Mualliflik huquqi qanday huquqlarga ajraladi?
Mualliflik huquqi shaxsiy-nomulkiy va mutlaq mualliflik huquqlariga ajraladi.
Agar mahsulot inson tomonidan o‘z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi masofaviy o‘qitish kursini ishlab chiqqan bo‘lsa), unda u qaysi huquqqa tegishli bo‘ladi?
agar mahsulot inson tomonidan o‘z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi masofaviy o‘qitish kursini ishlab chiqqan bo‘lsa), unda shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga, mutlaq huquqlar esa ish beruvchiga tegishli.
Mualliflik huquqi qachon yuzaga keladi?
Mualliflik huquqi asar yaratilganda yuzaga keladi va ro‘yxatdan o‘tish yoki boshqa rasmiyatchiliklarni talab qilmaydi.
Resurs mualliflari o‘zlarining asarlaridan erkin foydalanishga qarshi bo‘lmasalar, uni qanday litsenziya bilan belgilaydilar?
Ba’zi hollarda, resurs mualliflari o‘zlarining asarlaridan Erkin foydalanishga qarshi emaslar, buni Creative Commons litsenziyasi bilan belgilaydilar. Muallifning ismi barcha holatlarda ko‘rsatiladi.
Pedagog tegishli muassasalarda yaratilgan elektron ta’lim resurslariga mualliflik huquqini qanday rasmiylashtirishi mumkin?
Pedagog tegishli muassasalarda yaratilgan elektron ta’lim resurslariga mualliflik huquqini mustaqil ravishda rasmiylashtirishi mumkin. Pedagog ro‘yxatdan o‘tgan ishlanmalarni ilmiy, o‘quv, o‘quv va uslubiy ishlarning bibliografik ro‘yxatlariga kiritishi mumkin.
Distributiv (inglizcha distribute — tarqatish) nima?
Distributiv (inglizcha distribute — tarqatish) — dasturiy ta’minotni tarqatish shaklidir.
Distributiv - bu dasturni o‘zboshimchalik bilan kompyuterga o‘rnatish qulayligi uchun maxsus ishlab chiqarilgan to‘plam.
“Masofaviy ta’lim” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
Masofaviy ta’lim – bu istalgan joydan turib, qaysi vaqt bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxsiy re’ja asosida o‘qish hamda bilim olish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |