Dastur nomi
|
Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari
|
Ajratilgan soat
|
80
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
17
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarga avtomobillarning elektr va elektron jihozlari, ularning tavsifnomalari, tuzilishi va ishlash printsipi haqidagi bilimlarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
-avtomobil elektr va elektron jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va tashxislash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni;
-akkumulyatorlar batareyasini tekshirish va unga texnik xizmat ko‘rsatishni;
-generatorlar va kuchlanish rostlagichlarni nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishni;
-o‘t oldirish tizimining nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishni;
-avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimining nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishni;
-nazorat o‘lchov asboblari va yoritish tizimi nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishni o‘zlashtirish.
|
Bilimlar
|
akkumulyatorlar batareyasining tuzilishini;
generatorlar va kuchlanish rostlagichlarni tuzilishini;
avtomobilning o‘t oldirish tizimi vazifasi va tuzilishini;
avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimining vazifasi va tuzilishini;
nazorat o‘lchov asboblari va yoritish tizimi tuzilishini;
qo‘shimcha asbob-uskunalar va kommutattsion apparatlar tuzilishini bilish.
|
Ko‘nikmalar
|
elektr ta’minot jihozlarini tuzilishi,ishlash va texnik xizmat ko‘rsatishni;
avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimining tuzilishi va texnik xizmat ko‘rsatishni;
avtomobilning yondirish tizimini tuzilishi, ishlash va texnik xizmat ko‘rsatishni;
nazorat o‘lchov asboblari va yoritish tizimi tuzilishi , ishlash va texnik xizmat ko‘rsatishni;
qo‘shimcha asbob-uskunalar va kommutattsion asboblar tuzilishi, ishlash va texnik xizmat ko‘rsatishni;
avtomobillarning elektr va elektron jihozlarini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha mustaqil ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
|
|