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomilalik keng fikrlay olish tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqligini ko’rsatadi. Pedagog o’z maqsadiga yutug’larga yerishishi uchun munosabatga o’quvchilar bilan kirishi uchun qo’yidagi vazifalarga ega bo’lishi lozim. Bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish pedagogik ishni sevish, psixologik va pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniy, dilkashlik, talabchanlik, qatiylik va maqsadga intilish, vazminlik o’zini tuta olish. Pedagog pedagogik maqsadga yo’naltirilgan munosabat jarayonda o’quvchilarni xarakter xususiyatlariga ham alohida ye’tiborini qarata olishi lozimdir. Maqsadga yerishishga birgalikda intilish. Ta’lim sohasida biz maqsadga yerishimiz. Uchun albatta birgalikda intilishimiz lozimdir. Ta’limni tashkil yetuvchi hodimlar bu pedagoglardir shunday yekan ta’limni samarali amalga oshishida kimlar bilan birgalikda ishlashimiz o’rinli Ma’lum, pedagogik kasbda maqsadga yerishish uchun o’qtuvchining faqat bilimdon bo’lishi, u yoki bu fanini chuqur bilishining yetarli yemas. O’qituvchi tarbiya hamdir. U bolalarning yosh va ruhiy hususiyatlarini ye’tiboriga olib biror fanni qay darajada, qanday usullar bilan o’rganishni ham, bolalarni qanday tarbiyali metodikasini ham, inson shaxsning shakllanishi qonunniyatlarini ham bilishi zarur. Pedagog jamoa bilan ishlashni bilish, guruh talablariga munosabati jarayonida bir xil muomola bo’lishi, ota-onalar bilan ishlashi guruh rahbari ish tizimining ajralmas qismidir. Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbaridan ular bilan ishonchli va ishchan munosabati o’rnatish pedagog nazokat, chidam, izchil va qat’iy ye’tiborini talab qiladi. Tarbiyaning umumiy va vazifalari ota-onalar jamoasi orqali muvoffaqiyatli hal qilinadi. Sinf rahbari ota-onalari tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashga majbur qilib ogohlantirsa maqsadga yerishishning qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatdir. Prezidentimiz I. Karimov takidlagannidek “birorni o’qitadigan tarbiya qiladigan inson avvolo o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i lozim. Zamon talablari shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini va qund va savot bilan o’rganib mag’zini chaqib o’ndan keyin talabalarga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi. O’qituvchining ijobiy munosabatlari qay darajada shakllanganligida ham bog’liqdir. Qobiliyat jarayonida, faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi deb ta’kidlaydi professor M. Ochilov hamda o’qituvchi qobiliyatini qo’yidagi turlarni tavsiya yetadi. Jumladan, bo’lishi qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, muomola qilish qobiliyati kabilar. Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil qilishi o’qituvchining ijobiy munosabatlaridan biridir. Yuqori saviyada o’tilgan mavzular yoshlar ongiga uzoq saqlanadi. Ularning iymon ye’tiqodi va mafkuralarning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rstadi. Shu sababli o’qituvchining ishlash saviyasi o’z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati, dastlab dars ma’ruzalarida ko’rinadi. Dars berish sa’natini egallashda o’qituvchi ishontirgan o’quv mashg’uloti guruh bilim berish vositasi bilan birga, mustaqil O’zbekistonning ravnaqi, yertangi kunga bo’lgan ishonch, xalqimizning aql zakofati va mehnatining nimalarga qodirligi jamiyatning munosib fuqorosi va quruvchisi bo’lishi uchun nima qilish zarurligini ko’rsatuvchi ko’zgu bo’lib, xizmat qiladi. Yoshlarimiz dars jarayonida ijobiy munosabatlari o’zlarida shakllantirsinlar. O’quvchi yoki talabalar darsdan har jihatdan mamnun bo’lsinlar ularda romatik orzular uyg’onsin, tafakkuri rivojlansin amaliy faoliyat, ijodiy qobiliyat, o’qish-o’rganish va mehnatga havas kuchaysin. Ular o’quv mashg’ulotidan keyin baholari bilan yemas, balki bilim va malakalari hosil qilinganliklarini ma’naviy oziq olganlarning his qilsinlar. Ta’limni mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ustoz bilan shogirdlar qalbini ruhini bir biriga mustahkam bog’laydi, ular o’rtasida samimiy xurmatni o’zaro ishonchni mustahkamlaydi. Buning uchun o’qituvchi avvolo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l usullarini mukammal o’zlashtirib olishi, o’qituvchi murabbiyga hos madaniyatni yuqoriligi, o’z shogirdlariga xurmat va muhabbat, ular hayotiga qiziqish va ruhiy holatlarini bilish tushunishi, bosiqlik, xis tuyg’ularni boshqara olishlari, tashqi ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga ye’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi jamoat ishlariga faoliyatchi, ayniqsa omma o’rtasida ilmiy ma’rifat va ma’naviy madaniy ishlar tahribotchilari bo’lishlari lozim. Shundagina mamlakatimiz. Kelajagi bo’lgan yoshlarimiz. O’z murabbiylari nomini zo’r yehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o’qituvchi tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori axloqiy fazilat egasi bo’lishlari darkor. O’qituvchining salbiy munosabatlari o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimini baholashda qo’yilgan xatolar faqat baholashda qo’yilgan xatolar faqat baholash kompanentlarining o’zgarishiga yemas, balki butun o’quv bilish faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Ular bu tizimga xos bo’lgan kamchiliklarni kuchaytirib, uni kamsuqum yoki yoqimsiz qilib qo’yadi. O’quvchi o’z-o’zini bilan qiyoslangan sinorda ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Bolalar bilishini shunday taqqoslash kerakki, unda birovni yuqori ko’tarib, boshqalarni yerga o’rmay, bolalarning yeng yaxshi natijalarga yerishuvini va o’z shaxsini takomillashtirishini qo’llab-quvvatlasin. Pedagog ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni oldini olishda har bir o’quvchini harakteriga ye’tiborini qaratish kerak. 1.1 Pedagogik faoliyatda o’zaro munosabatlarning ba’zi xususiyatlari axamiyatli munosabatlar tizimi insonparvar va demokratik g’oyalarga asoslangan hamkorlik peodagogikasining amalga tadbiq yetish ko’p jixatdan o’qituvchining o’quvchilar bilan turli pedagogik faoliyatda urganishni to’gri tashkil yetishga bog’liq. Pedagogik faoliyatda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro samarali munosabati - ish muvaffaqiyati va o’kuvchining o’z ishidan qoniqishi hissini ta’minlovchi asosiy sharoitdir. Uquvchilar bilan zarur aloqa o’rnata olmaslik yesa - ko’plab muvaffaqiyasizlik va nizom vaziyatlarining asosiy sababidir. Olib borilayotgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatidiki, yuqorida kdyd yetilgan muammo yosh o’qutuvchilarning yarmidan ko’pini kiynab kelmoqda, xatto tajribali o’qituvchilar ham aqti-vaqti bilan mazkur muammoga duch kelishmoqda. Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyati nimadan iborat, pedagogik jarayon ishtirokchilarinig o’zaro munosabatlari xarakter va mazmunini aniqlash mumkin? Pedagogik faoliyat shunday soxalar sirasiga kiradiki, u yerda muvaffaqiyat garovi ishtirokchilar munosabatining xarakter va mazmuniga bog’liq. O’qituvchining tarbiyaviy ta’sirini ko’p jixatlan o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat belgilari: ba’zi o’qituvchilarda o’quvchilar «ochiq» pedagogik ta’sirga ijobiy munosabatda, tanbex va tanqidni to’g’ri qabul qilishadi, o’qituvchining xar qanday topshiriqlarni bajarishga tayyor, u bilan tez-tez maslaxatlashib turishadi. Boshqalarida yesa ziddiyatlarni kuzatamiz, tanbex va tanqid o’quvchilarda norozilikni uyg’otadi, o’quvchi o’qituvchilardan norozi, sinf raxbariga va direktorlarga ota — onaga shikoyat qiladi, ammo shu yerda ham munosabatlar yaxshilikka o’zgarmaydi. Axir o’kuvchi va o’qituvchi o’rtasidagi iliq munosabat pedagogik jarayonda boladi shaxs sifatlarini shakillantirish va o’qituvchining kasbiy oyoqqa turishi uchun zaruriyat hisoblanadi. Pedagogik jarayon ishtirokchilari o’rtasida o’zaro munosabatlarni nafaqat istalajak sharoit sifatida qabul qilish zarur, balki pedagogik faoliyatning asosiy tarkibiy qismi sifatida o’rganish zarur. Ammo bir paytning o’zida 30 -40 o’quvchi bilan xar ikki tomonni koniqtiradigan chliq munosabatni o’rnatish o’qituvchi uchun oson ish yemas. Bola o’z ulg’ayish jarayoni davomida uning uchun ahamiyatli bo’lgan ko’plab muammolar tizimiga kirib boradi. Albatta, bu munosabatlar bolaning shaxs sifatida shakillanib borishini belgilab beradi, jumladan o’qituvchiga bo’lgan munosabat xarakteriga o’zgartirishlar kiritadi. Ular orasida yeng muxumlari oiladagi munosabatlar, o’kituvchilar bilan munosabatlar, tengdoshlar orasidagi, shaxslararo munosabatlar, norasmiy munosabatlar va boshqalar. Tug’ilgandan boshlab maktabga o’qishga kelguncha bo’lgan davrda oilada munosabatlar tizimi bola uchun ahamiyatli hisoblanib, kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Bu davrda ota- onalar (kattalar) zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Mas`uliyat mazmuni shundan iboratki, ular bolaning ham jismoniy ham, ma’nan ulg’ayishi uchun mas`uldirlar. Oila munosabatlari asosini bolaning xatga-xarakatlariga e’tibori tashkil yetadi. O’z o’rnida e’tiborsizlik bola uchun jazo hisoblanadi. Bolaga maktabga kelishi bilan yangi munosabatlar tizimiga qo’shiladi; uning o’zga muxitga muvaffaqiyatli moslashishi ko’p jixatdan o’qituvchiga bogliq: bolani maqtasa ona xursand, uni yerkalaydi, yaxshi ko’radi, kichik xato. vazifaning ko’ngildagidek bajarilmaganligi ota-ona munosabatini o’zgartirib yuboradi. Mazkur davrda o’qituvchi zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi: u bolani nafaqat maktabdagi munosabatlar tizimiga o’rgatadi, balki oiladigi munosabatlarni ham tashkil yetib bordi. Ota- onalar odatda o’qituvchi bilan munosabatlarini yaxshilashga intiladilar, farzandi xaqida o’qituvchiga gapirib beradi, dars qilishga ko’maklashadi, maktabga o’kituvchining tajribasizligi va uning okibatidagi tabiiylikdir: o’quvchilarda murakkab vaziyatlarda o’kituvchiga yordam berish istagi mavjud va o’qituvchi bu yordamni qabul qiladi, ular birgalikda muvaffaqiyatlardan kuvonishadi, muvaffaqiyasizlikda tashvishga tushadilar. Bugun maktablarda faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab o’qituvchilarning o’quvchilarga munosabatida yuqoridagilarning aksini kuzatamiz: tabiiylikni qadirlamaydi; o’quvchilardagi mustaqillikni ko’rib ko’rmaslikka oladi; o’quvchilardagi betakrorlik o’qituvchi g’ashini keltiradi; o’quvchilar bilan «dildan» gaplashishi o’rnini shakillanib ulgurgan ta’sir ko’rsatish usullari egallagan (masalan talabchanlik) o’kituvchi bilan o’rnatilgan shaxsiy munosabat o’quvchilarda ularni tushinadigan kishini topganligi bilan qadirlidir, xar bir o’quvchi o’qituvchi nigoxida betakror shaxs sifatida gavdalanadi. Bunday samimiy munosabatlar ziddiyatli xolatlarni kamaytadi, qarshilik ko’rsatishni zaiflashtiradi. Bularning barchasi o’kuvchini pedagogik jarayoning ishtirokchisiga aylantirshga ma’lum ma’noda xizmat qiladi. «Agar munosabatlar o’zaro xurmat, tenglik va adolatlilik asosida qaror topgan bo’lsa, jarayonning xar bir ishtiroqchisi o’z imkoniyatlarini to’liq namoyon yetishga va shaxs sifatida rivojlanishga yerishadi» deb yozgan yedi tanishi psixolog olima T. P. Gavrilova (Psixologiya mejlichnosnix otnosheniy / ped. red. A. A. Bodaleva. M... 1982,-s. 132). Ba’zi o’qituvchi va o’kuvchi o’rtasidagi shaxsiy munosabatlar o’qituvchining o’ziga nisbatan qiyinchilik va ziddiyatni yuzaga keltirdi. Mana bu borada bir o’qituvchining fikri: «Sinfimda bir o’quvchi bor, men uni yaxshi bilaman—yomon bola yemas, qat`iyatli, sofdil ammo bir o’kuvchi bilan chiqishaolmaydi, munosabatlari yaxshi yemas. Inson sifatida men uni tushunaman, ammo mening kasbiy o’rnim u bilan kelishishga yo’l qo’ymaydi. Uni maqullasam, hamkasbim qanaqa axvolda qoladi. CHorasizman. Bir paytning o’zida uni himoya qilgim va hamkasbimga yordamlashishni istayman». Hamkorlik pedagogikasining insonparvarlik g’oyasi moxiyati shundan iboratki, o’qituvchi va o’kuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’quvchi shaxsini xurmat qilish va uni qo’llab-quvvatlashga asoslanadi, nafaqat uning faoliyatidagi muvaffaqiyatlariga ishonch, balki foydalanilmagan imkoniyatlariga ishonch, uning shaxsiga e’tiborlikka asoslanishi zarur. Mavjud va orzudagi munosabatlar o’quvchilar bilan o’rnatiladigan uzoq muddatli aloqa jarvyonida barcha bilan bir xil tarzda hamkorlik munosabatlarini o’rnatish murakkab. O’quvchilar turlicha. Biri ayni paytdp e’tiborga muxtojlik, unga samimiylik va g’amxo’rlik ko’rsatish zarur, boshkasiga talabchanlik zarur, qattiqo’llik zarur. Bularning barchasi muxum va bir paytning o’zida amalga oshiriladi. Yuqoridagilarning barchasini yagona munosaat tarkibiga umumlashtirish o’zaro muiosabatlarda rasmiyatchilikni yuzaga keltiradi. Tajriba sinov tariqasida olib borilgan yekspress-so’rovnoma natijalari kiziqarli. VII-IX - sinf o’kuvchilariga o’qituvchilar bilan o’rnatilgan munosabatlarining amaldagi va istaklardagi (orpzulardagi) munosabatlarni tanlash topshirig’i berildi. Tanlash uchun munosabatlarning besh xil ko’rinishi tavsiya yetiladi: buyruq munosabat aralashmaslik, hamkorlik, yenagalik, kelishmaslik (mojoroli). Munosabatlar mazmunini quyidagicha izoxlagan yedi: kelib turadi. Agar ular bolaning maktab xayotiga kam e’tibor qaratishsalar, bolada yangi munosabashar tizimiga ko’nikishi bir muncha kiyin kechadi. Boshlangich sinfdan so’ng o’kituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlar o’zgaradi: fan o’kituvchilari xozircha bolani bilishmaydi, aloqa yesa faqat dars mashg’ulotlari orkali o’rnatiladi. Bu o’zlashtirishning pasayishiga sabab bo’ladi, maktabdan sovush kuzatiladi. Bu muammoni yangi sinf rahbari xal yetish mumkin, bundan tashqari bu jarayonga boshlang’ich sinfdagi o’qituvchilar va ota-onalar ham ta’sir ko’rsatishi mumkun. O’spirinning kichik guruhlarga ko’shilish yextiyoji kichik tanishuvlvr orqali amalga oshadi, bu yextiyoj ham ma’lum qiyinchiliklar orqali "yetiladi, chunki xar bir guruxning o’z me’yor va qadriyatlari mavjud, bundan tashqari o’spirin atrofdagi xatti - xarakatlarni ham, maktab xayotini ham. O’spirinning o’z tengdosholari bilan o’rnatiladigan munosabatlardagi kiyinchiliklar uning sinfdagi o’rni, egallagan maqomi bilan xarakterlanadi. Ko’p hollarda o’quvchi o’qish va xulkidagi yutuklari bilan ham maktabda o’zini xissiy barqaror muvozanatda sezmaydi. Xatto u kichik guruxda lider bo’lsada, boshqa guruxlardagilarga bo’lganidek o’kituvchiga ham munosabat bildiradi, unda o’zini ko’rsatish istagi paydo bo’ladi: o’z mustaqilligini ko’rsatadi, aytganida turib oladi, o’kituvchilar e’tiroziga befarq qaraydi va xakozo. O’spirin o’qituvchi va ota—onalar bilan tunosabatlarini buzush tarafdori. Bularning barchasi o’kituvchi va ota-onalar uchun o’zaro .«gunosabatlarni me’yorlashtirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Yuqori sinf o’kuvchilari bilan munosabatlarda o’qituvchilar ularga ko’prok mustaqillik berishi, oila bilan munosabatlar o’rnatishi muhum. Bunday munosabat orqali o’quvchi shaxsi shakillanishiga norasmiy guruxlar ta’siriga o’zgartirishlari kiritishi imkoni tug’iladi. Bu imkon o’quvchidek nafaqat tengdoshlariga tobelik, balki, katta yoshdagilar bilan teng xukuklilik unda o’ziga ishonchni mustaxkamlaydi. Pedagogik faoliyatdagi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat o’spirinlarning turli yosh bosqichlarida turli murakkblikda o’tadi. Bu o’kuvchidagi dunyoqarashning boyib borishi, ota-ona, o’qituvchilar, tengdoshlariga bo’lgan munosabatning o’zgarib borishi, aloqadorlik rishtalarining mustaxkamlanishi va zaiflashishi bilan ham izohlanadi. Boshkacha qilib aytganda o’quvchi yoshi ulg’ayishi bilan maktab va oilada unga ajratilgan o’rin va topshiriklarni nisbatan tez o’zlashtirib boradi. Bu o’rinda katta yoshdagilarning vazifasi bolaga u bajaradigan vazifalar ko’lamini kengaytirish, shu bilan birgalika ko’proq mustaqillik berish kabilardan iborat bo’ladi. Faqat shu ishlar bilangina kattalar va yoshlar o’rtasidagi samarali va hissiy aloqadolikni saqlab qolish mumkin. Shaxsiy va rolli munosabatlar. O’kuvchilar bilan o’zaro munosabatllprni o’rnatishda o’qituvchinring shaxsiy va rolli munosabatlarni o’yg’unlikda olib borish ko’nikmasining mavjudligi aloxida ahamiyatga ega. Maktabda o’kituvchining o’quvchilarga bo’lgan munosabatida rolli munosabatlar shaxsiy munosabatlarda uyg’un turadi. Buni o’qituvchi quyidagiga izolxlaydi: "O’quvchi makutabdaligi paytida biz barchasiga javobgarmiz, ham o’qishiga ham xulkiga" . buning o’rida bir muxim jixat unitilgandek, agar o’qituvchi barcha mas`uliyat va javobgarlikni o’z zimmmsiga oldigan bo’lsa, unda o’kuvchi xech narsaga javob bermaslik, to’liq yerkinlik imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bu o’z o’rnida yoki bolada mas`uliyasizlikni shakillantiradi yo’ki unda maktabga bo’lgan qiziktishni so’ndiradi, axir unda unda mustaqil fikr mavjud, o’z xayoti egasi bo’lishini istaydi. O’qituvchilar uchun dastlabgi bitiruvchilarni (Sh-X1 sinflar) chiqarish uitilmas xodisa hisoblanadi. Bu o’ziga xos kasb tanlashda adashmaganlik va o’kitiuvchi sifatida shakillanganlik mezoni sifatida qabul qilinadi. O’qituvchining yoshligi va tajribasizligi o’zaro munosabatlarda o’zaro munosabatlarda tabiiylikni yuzaga keltiradi, bu tabiiylik yesa o’z o’rnida o’kituvchi va o’quvchilardagi xarakat umumilliyligini yuzaga keltiradi, bir — birini tushinishga xizmat qiladi, bir - biridagi xususiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish imkonini yaratadi: o’quvchilar o’qituvchilarning xaqiqiy o’qituvchi sifatida shakillanishiga ko’maklashadi, o’kituvchi o’quvchilardagi layoqat va qobiliyatlarni rivojlantiradi va namoyon yetishga sharoit yaratadi, shaxsiy sifatlarni takomillashtiradi. Bu xolatda ularni birgina narsa birlashtirib turibdi. Buyruk munosabat - qattiq intizom, tarbiyaga aniq talablar, munosabatda rasmiylik; Aralashmaslik munosabati — betakorolik o’quvchilar bilan yerkin muloqot o’rnatadi, o’z faniga chuqur beriladi. Yenagalik munosabati - ortiqchp g’am xo’rlik, xar qanday mustaqillikdan cho’chish, ota -onalar bilan doimiy aloqa. Majorali munosabat - o’quvchilar yoqtirmaslik (yashirincha), o’z fanidan va o’quvchilardan doimiy norozilik, ovozida yoqtirmaslik oxangi. Xamkorlnk muiosabati - barcha faoliyat turlarida hamkorlik va hamfikrlilik, bir-biriga qizikish, o’zaro muloqotdada bir—biriga ishonch. So’rovnoma taxlili asosan mazkur munosabatlarning ikki turi amalda ko’p uchrab turishini ko’rsatadi - bular aralashmaslik va buyruqbozlikka asoslangan munosabatlaridir. So’rovnoma natijalari taxlilida shu narsa e’tiborga muolikki, pedagogik jarayonning xar ikkala tomoni ziddiyatli mugosabatni butunlay yo’q qilib bo’lmasligini e’tirof yetishgan. Ko’pgina o’quvchilar o’qituvchining aralashmaslik munosabatini yeng samarali munosabat sifatida ko’rsatishgan (37 %). Buni shu bilan izoxlaganki o’qituvchi o’z fanini biladi o’kuvchilarning bilimli bo’lishi kelajak uchun zarur, o’qishga kirishda asqotadi. Tarbiyaviy soatlarda, tadbirlarda, darsdan tashqari faoliyatda o’qituvchining ishtirok yetishi shart yemas, ular u yoshdan «o’tgan». Mana darsning izoxi. Mazkur xulosa maktabning tarbiyaviy roli xaqida o’ylab ko’rishga majbur qildadi. Axir o’quvchi yoshlarda dunyoqarash va e’tiqodning shakillanib borayotgan mas`uliyatli davrida, o’quvchilarda fuqarolik o’rni tiklanayotgan bir paytda yanada muhumroqdir. Hamkorlik munosabatini ko’plab o’kituvchi va o’quvchilar (41%) orzudagi munosabatlar sifatida qayt yetishgan. Shu jaavob bilan bir paytda ular bunday munosabatni barcha bilan bir xil tarzda o’rnatishga shubxa bilan qarashgan va u qanday ko’rinishda namoyon bo’lishini tasavvur yetaolmaydi. Bularning barchasi qaysidir ma’nolda o’kituvchi va o’quvchilar o’rtasida uzoq yillar davomida shakillanib ulgurgan munosabatlarning aniq ko’rinishini tasavvur yetish imkonini beradi. Albatta, hamkorlik pedagogikasi sharoitida ziddiyatlar va murakkab pedagogik vaziyatlar to’liqligicha yo’q bo’lib ketmaydi, ular oqilona hal yetish o’qituvchidan ma’lum bilim va ko’nikmalarni talab yetadi. Download 166.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling