Pedagogik kengash shakllari. Reja: Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari
Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi
Download 276.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik kengash shakllari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi
Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o’tkaziladigan sana, bayonnoma tartib rakshami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi-sharifi qayd etiladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko’rsatilgan holda familiyalari tartib bo’yicha yozib chiqiladi. Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masalalar muxhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar shmdakun tartibidagi har bir masala yo’zasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga «Turli masalalar» yoki «Boshqa masalalar»ning kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bayonnomalarda yo’l qo’yilgan kamchiliklarga tegishli izoh berilib, kengash raisining imzosi bilan tasdiqanadi. Bayonnomalar aniq, ozoda, ravon yozilishi, daftarning har bir sahifasi raqamlanishi va tiqilishi lozim. Bayonnomalar daftari xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bulimi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida esa muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Pedagogika kengashi bayonnomasi har o’quv yili boshida yangidan raqamlanadi. Pedagogika kengashi hujjatlari Pedagogika kengashi hujjatlari ta’lim muassasasining ish yuritish dujjatlari bilan birga saqanadi.Pedagogika kengashi hujjatlari bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qidingan masalalarga oid materiallardan iborat. Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida saqianali. Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyalarini birgalikda ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mahorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir.Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengashraisi hisoblanadi.Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olibboriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorliginioshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqlarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi. Pedagogik kengash Xalq ta’limi vazirligi, maktabgachata’lim bo’yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sogligini mustaxkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruxdari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilgor tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarningnazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalariniva maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doir boshqa masalalarini muxokama qiladi. Download 276.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling