Pedagogik faoliyotda muloqat


Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik mahoratni o‘rni


Download 343.5 Kb.
bet2/19
Sana06.05.2023
Hajmi343.5 Kb.
#1433346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
PEDAGOGIK FAOLIYOTDA MULOQAT 34-MAVZU

1.2. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik mahoratni o‘rni

Pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.


Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchi - tarbiyachining doimiy fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “Tarbiyachi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday tarbiyachidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”.
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda tarbiyachi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ta’lim-tarbiyanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda tarbiyachi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Darhaqiqat, tarbiyachining obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, tarbiyachi ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay oladigan bo‘lishi, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Ayniqsa, o‘zi tanlagan mutaxassislik sohasida izlanishlar olib borgan allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi lozim. Bu tarbiyachi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf–odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo‘lmish yosh avlodni barkamol bo‘lishiga tarbiyachidan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
Tarbiyachilik kasbining shakllanishi davomida pedagogik mahorati tako­millashib boradi. U turli psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bi­lan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi,turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usul­larini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida bel­gilangan maqsadga erishish uchun tarbiyachilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydi.Tarbiyachining nazariy hamda amaliy fa­oli­yatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari uning pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. Tarbiyachilar pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz im­koniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan tarbiya texnologiyalarinining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirib borilishi mumkin.
1. Nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish.
2. Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash.
3. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish.
4. Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.
5. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish.
6. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni bosh­qarish.
7. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish.
8. Tarbiyalanuvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi muno­sabatda bo‘lish.
9. Savodli va sof adabiy tilda so‘zlash.
10. Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish.
11. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.
12. Muosharat odobiga doimo rioya qilish.
Tarbiyachi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk tarbiyachi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadri­yatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murab­biy­lar­ni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiya­lari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning tarbiyachilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayoni­da tarkib topadi. Yosh tarbiyachilarning shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan tarbiyachilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida rivojlantirish mumkin:

    1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash). 2.Tajribali ustoz tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).

3.Tarbiyachi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish.
4.Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
5.Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda tarbiyachining jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘ - e’tiborini oshiradi, tarbiyachilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, tarbiyachilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.Odamlarning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda tarbiyachining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’kidlash joizki, tarbiyachilik kasbiga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, ularning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, tarbiyalanuvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish kabi buyuk vazifalarga javobgarlik tarbiyachilar zimmasiga yuklatildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhimi, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi kerak... bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi». Bu vazifalarning bajarilishiga, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy amalga oshiruvchisi bo‘lgan tarbiyalanuvchining tarbiyalovchilar bilan o‘zaro muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi.Tarbiyalanuvchi ma’naviy muhitining shakllanishi tarbiyalovchining yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda tarbiyalanuvchining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati zamirida shakllanib, takomillashadi.
Pedagogik muloqot madaniyati tarbiyalovchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda tarbiyalovchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala tarbiyalanuvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan tarbiyachining pedagogik qobiliyatidir.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir tarbiyalanuvchi qalbiga yo‘l topadi.
Muomala tarbiyachi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada tarbiyachi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:

    • tarbiyachida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi, uning tarbiyaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;

    • muomala obyekti bo‘lmish tarbiyalanuvchi diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;

    • tarbiyalanuvchining ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, mashg‘ulotni boshlashdan oldin tarbiyalanuvchilarni tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;

    • tarbiyalanuvchiga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. Tarbiyachining nutqi ravon, tarbiyalanuvchi ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.

Nihoyat, tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u tarbiyalanuvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va tarbiyalanuvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi.Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida obyekt va subyektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muloqotning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z – mazmunan tarbiyachining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchining ichki dunyosini tushunib, muloqotga kirishishi lozim.Tarbiyachining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir so‘zi, fikri, turli hodisa va jarayonlar tarbiyalanuvchilar tomonidan har xil ko‘rinishda tushuniladi, bu tarbiyalanuvchining fikr mulohazasiga, ichki dunyosining teranligiga, tafakkuri va dunyoqarashining kengligi bilan izohlanadi, bunda tarbiyachi mahoratining uchta jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan tarbiyalanuvchilar jamoasi bilan muomalada bo‘lish tajribasi.


Tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot azaldan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Tarbiyachi daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘yla”shi kerak (I.P.Pavlov.)Alisher Navoiy adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bugungi kunda ham bu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. “Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir” - deydi Alisher Navoiy.
Tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirishda tarbiyachining til boyligi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan shirin tillilik tarbiyalanuvchini o‘qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tarbiyachining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo‘lishini ta’minlaydi, natijada tarbiyalanuvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, tarbiyachining mahoratini, ma’naviy boyligini, tarbiyachilik qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich hisoblanadi. Amerika shoiri Rolf Emerson: “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi” deydi. Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo‘lishgan.
Alisher Navoiy “Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘lishini, uning nasihatidan chiqmaslikni” o‘z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir tarbiyachining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. Tarbiyachining tili nutqiy qobiliyati tarbiyalanuvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. Tarbiyachining “til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan” (A.P.Chexov). Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. Tarbiyachi til boyligi bilan tarbiyalanuvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun tarbiyachi “tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita” (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.
Kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go‘zallik, so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik “Mashvarat odobi” deyiladi. Mashvarat odobi insonning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllantirilishi kerak. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deyiladi xalq maqollarida. Oilada o‘rganilgan mashvarat odobining poydevori mustahkam bo‘ladi. Bola ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rganilgan mashvarat odobining kuch-qudratini doimo his qiladi.
Tarbiyalanuvchilarga mashvarat odobini shakllantirish uchun tarbiyachining o‘zi avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, tarbiyalanuvchilar qalbiga yo‘l topa olishi, mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Sharq mutafakkirlari asarlarida mashvarat odobi turli ko‘rinish va nomlarda bayon etiladi. Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida asosiy g‘oya – fozil kishilar obrazi. U kim bo‘lishidan qat’iy nazar shohmi, gadomi, oddiy fuqaromi fozil kishidir. Shaharning fozil kishilari bir-birlariga nisbatan hurmat va izzatda bo‘ladilar. Ota-ona va farzand, ustoz va shogird, do‘stlar, qarindoshlar o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom mavjud. Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-bobolarimizning ma’naviyati naqadar yuksak bo‘lganligi va bu avlodlarga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlanadi. Onore de Balzak “Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan dalolat beradi” deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok “Odamlar boodoblilik yordamida hattoki kuch bilan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabalarga erishishi mumkin”ligini aytadi. Demak, mashvarat odobi nafaqat milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan, balki dunyodagi barcha xalqlarning noyob insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan.
Shirin so‘z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini ilitadi, qo‘pol so‘z inson qalbini jarohatlaydi. Tarbiyachining “aql-zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov) chunki so‘zning qudrati katta. Tarbiyachi o‘z so‘ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo‘lmog‘i lozim. Eng avvalo, tarbiyalanuvchilarga muomala madaniyatini, kattalar oldida o‘zini tuta bilishi, gapini bo‘lmasligi, yoshi ulug‘larga gap qaytarmaslikni o‘rgatish zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. Tarbiyachining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon bo‘ladi.

Download 343.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling