Pedagogik fikrlar taraqqiyotining ilk manbalari


Download 84.5 Kb.
Sana24.10.2019
Hajmi84.5 Kb.

1.Pedagogik fikrlar taraqqiyotining ilk manbalari” mavzusidagi seminar mashg‘ulotining texnologik modeli


Ma’ruzaga ajratilgan vaqt –2s.

Talabalar soni – 10-25 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

O‘rganilganlarini mustahkamlashga doir dialogli seminar

Mashg‘ulot rejasi

  1. Xalq pedagogikasi mazmuni va tarbiya metodlari tizimi.

  2. O’rxun-Enasoy obidalarining tarbiyaviy ahamiyati.

  3. “Avesto”da ta’limiy-axloqiy masalalar.

Mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarning eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalariga doir bilimlarini mustahkamlash.

Pedagogik vazifalar:

1) xalq pedagogikasi mazmuni va tarbiya metodlari tizimini aniqlashtirish;

2) O‘rxun-Enasoy obida-larining tarbiyaviy ahamiyatini anglab olinishiga erishish;

3) “Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy masalalarni tahlil etish va o‘rganish.




O‘quv faoliyati natijalari:

1) xalq pedagogikasi mazmuni va tarbiya metodlari tizimini bilib oladilar;


2) O‘rxun-Enasoy obidalari (Tunyuquq bitigi, Bilga Hoqon bitigi, Qultegin bitigi)da aks etgan fikrlarning tarbiyaviy va bugungi kundagi ahamiyatini o‘zlashtiradilar;
3) “Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g‘oyalarni tahlil etishadi va tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan xulosalar chiqarishadi.


Ta’lim metod va usullari

Blits-so‘rov, ekspert topshiriqlari, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi, matn bilan ishlash, toifalash jadvali

Ta’limni tashkil etish shakli

Individual va kichik guruhlarda ishlash

Didaktik vositalar

Uslubiy qo‘llanma, proektor, markerlar, tarqatma materiallar

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona

Nazorat va baholash

YOzma (konspekt qilish) va og‘zaki (izohlash, bayon etish va tushuntirish) nazorat; ikki ballik shkala asosida baholash.

Pedagogik fikrlar taraqqiyotining ilk manbalari” mavzusidagi seminar mashg‘ulotning texnologik kartasi




Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


O‘qituvchi

Talaba

Tayyorlov bosqichi

Seminar mashg‘uloti mavzusi va rejalari bilan tanishtiradi. Seminar rejasidagi masalalarni konspekt qilishda foydalaniladigan adabiyotlarni taqdim etadi (1-ilova).

Daftarlariga yozib olishadi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.

1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar va baholash mezoni bilan tanishtiradi (2-ilova).

1.2. Mavzu bo‘yicha blits-so‘rov o‘tkazib, talabalarni mashg‘ulotga chorlab oladi (3-ilova).



Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(60 daqiqa)


2.1. Talabalarning xalq pedagogikasi tarbiyasi metodlari tizimini o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi metodini taqdim etadi (4-ilova).

Xalq pedagogikasidagi tarbiya metodlari tizimini to‘g‘ri o‘ringa joylashtiradilar

2.2. O‘rxun-Enasoy yozma yodgorlik-larining tarbiyaviy ahamiyatining anglab olinishiga erishish maqsadida ikki kundalikni to‘ldirishni so‘raydi (5-ilova).

Ikki qismli kundalikni individual tarzda to‘ldiradilar

2.3. “Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy masalalarni tahlil etish va o‘rganish maqsadida kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan matn bilan ishlashni taklif etadi (6-ilova).

Kichik guruhlarga bo‘linadilar va matn ustida ishlaydilar



3. Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)



3.1. Mashg‘ulotga doir umumiy xulosalarni bayon etadi.

Tinglaydilar va fikr bildirishadi

    1. Talabalar tomonidan to‘plangan ballarni e’lon qiladi.

O‘z ballarini daftarlariga yozib olishadi

1-ilova

Pedagogik fikrlar taraqqiyotining ilk manbalari

Reja:

  1. Xalq pedagogikasi mazmuni va tarbiya metodlari tizimi.

  2. O’rxun-Enasoy obidalarining tarbiyaviy ahamiyati.

  3. “Avesto”da ta’limiy-axloqiy masalalar.

Adabiyotlar:

  1. Avesto. / A.Mahkam tarjimasi. T.: Sharq, 2001..

  2. Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011.

  3. Niyozov G’., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg’ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011.

  4. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: O‘qituvchi, 1996..

  5. Hoshimov K., Safo Ochil. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1995..


2-ilova

Talabalarni baholash mezonlari:

  1. mavzu rejasidagi masalalarni konspektlashtirish – 0,5 ball;

  2. topshiriqlarni bajarish va savol-javoblarda ishtirok etish – 1,5 ball.

3-ilova
Pedagogik fikrlar taraqqiyotining ilk manbalari” mavzusiga doir blits-so‘rov savollari

        1. Xalq pedagogikasi nimalarni o‘z ichiga oladi?

        2. Xalq og‘zaki ijodiga nimalar kiradi?

        3. Xalq pedagogikasidagi tarbiya metodlari tizimi qay tarzda tasnif qilinadi?

        4. O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklariga nimalar kiradi?

        5. O‘rxun-Enasoy bitiglarida qanday fazilatlar ulug‘langan?

        6. “Avesto” so‘zining ma’nosi nima?

        7. “Avesto”da inson hayotining uch asosiy g‘oyasi qanday ifoda etilgan?

        8. “Avesto” ta’limotida jismoniy va ma’naviy dunyo nechta davrga bo‘lingan?

        9. “Avesto”da qaysi tarbiya turlariga alohida e’tibor qaratilgan?

4-ilova

Xalq pedagogikasi tarbiya metodlari tizimiga doir chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi topshirig‘i

Quyida keltirilgan metodlar bilan tanishing va ularni mohiyatiga ko‘ra pastda ko‘rsatilgan ustunlarga joylashtiring.

1.Mashq. 2.Hikoya. 3. Nasihat. 4. O‘git. 5. Maslahat. 6.Koyish. 7. Uyaltirish. 8. Odatlantirish. 9. Uzr so‘rash. 10. Tilak-istak bildirish. 11 Duo qilish.

O‘git-nasihat

Ibrat-namuna

Rag‘batlantirish










5-ilova

O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklariga doir ikki qismli kundalik tuzish topshirig‘i

Quyida keltirilgan jadvalning birinchi qismida O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari turkumiga kiruvchi bitig nomi keltirilgan. Jadvalning ikkinchi qismida bitigda ifoda etilgan fazilat bilan bog‘liq bitta jumlani misol tariqasida yozib qo‘yish lozim.




Bitig nomi

Bitigda ifoda etilgan fikrdan namuna

Qultegin bitigi


Tunyuquq bitigi


Bilga hoqon bitigi



6-ilova

Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy masalalarni tahlil etish va o‘rganishga doir kichik guruhlarda ishlashga doir topshiriq

Talabalarni kichik guruhlarda matn ustida ishlashlari quyidagi metodika asosida tashkil etildi:


    1. Talabalardan to‘rtta guruh tashkil etiladi va ularni kichik guruhlarda ishlash qoidalari bilan tanishtiradi:

Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:

  1. sherigingizni diqqat bilan tinglang;

  2. guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing;

  3. agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling;

  4. agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering;

  5. guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.

    1. “Avesto”ning turli qismlariga oid material tanlab olinib, to‘rt qismga bo‘linadi:

_______________________________________________________________

(I qism)

...Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadulobad bosh egib turajaksan! Haqiqatan ham, sening yoningdan turli ziroatlarni olib o‘tadilar, bu noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan, to‘q va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadulobad shunday bo‘lajak!

Don ekkan kishi, taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg‘a suradi, u imonni oziqlantirib turadi....

Bug‘doy o‘stirila boshlansa, devlarni qora ter bosadi, sovurilgan bug‘doy tayyor bo‘lsa, devlar zaiflashib qoladi, un tayyor bo‘lgach esa, devlar nola-fig‘on chekishadi... Devlarni mag‘lub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo‘lishi lozim – bu ovqatni egandan so‘ng ular juda qizishib ketadi va qocha boshlaydi.

__________________________________________________________________

(II qism)

O‘t-o‘lanlar hamda mevali daraxtlar ekilgan, suvlar hamisha ravon bo‘lgan zamin eng yaxshi erdir. Qarovsiz qolgan er esa, go‘yo turmush qo‘rmagan qizday...

Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Er, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir.

Har bir inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan zaminni eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak.


_______________________________________________________________

(III qism)

Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin.

Bolalar yoshlik paytidanoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini yasash, erga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart.

Yаxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan noz-ne’matlar yaratishi lozim.



______________________________________________________________

(IV qism)

Yаxshi fikr, ilohiy qonun ruhidagi, yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamjihatlikda yashashga intilishda ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikru xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim; yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, bundan o‘zgacha holatida u yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.



3. So‘ngra talabalar kichik guruhlarda matnni o‘qishga kirishishadi. So‘ngra kichik guruhlar navbati bilan o‘zlariga taqdim etilgan matn mazmunini muhokama qilishdi: ayrimlari o‘qilganlar yuzasidan o‘z fikrini bayon etdi, qolganlari esa ularning fikrlarini to‘ldiradi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling