Tuzuvchilar:
|
Madjitov A.
|
Pedagogik innovatsiyalar instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
|
|
Yusupova G.
|
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi direktori
|
|
Tuxtamuratov O.
|
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
|
Erdanayev B
|
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
Ismatov J
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti t.f.n.
|
|
Musabekov Z
|
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti,
|
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Elektrotexnika va elektronika asoslari
|
Ajratilgan soat
|
40
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
18
|
Dasturning maqsadi
|
O‘zbekiston Respublikasi energetikasini rivojlantirish bosqichlari, energetika sistemasi, elektrotexnika magnit va elektromagnit zanjirlar, doimiy va o‘zgaruvchan toklarni ishlab chiqarish, elektr mashinalari, elektr jihozlar, elektr apparatlar, lektron va o‘lchov asboblari, elektr manbalari, elektron texnikasini tuzilishi, tavsifi va ishlash prinsiplarini o‘rgatadi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Ushbu o‘quv dasturn o‘zlashtirish natijasida o‘quvchi kondensatorlar, elektr sig‘im, kondensatorlarni ulash, qarshiliklarni ulash usullari, o‘tkazgichlarda kuchlanish va quvvatning yo‘qotilishi, tok rezonasi, quvvat koefitsiyenti, aktiv va reaktiv energiyasini, uch fazali zanjirdagi aktiv, reaktiv va to‘la quvvati, uch fazali iste’molchilarining uchburchak shaklida ulangan zanjirini tekshirish, etalon asbob yordamida o‘lchov asboblarini tekshirish, parallel uyg‘otgichli o‘zgarmas tok dvigatelini tekshirish bir fazali transformatorlarning ishlash tartibi, ekvivalent miqdorlar usuli bilan elekrodvigatellarni tanlash usullarini o‘rganadi va mustaqil bajara oladi.
|
Bilimlar
|
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan elektr toki xususiyatlarini;
elektr tokining kuchi, kuchlanishi, quvvatini, o‘tkazuvchilar qarshiligini o‘lchov birliklarini, ularni o‘lchash usullarini;
sodda elektrik, magnit va elektron zanjirlarni asosiy parametrlarini hisoblash va o‘lchash usullarini;
o‘tkazuvchilar va tok manbaalarini ketma-ket va parallel ulash prinsiplarini;
elektr o‘lchov asboblari (ampermetr, voltmetr) tuzilishini, ularning ishlash prinsiplarini, elektr zanjiriga ulash qoidalarini;
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok dvigatellari magnit maydoni xususiyatlarini, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplarini;
ishlatayotgan dastgohlarida o‘rnatilgan elektrodvigatellarini ishga tushirish va to‘xtatish qoidalarini;
elektrodvigatellarning himoya apparatlarini;
qisqa tutashuvdan saqlanish (yerga ulash, nollash) usullari
|
Ko‘nikmalar
|
sodda va montaj elektr sxemalarini o‘qish;
sodda elektrik, magnit va elektron zanjirlarni asosiy parametrlarini o‘lchash;
elektr o‘lchov asboblari bilan ishlash;
ishlatayotgan dastgohlarida o‘rnatilgan elektrodvigatellarini ishga tushirish va to‘xtatish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |