Pedagogik kompyuter dasturlari Reja : Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik didaktik talab va vositalar
Download 82.95 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Pedagogik kompyuter dasturlari
CourseLab dasturi: CourseLab — bu kuchli va shu bilan birga
foydalanuvchiga oddiy bo`lganb internet tizimida, masofaviy ta`lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo`ljallangan interaktiv ta`lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo`ljallangan kuchli va ishlatish oson bo`lgan dasturiy vositadir. CourseLabning asosiy imkoniyatlari: WYSIWYG tizimida ko`rish va natijalarni olish mumkin bo`lgan ta`lim materiallarini yaratish va tahrir qilish. Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi. Obe`ktiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta`lim materiallarini yaratish imkonini beradi. Senariylardan foydalanish murakkab ko`p «Obe`kt»li bog`liqliklarni yaratishni osonlashtiradi. Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega. Ochiq obe`ktiv interfeys obe`kt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. Obe`ktlar animasiyasi mexanizmiga ega. CourseLab dasturining interfeysi CourseLab yordamida yaratilgan ta`lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron ta`limning quyidagi: AICC ( http://www.aicc.org ), SCORM 1.2 ( http://www.adlnet.org ) standartlariga mos keladi. iSpringPro dasturi: iSpringPro dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.swf) va HTML formatiga konvertasiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi. Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin. Хususan: • YAratiladigan elektron o`quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o`tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integrasiyalashtirish mumkin degani. PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish imkoniyati mavjud PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta`minlaydi Ushbu paket o`z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o`quv kurslari, har xil so`rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud. Download 82.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling