Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari


Download 0.98 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1161063
Bog'liq
Pedagogik faoliyat


PEDAGOGIK FAOLIYATNING TUZILISHI VA TURLARI.
Pedagog o’z faoliyatida quyidagilarga e’tibor berishi lozim:

1. O’quvchilarda shakllanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tavsiflash, ularni
bilim olishga qiziqtirish, rostguy, ma’rifatli, mexrli, do’stlik, o’z-o’zini boshqarish,
mehnatga munosabatini rivojlantirish.

2. O’quvchilarning ruhiy quvvati va temperament turlarini ajrata olish.

3. O’quvchidagi ijobiy va salbii o’zgarishlarni kuzatish va sababini
o’rganish.

4. O’quvchidagi yolg’on gapirish va boshqa salbiy sifatlarini aniqlash.

Pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlari: pedagogik faoliyatning maqsadi,

Pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlari: pedagogik faoliyatning maqsadi,

obyekti, subyekti va vositasi kabi tarkibiy qismlari mavjuddir.

Pedagogik faoliyatning maqsadi - jamiyat tomonidan aniqlanib, belgilab

Pedagogik faoliyatning maqsadi - jamiyat tomonidan aniqlanib, belgilab

beriladi. Ya’ni aynan shu jamiyat uchun zarur, uning yuksalish va taraqqiyotini,

har tomonlama rivojlanishini ta’minlay oladigan, istiqlol g’oyasiga sodiq,

vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan komil insonlarni tarbiyalab berish –

pedagogning bosh vazifasidir. Jamiyat a’zolarining asrlar davomida to’plagan

bilim va tajribalarini o’qituvchi bolalarga yetkazadi. Ammo o’qituvchi va o’quvchi

faoliyatida ba’zan ziddiyat, qarama-qarshilik kelib chiqadi. Chunki, o’quvchi

faoliyatini boshqarish, unga ta’sir etishning murakkab tomoni shundaki, o’quvchi

odatda hozirgi kun bilan yashaydi.

O’qituvchi mehnatining obyekti bu inson, bola, o’quvchi bo’lib, u tinimsiz ravishda rivojlanib boradi va o’zgarib turadi. U doimo jismonan va aqlan faol, tinimsiz shuning uchun u o’ziga o’xshagan faol, izlanuvchan o’qituvchini yoqtiradi. Shu sababli bo’lsa kerak yosh o’qituvchilar bolalar bilan tez til topishib ketadi. O’quvchilar ularni yoqtiradilar. Demak, bu fikrdan shunday xulosa chiqadiki, o’qituvchi o’quvchiga sevimli bo’lishi, uning hurmatini qozonishi uchun doimo izlanishi va o’z ishiga ijodiy yondashishi, yoshlarning ichiga kira bilishi, yoshlar dunyosi bilan yashashi lozim.

O’qituvchi faoliyatining subyekti - bular o’quvchilarga doimo ta’sir etib turuvchi ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar va sinf jamoasidir. O’quvchilarga eng kuchli ta’sir etuvchi kuch o’qituvchining shaxsiy xususiyatlari, uning bilim va malakasi, mahoratidir.

Asosiy tarbiyaviy vositalar - bu o’quvchilarni har xil faoliyat jarayonlarida, jumladan, mehnat, o’yin, o’quv va muloqatda turli yo’llar bilan tarbiyalash va ta’lim berishdir.

O’qituvchi faoliyati turlari. O’qituvchining kasbiy faoliyati turli yo’nalishlarda bo’ladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:

O’quv pedagogik faoliyat. Bu faoliyat jamiyat talablariga mos

O’quv pedagogik faoliyat. Bu faoliyat jamiyat talablariga mos

ravishda oliy maktabda o’quv jarayonini tashkil etishga yo’naltiriladi.

Oliy maktabdagi o’quv jarayoni uchun o’kuv va ilmiy-tadqiqot

ishlarining uzviy bog’liqligi, o’quvchilar faolligi va mustaqil ishlari

ijodiy potensial bo’lgan shaxs ahamiyatini oshirish xarakterlidir

Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlarni yangilashga va pedagogik

Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlarni yangilashga va pedagogik

vazifalar tizimini hal qilishga yo’nalgan bo’ladi. O’qituvchi konkret

fanni boshqa o’quv fanlari bilan o’zaro bog’lagan holda uning o’qitilish

maqsad va vazifalarini belgilaydi, o’quvchining o’quv-bilish faoliyatini

jonlantirishni ta’minlaydigan o’qitishning mazmuni, zamonaviy shakl

va metodlarini o’ylab topadi. O’qituvchi o’quv-pedagogik faoliyatining

o’ziga xosligi uning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishidir

Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o’quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida

Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o’quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida

ko’rinadi. Bu o’qituvchi, o’quvchi va boshqa olimlarning o’zaro

aloqador faoliyatidir.


E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling